• GURUH TALABASINING
  • O’zbekiston respublikas raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish




    Download 195,33 Kb.
    bet1/2
    Sana22.01.2024
    Hajmi195,33 Kb.
    #142846
      1   2
    Bog'liq
    azizam 4.4

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKAS RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH


    VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    QARSHI FILIALI


    KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI-13-23

    GURUH TALABASINING


    O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
    fanidan
    4-MUSTAQIL ISHI
    Bajardi: Abdurazzoqova Aziza
    Qabul qildi: Asror Tursunov








    QARSHI-2023


    Reja:


    1.Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
    2. O’zbekistonni xalqaro reytinglardagi ko’rsatgichlarini ko’tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati.
    3.Siyosiy-huquqiy sohadagi ustuvor xalqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integratsiyalashuvi

    Prezidentning parlamentga murojaatida dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda ochiq va pragmatik, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosat izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.


    Bundan keyin ham asosiy e’tibor Markaziy Osiyodagi barcha qo‘shni mamlakatlar va dunyodagi strategik sheriklar bo‘lgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratilishi aytildi.

    Milliy xavfsizlikni ta’minlash, mamlakat qurolli kuchlari jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.


    «Butun dunyoda kuchayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi xatarlar, afsuski, bizni ham chetlab o‘tmayapti.
    Lekin, takror aytaman, musulmon ummatiga saboq bergan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk ulamolar yetishib chiqqan bizning diyorimizda bu borada adashganlar, radikalizm va ekstremizm g‘oyalariga berilganlar bo‘lishi mumkinmi?
    Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz har qanday radikallashuvga qarshimiz.
    Jamiyatimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, ilmiy-ijodiy tashkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ham, biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi», — dedi prezident.
    Qadimiy va betakror tarixni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolar faoliyatini yanada chuqur o‘rganish lozimligi qayd etildi.
    «Qanchalik qiyin bo‘lmasin, tanlagan yo‘limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Ko‘zlagan marralarimizga albatta yetamiz.
    Bu yo‘lda niyati ulug‘, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz. Bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi O‘zbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz.
    Fursatdan foydalanib, islohotlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan, barcha sinovlarni mardona yengib, o‘zining fidokorona mehnati bilan jonajon Vatanimiz ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shayotgan mard va olijanob, bag‘rikeng xalqimizga yana bir bor ta’zim qilaman. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!» — dedi Shavkat Mirziyoyev.
    Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro press-klubning bugun, 3 dekabr kuni o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari” mavzusidagi davra suhbatida aytib o‘tdi 
    Uning qayd etishicha, O‘zbekiston demokratik taraqqiyot masalalari bilan shug‘ullanadigan barcha xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, jumladan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari byurosi, BMTning konvensiyaviy organlari, YeXHTning Ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi va boshqalar bilan yaqindan, ochiq hamkorlik qiladi. 
