229
jarima, huquqbuzarlikni sodir etish qurollari va vositalarini olib qo’yish, g’ayriqonuniy tarzda
topilgan mahsulotni musodara etish, fuqaroni muayyan faoliyat bilan shug’ullanishdan iborat
maxsus huquqidan mahrum etish.
Ekologik huquqbuzarliklar uchun qo’llaniladigan ma’muriy
javobgarlikning keng
tarqalgan turlaridan biri jarima. Jarimadan ko’zlangan maqsad — tarbiyalash, ogohlantirishdir. U
yetkazilgan zararni qoplash chorasi emas, shu bois jarima miqdori yetkazilgan zarardan ortiq
bo’lishi yoki, aksincha, undan kam bo’lishi yoxud hech qanday zarar bo’lmagan
taqdirda ham
tayinlanishi mumkin. Jarima to’lash aybdorni yetkazgan zararini qoplash majburiyatidan xalos
etmaydi.
Ekologik ekspertiza tushunchasi.
Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki
amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini
belgilash hamda ekologik ekspertiza ob’ektini ro‘yobga chiqarish
mumkinligini aniqlash
tushuniladi.
Ekologik ekspertiza maqsadlari.
Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
- mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror
kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini
aniqlash;
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof
tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki
shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
- atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha
nazarda tutilayotgan tadbirlarning etarliligi va asosliligini aniqlash.
Ekologik ekspertiza turlari.
Ekologik ekspertiza davlat va
jamoat ekologik ekspertizasi,
shuningdek ekologik audit tarzida amalga oshiriladi.
Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari.
Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari
quyidagilardan iborat:
- qonuniylik;
- xolislik;
- asoslilik;
- ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi;
- har qanday rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan -
ekologik xavflilik prezumpsiyasi;
- xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini
baholashning kompleksliligi.