227
tartibini belgilashda muxim axamiyatga egadir. Bizga ma’lumki ekologiya xuquqi tabiat bilan
jamiyatning o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni xuquqiy tartibga soladi. SHu jumladan tabiatning
inkor etib bo‘lmaydigan qonuniyatlari va xarakatlarining tartibga soluvchi davlat qonunlari
mavjud. Ekologik xuquqiy tamoyillarning asosiy vazifasi shundan
iboratki qonuniyatlarning
ustuvorligini tan olgan xolda jamiyat a’zolarining tabiatga bo‘lgan xarakatlarni ilmiy asoslangan
xolda yo‘naltirishdan iborat. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar juda xilma – xil
bo‘lganligi uchun ekologiya xuquqining tamoyillarini qo‘yidagicha bo‘lishimiz mumkin.
1.
Davlat va xuquqning umumiy tamoyillari.
2.
Atrof tabiiy muxitni muxofaza qilishga oid tamoyillar.
3.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar.
Ekologiy xuquqi tizimining soxasi sifatida ekologiya munosabatlarni tartibga solishda
davlat va xuquqning quyidagi tamoyillaridan foydalaniladi.
Qonuniylik
Ijtimoiy, adolat.
Oshkoralik.