    “Inson huquqlari bo‘yicha muloqot O‘zbekistonning muhim sheriklari, xususan Yevropa Ittifoqi, AQSH, MDH davlatlari bilan hamkorligi kun tartibiga kiritilgan. Keng xalqaro ko‘mak bilan O‘zbekiston birinchi marta keyingi uch yil muddatga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylandi”, deydi Abdulaziz Komilov. 
    O‘zbekiston tashqi idorasi rahbari so‘zida davom etarkan, mamlakat ko‘p yillar davomida go‘yo milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelinganini aytdi. 
    “Bugun men sizning e’tiboringizni inson huquqlari sohasidagi xalqaro sheriklar bilan muloqotimiz mazmunining muhim jihatlaridan biriga qaratmoqchiman. Bu davlat xavfsizligi va inson huquqlari o‘rtasidagi nisbat hamda ularning o‘zaro bog‘liqlik masalasidir. Hammaga ma’lumki, ko‘p yillar davomida O‘zbekison go‘yoki Milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelingan. Bu oddiy muammo emas va demokratik rivojlanish darajasidan qat’i nazar ko‘p mamlakatlar uchun dolzarbdir. 
    O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘nggi 3-4 yil ichida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ushbu mammoni bartaraf etish uchun juda ko‘p ishlar qilindi. Albatta, inson huquq va erkinliklari har qanday sharoitda ham himoya ostida bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekiston rahbariyati tomonidan davlat hokimiyatini demokratlashtirish xalq va ommaviy axborot vositalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaffof muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fuqarolik va jamoatchilik faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida ortga qaytmaydigan yo‘lda bormoqda”, deydi Komilov.
    Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston inson huquqlariga oid har qanday nozik masalalarni milliy va global darajada ochiq muhokama qilyapti. U 2018 yil noyabr oyida Samarqandda tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi va joriy yil avgust oyida virtual formatda o‘tkazilgan xuddi shunday tadbirni esladi.
    Komilovga ko‘ra, O‘zbekistonning inson huquqlari buzilishi va jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida fuqarolarning erkinliklarini cheklashga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgargan. U bunga misol tariqasida o‘tgan yili Suriyadan 200 ga yaqin fuqaroning qaytarilgani va navbatdagi shunday missiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi. 
    “O‘zbekistonda xalq manfaatlari hamma narsadan ustundir va bu tamoyil Prezident Shavkat Mirziyoyev aniq ta’kidlaganidek, har qanday sharoitda, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda ham qat’iy amal qiladi. Ammo bu muammoning, ya’ni xavfsizlik hamda inson huquqlari nisbati va bog‘liqliginining yana bir tomoni bor. Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, shu jumladan so‘z erkinligini amalda ro‘yobga chiqarish uchun ken imkoniyatlar yaratadi. Biroq, ushbu demokratik qadriyatlar barqarorlik asoslariga putur yetkazish, jamoat tartibini, amaldagi qonunlarni buzish bahona va imkoniyatga aylanib qolmasligi kerak. Nima demoqchiman? Masalan, so‘nggi paytlarda ayrim, hatto, demokratik rivojlangan mamlakatlarda ham ommaviy kayfiyatlarning keskinlashuvi natijasida huquqiy tartibning buzilishiga, tartibsizliklarga, o‘t qo‘yishlarga va hatto odamlarning qurbon bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz. O‘zingizga yaxshi ma’lumki, ushbu qonunbuzarliklarning demokratik huquq va erkinliklarni suiiste’mol qilish orqali sodir etilgan. Natijada biz tabiiy bir xulosaga keldik: mamlakatning barqarorligi, xavfsizligi va demokratik rivojlanishi faqat davlat va jamiyatning yaqin va konstruvtiv hamkorligi sharoitidagina ta’minlanishi mumkin. 
    Ayni paytda yuqorida aytib o‘tganimdek, davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Buni anglab yetish, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan asosiy tub o‘zgarishlardan biridir”, deydi tashqi idora rahbari.
    1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir. 

    «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega» (2-ilova). 


    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan:
    125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
    126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega.»
    O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga alohida e’tibor berdi. 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni bilan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.


    1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi.
    1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi.
    1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati oldiga mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni ta’minlashdek g‘oyat murakkab va ayni paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqishni, uning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunlar yaratishni taqozo etardi.


    Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan strategiyasi mamlakat Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi.
    1995-yil 1-mayda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik Kengashi tuzildi. 
    Milliy xavfsizlik Kengashi mamlakatimizda milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi maslahat organi hisoblanadi.
    1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida to‘rt bo‘lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi. Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko‘rib chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi.


    1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi Qarori bilan respublika hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi va ular moddiy-texnika, mablag‘ bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

    Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri amalga oshirildi.


    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan o‘ninchi sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi muhim qonunlar, shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi.
    Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.
    Bugun hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko'rsatkichlarida ham o'z ifodasini topayotir.
    Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va ­raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.
    Prezidentimizning shu yil 2 iyunda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida”gi farmoni yurtimizda bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim dasturilamal bo'ldi.
    Mazkur farmonga muvofiq, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tuzilib, sohada parlament nazorati o'rnatildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila NARBAEVA bilan suhbatimiz mazkur farmon ijrosini ta'minlash, mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlar xususida bo'ldi.
    — Ilgari ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo'yicha ishlarni hukumatning maxsus komissiyasi muvofiqlashtirib kelar edi. Prezidentimiz farmoni bilan bu borada respublika kengashi tuzilishiga nima sabab bo'ldi?
    — Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo'llanib kelinadi.
    Keyingi yillarda mamlakatimiz ko'pgina ustuvor reytinglarda yuqorilab borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni ta'minlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir.
    Masalan, yaqinda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining ­(YUNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo'yicha hisoboti chop etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o'rinni, MDHga a'zo davlatlar orasida 5-o'rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-o'rinni egalladi.
    Aytish kerakki, bugun jamiyatimizdagi islohotlarning bosh maqsadi xalqimizni rozi qilishdek ezgu maqsadga yo'naltirilmoqda. Barcha sa'y-harakatlarimiz, islohotlarimiz, qabul qilayotgan qonun va qarorlarimiz zamirida ham ushbu maqsad mujassam. Aholi yuritilayotgan siyosatdan qanchalik rozi bo'lsa, turli reyting va indekslardagi o'rnimiz o'z-o'zidan oshib boraveradi.
    Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiy o'sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020 yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o'rindan 69-o'ringa ko'tarilishimizga, “Transparency International”ning Korruptsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o'rni yaxshilanishiga olib keldi.
    SHu bilan birga, bu yo'nalishda hali qilinishi kerak bo'lgan vazifalar talaygina. Prezidentimiz farmoni asosida davlat organlari faoliyati natijadorligini oliy, ya'ni parlament darajasida nazorat qilish belgilanganidan maqsad — bu borada vazirlik va idoralar rahbarlarining mas'uliyatini oshirishdir. SHu bois, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tashkil etildi. Oliy Majlis deputatlari va senatorlarining xalq tomonidan saylanishini inobatga oladigan bo'lsak, mazkur mexanizm sohadagi chora-tadbirlar ijrosi ustidan xalq nazorati o'rnatilganligini anglatadi.
    endilikda vazirlik va idoralar rahbarlari o'zlari mas'ul bo'lgan reyting va indekslarda ko'rsatkichlarni yaxshilash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan respublika kengashida hisobot berib boradilar.
    Xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatimiz o'rnining yaxshilanishi ko'p jihatdan qabul qilayotgan qonunlarimizning joylardagi ijrosiga bog'liq. SHuning uchun ham kengash tarkibiga mahalliy hokimlar kiritildi. Bu esa qonun talablarining joylardagi ijrosi yuzasidan muammolarni vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini beradi.
    SHu orqali bu yo'nalishdagi ishlarda parlament, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklarning o'zaro hamkorligi ta'minlanadi, sansalorlik holatlarining oldi olinadi, barcha ishlar muvofiqlashtirilgan holda tashkil etiladi.
    — Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash mamlakatimiz uchun butkul yangi yo'nalish hisoblanadi. SHu ma'noda vazirlik va idoralar, sud va prokuratura organlari, mahalliy hokimliklar bunga qay darajada tayyor?
    — Albatta, bu ko'p vaqt sarflanadigan, progressiv bilimlarni talab etuvchi yangi jarayonlardan biri. Bu, shubhasiz, mas'ul davlat organlarining o'zlariga biriktirilgan xalqaro reyting va indekslar metodologiyasini izchillik bilan o'rganish, uni to'g'ri talqin qila olgan holda amaliyotga tatbiq eta olish, xalqaro reyting va indeksni beruvchi tashkilot bilan aloqalarni o'rnata olish bilan bog'liqdir.

    O`tgan yilning 12 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbaeva rahbarligida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha Respublika Kengashining ilk yig’ilishi videokonferentsaloqa shaklida bo’lib o’tdi.



    Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to’g’risida”gi Farmoni ijrosini tashkil qilish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.
    Ustuvor xalqaro reyting va indekslar, mamlakat hayotida o’ziga xos “kompas” vazifasini bajarib, shunga qarab amalga oshirilayotgan islohotlarning sifati va samaradorligini aniqlash, kelgusi qadamlarini prognozlashtirish imkoniyatini berishi ta’kidlandi.
    Shu munosabat bilan hozirda xalqaro reytinglar va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini mustahkamlash masalasiga davlat darajasida e’tibor qaratilib, bu borada huquqiy va institutsional asoslar shakllantirilmoqda.

    Jumladan, so’nggi 3 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-xuquqiy sohalarga oid xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini oshirish bo’yicha Davlatimiz rahbarining 13 ta farmon va qarori qabul qilingan.
    O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash bo’yicha 7 ta chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanibmutasaddi vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro reytinglarni hisoblash metodologiyalarining tahlili, ularda O’zbekistonga berilayotgan baholarga sabab bo’layotgan omillar o’rganib borilmoqda.
    Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning aksariyati bilan hamkorlik aloqalari o’rnatildi.
    Yig’ilish davomida Kengash ishchi organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohadagi reytinglar va indekslar bo’yicha amalga oshirilgan ishlarimavjud muammolar, O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini oshirishga to’sqinlik qilayotgan masalalar va kelgusida ijobiy natijalarga erishish bo’yicha takliflar to’g’risidagi axborotlari tinglandi. Mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi joriy o’rni batafsil tahlildan o’tkazildi.

    Shu bilan birga, Farmon bilan tegishli reyting va indekslarda samaradorlikning eng muhim ko’rsatkichlari (KPI)ga erishish uchun mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralarning faoliyati tanqidiy ko’rib chiqildi hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.



    Xalqaro reytinglar va indekslarda O’zbekistonning o’rnini yaxshilash yo’nalishida mahalliy davlat hokimiyati organlarining oldida turgan dolzarb masalalar ko’rib chiqildi hamda ustuvor yo’nalishlar ko’rsatib o’tildi.
    Yig’ilish yakuni bo’yicha mamlakatimizning ilmiy tadqiqot muassasalarining xalqaro reytinglar va indekslarda baholanadigan sohalarda mavjud muammolarni o’rganish, ularni bartaraf etish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish borasidagi rolini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
    2020-yil 9-noyabr kuni Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
    Oliy Majlis Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi raisi T.Narbayeva olib borgan yigʻilishda senatorlar, Kengashi aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari raislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy taʼlim tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etdi.

    Taʼkidlanganidek, bugun Oʻzbekiston xalqaro hamjamiyat, koʻplab reyting agentliklarining nigohida turibdi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ular tomonidan baholanmoqda.


    Kuni kecha “Gellap” (“Gallup”) xalqaro tadqiqot institutining “Global qonun va tartib” boʻyicha yillik butunjahon reytingi eʼlon qilindi.Oʻzbekiston ushbu reytingda 100 balldan 92 ball toʻplab, dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari top 10 taligiga kiritildi.
    Qolaversa, Raqobatbardosh sanoat unumdorligi, Global innovatsiyalar, Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar uchun tartibga soluvchi cheklovlar indekslarida mamlakatimiz ilk marotaba eʼtirof etildi.
    Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2019-yil yakunlari boʻyicha eʼlon qilingan hisobotida Oʻzbekiston barcha 6 ta tarkibiy indikator boʻyicha oʻsishga erishdi.
    Yigʻilishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha 2020-yil III chorakda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi Kengash ishchi organlari – moliya vaziri T.Ishmetovning hamda adliya vaziri R.Davletovning axborotlari eshitildi.
    Bundan tashqari, vazirlik va idoralar masʼul boʻlgan ayrim tarkibiy indikatorlar boʻyicha mamlakatimiz reytingi past koʻrsatkichlarda qolib ketayotganligi, ularni yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan harakatlar samarasiz boʻlayotganligi tanqid qilindi.
    Shu bilan birga, alohida xalqaro reytinglar biriktirilgan tadqiqot institutlarining faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.
    Xususan, xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini qonunchilikka implementatsiya qilish, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yuksaltirish nuqtayi nazaridan ekspert tahlil qilish vazifalari bajarilmayapti.
    Shuningdek, yigʻilishda respublikamizning xalqaro reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarni aniqlash, oʻzini oʻzi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish vazifalari ijrosi toʻlaqonli olib borilmayotganligi tanqid qilindi. Alohida xalqaro reytinglar biriktirilgan tadqiqot institutlarining bu boradagi faoliyati qoniqarsiz, deb topildi.
    Qolaversa, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashga masʼul vazirlik va idoralarning ixtisoslashgan tarkibiy boʻlinmalari faoliyati doirasidagi hujjatlarni unifikatsiyalash, namunaviy shakllarini joriy etish, mutaxassislarning bilimi, malaka va koʻnikmalarini doimiy ravishda oshirib borish zarurligi taʼkidlandi.
    Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan tashkiliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
    Mamlakatimiz uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatkichlarini tubdan yaxshilashga yoʻnaltirilgan ilmiy va amaliy loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan maqsadli grantlar ajratish mexanizmini joriy etishga kelishib olindi.
    Shu bilan birga, yigʻilishda vazirlik va idoralarning ixtisoslashgan tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari masʼul xodimlari uchun xalqaro standartlarga muvofiq loyihaviy boshqaruv asosida reytinglardagi koʻrsatkichlarimizni yaxshilashga qaratilgan maxsus amaliy malaka oshirish kurslarini joriy etish masalasi muhokama qilindi.
    Shuningdek, Kengash aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olib, Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.
    Xalqaro reyting va indekslar: davlat organlari rahbarlariga KPI belgilandi

    2 iyun kuni prezident tomonidan O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash, davlat organlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risidagi farmon imzolandi.


    So‘nggi 4 yil mobaynida mamlakat «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52, «Logistika samaradorligi» indeksida – 19, «Doing Business» indeksida – 18 pog‘onaga, IHTTning «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimida 6-guruhdan 5-guruhga ko‘tarildi, deb ta'kidlanadi hujjatda.

    Norma’ning yozishicha, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini quyidagilar orqali yaxshilashdan iborat:


    Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni hisobga olish, shuningdek mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning o‘rniga ta'siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
    Kengashning ishchi organlari – Moliya va Adliya vazirliklari. Ishchi organlar bo‘yicha taqsimlangan ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta'sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorato‘rnatiladi.
    Ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash – mas'ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri. U bo‘yicha eng muhim ko‘rsatkichlar (KPI) belgilandi. Ularga erishish maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan quyidagilar ishlab chiqilishi va kengashga tasdiqlash uchun taqdim etilishi lozim:
    2020 yilning ikkinchi yarmi davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlari (bir oy muddatda);kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlari (har yil 1 dekabrga qadar).
    Ularda xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur ko‘rsatkichni qayd etishga qaratilgan amaliy takliflar, shuningdek reyting va indekslarni e'lon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlari nazarda tutilishi lozim.

    Mas'ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har bir chorak yakuni bo‘yicha:kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi (keyingi oyning 15-sanasiga qadar);kengash raisi yoki o‘rinbosarining rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI'ga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot beradi (keyingi oyning 30-sanasiga qadar).


    2019 yil martda tashkil etilgan komissiya kengashga ko‘maklashadi va tegishli yo‘nalishda mas'ul davlat organlari ishini muvofiqlashtirib boradi. Mas'ul davlat organlari hamda tadqiqot institutlari tegishli reyting va indekslar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma'lumotlarni kengash ishchi organlariga muntazam ravishda taqdim etib boradi.
    Adliya vazirligida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etiladi. Boshqarma bir oy muddatda yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldiriladi.
    «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» portalining ishga tushirilishi 2020 yil 1 oktyabrga ko‘chirildi (dastlabki sana – 2019 yil 1 aprel). Moliya vazirligiga buni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amalga oshirish topshirildi. Moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal uzluksiz ishlashini ta'minlash va uni yangilab borish uchun mas'ul etib belgilangan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini jadal amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga mamlakat ilmiy salohiyatini keng jalb etish va loyihaviy boshqaruvning xalqaro standartlaridan foydalanish, davlat xizmatchilarining sohadagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida:
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4210-son qarori bilan respublikadagi tadqiqot institutlariga (keyingi o‘rinlarda — xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar) alohida xalqaro reytinglar biriktirilganligi va ularning ro‘yxati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
    2. 2022-yil 1-iyundan boshlab xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini (keyingi o‘rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) amalga oshirishga oid davlat dasturlariga o‘zlariga biriktirilgan ustuvor xalqaro reyting va indekslardan kelib chiqib takliflar ishlab chiqilishi hamda tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borilishi uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etilsin:
    ustuvor xalqaro reyting agentliklarining yillik hisobotlari e’lon qilinishi bilan, tegishli xalqaro reyting bilan ishlash uchun mas’ul bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar 20 kun muddat ichida past ko‘rsatkichli indikatorlar uchun mas’ul davlat organlariga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritadi;
    past ko‘rsatkichli indikatorlar uchun mas’ul davlat organlari Innovatsion rivojlanish vazirligiga past ko‘rsatkichli indikatorlar bo‘yicha soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish uchun ilmiy grantlarga buyurtma beradi;
    Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlov asosida ilmiy grantlar ajratadi;
    ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari loyihaviy boshqaruvning PMI PMBOK — “Loyihalarni boshqarish bo‘yicha bilimlar jamlanmasi” xalqaro standarti (keyingi o‘rinlarda — PMI PMBOK xalqaro standarti) asosida past ko‘rsatkichli indikatorlar bo‘yicha soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqadi;
    Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi) ishchi organlari (Moliya va Adliya vazirliklari) past ko‘rsatkichli indikatorlarga mas’ul davlat organlari bo‘yicha soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan har yillik davlat dasturlariga kiritadi;
    past ko‘rsatkichli indikatorlarga mas’ul davlat organlari davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshiradi hamda Respublika kengashiga loyihani amalga oshirish natijalari bo‘yicha axborot berib boradi.
    3. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    Xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan PMI PMBOK xalqaro standarti asosida ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatori va subindikatorlaridagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan strategiya, konsepsiya va dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda mas’ul davlat organlari tomonidan birinchi navbatda inobatga olinsin.
    Vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari Ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish rejasida nazarda tutilgan vazifalarning amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
    4. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutilsin:
    muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni aniqlash va xatlovdan o‘tkazish;
    xalqaro reytinglarda mazkur indikatorlar bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan hamda katta sur’atlar bilan o‘sishga erishayotgan mamlakatlarda amalga oshirilgan islohotlarni o‘rganish;
    xalqaro tajriba asosida past ko‘rsatkichli indikatorlar bo‘yicha tegishli soha va tarmoqlar ko‘rsatkichlarini keskin oshirishni kafolatlovchi strategiyalar hamda strategiyalarning tarkibiy dastur va loyihalarini ishlab chiqish;
    ishlab chiqilgan loyiha va dasturlarni yillik davlat dasturlariga kiritish hamda loyihalarni boshqarishni PMI PMBOK xalqaro standarti asosida amalga oshirish.
    5. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) davlat organlarining boshqaruv kadrlari uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari (keyingi o‘rinlarda — malaka oshirish kurslari) joriy etilsin.
    Belgilansinki:
    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi har yili 1-yanvarga qadar ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida baholanadigan sohalar bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etadigan davlat xizmatchilari kontingentini Akademiyaga taqdim etadi;
    malaka oshirish kurslarining o‘quv reja-dasturi Akademiya tomonidan ishlab chiqiladi va Respublika kengashining ishchi organlari bilan kelishiladi;
    malaka oshirish kurslarining o‘quv-uslubiy materiallari Akademiya tomonidan xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi;
    malaka oshirish kurslariga jalb etilgan Akademiya professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari ilg‘or xorijiy tajriba bilan tanishish va ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar hamda xalqaro tashkilotlarga malaka oshirish kurslari va stajirovkaga yuboriladi;
    davlat organlari xodimlari uchun o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash, malaka oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
    davlat organlarining hududiy tuzilmalari boshqaruv xodimlari uchun malaka oshirish kurslari masofaviy tarzda tashkil etiladi;
    xo‘jalik jamiyatlari va boshqa tashkilotlar boshqaruv kadrlarining ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha malakasini oshirish xarajatlari shartnoma asosida buyurtmachilar mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
    6. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashga mas’ul davlat xizmatchilariga Akademiyada quyidagi bilim va ko‘nikmalar o‘rgatilishiga alohida e’tibor qaratilsin:
    davlat organlari faoliyatini global miqyosda baholab boruvchi tegishli ustuvor xalqaro reyting agentliklari va ularning faoliyati;
    reyting agentliklarining baholash metodikalari, mezon, indikator va subindikatorlari;
    reyting agentliklarining yillik hisobotlarida mamlakatimiz soha va tarmoqlarining muntazam past baholanayotgan subindikatorlari va ularning sabablari;
    past ko‘rsatkichli mezonlar bo‘yicha global reytingda peshqadam mamlakatlar hamda mazkur mezonlar bo‘yicha o‘z ko‘rsatkichlarini tez sur’atlar bilan yaxshilab borayotgan mamlakatlarning tajribasi va amalga oshirayotgan islohotlari;
    past ko‘rsatkichli subindikatorlar bo‘yicha mamlakat soha-tarmoqlaridagi tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish amaliyoti.
    7. Respublika kengashi ishchi organlari (T. Ishmetov, R. Davletov) malaka oshirish kurslarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish maqsadida Akademiyaga quyidagilar yuzasidan ko‘maklashib borsin:
    ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari va subindikatorlari bo‘yicha soha va tarmoqlar kesimida ishlab chiqilgan loyihalar hamda ularning amalga oshirilishi borasidagi ma’lumotlarni har chorakda taqdim etib borish;
    ustuvor xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha davlat organlarining malakali hamda tajribali mutaxassislarini va xorijiy ekspertlarni tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga jalb etish;
    Akademiyada nufuzli xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ustuvor xalqaro reyting va indekslarni amaliyotga samarali joriy etishga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish.
    8. O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslar, ularning past ko‘rsatkichli indikator va subindikatorlaridagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etilsin:
    xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar — har yili 1-yanvarga qadar past ko‘rsatkichli indikator va subindikatorlar bo‘yicha soha, tarmoq hamda hududlardagi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yillik rejalarni ishlab chiqib Respublika kengashining ishchi organlariga kiritadi;
    Respublika kengashining ishchi organlari — xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan past ko‘rsatkichli indikatorlar bo‘yicha amalga oshiriladigan tadqiqotlarning yillik rejalari Respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishida atroflicha ko‘rib chiqilishini tashkil etadi;
    Respublika kengashi — o‘zining navbatdagi yig‘ilishida xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlarning yillik rejalarini ko‘rib chiqadi, shu jumladan qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni nazarda tutgan holda tasdiqlaydi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.
    9. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov):
    har yili 1-martga qadar xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlarning Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik rejalari hamda xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilarning qo‘shimcha talabi asosida ilmiy loyihalarning mavzulari portfelini shakllantirsin;
    Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarga ajratilgan mablag‘lar haqida har chorakda Respublika kengashiga ma’lumot kiritib borsin;
    dasturlarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqot loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va natijalarini qabul qilib olish bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengash tarkibiga Respublika kengashi ishchi organlarining hamda mas’ul davlat organlarining xodimlari tarkibidan vakillarni jalb etsin;
    Akademiyada malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini yanada oshirishga ko‘maklashish maqsadida davlat siyosati va boshqaruvi sohasiga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarni tadqiq etishga qaratilgan ilmiy grantlarni ajratishni nazarda tutsin.
    10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda adliya vaziri R.Q. Davletov belgilansin.
    Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
    Foydalanilgan adbiyotlar:




    1. Download 195,33 Kb.
      1   2




    Download 195,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikas raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

    Download 195,33 Kb.