Ekologik javobgarlik tabiiy muhitga zarar yetkazishning oldini olish va zarar




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Ekologik javobgarlik tabiiy muhitga zarar yetkazishning oldini olish va zarar
etkazilgan taqdirda uni qoplash borasidagi munosabatlarni ifodalovchi normalardan iborat
iqtisodiy huquqiy kompleksdir.
Ekologik javobgarlik uchta funksiyani bajaradi:
38
Eyewitness Ecology. Written by STEVE POLLOCK. United States in 2005 by DK Publishing, Inc. 375 Hudson
Street, New York, NY 10014 ISBN-13: 978-0-7566-1387-7 (PLC), ISBN-13: 978-0-7566-1396-9 (ALB).


228
1) rag’batlantirish,
2) qoplash,
3) preventiv (oldini olish).
Rag’batlantirish funksiyasi
ekologik muhofaza qilishga majbur etuvchi iqtisodiy va
huquqiy rag’batlar mavjudligida namoen bo’ladi;
qoplash funksiyasi
tabiiy muhitga etkazilgan
yo’qotishlarni natura yoki pul shaklida qoplashga qaratilgan;
preventiv funksiyasi
esa jazo
choralarini qo’llash va zararni undirish orqali ekologik munosabat ishtirokchilarining xulq-
atvoriga majburan ta’sir ko’rsatadi.
Ekologik javobgarlik iqtisodiy va huquqiy shaklda namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy shakl
huquqqa mos faoliyatga asoslanadi va atrof muhitni ifloslantiruvchi
shaxsni chiqitlarni kamaytirshiga iqgisodiy usullar, avvalo, moddiy manfaatdorlik bilan
qiziqtirish orqali tartibga solinadi. U jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatning
«ifloslantiruvchi to’laydi» degan umumiy prinsipidan kelib chiqadi.
Huquqiy javobgarlik
huquqqa xilof qilmishlar natijasida yuzaga keladi hamda ma’muriy
huquqiy usullar bilan tartibga solinadi. Umuman olganda, ushbu shakllar ekologik huquqiy
javobgarlik institutini tashkil etadi va mustahkamlaydi.
Ekologik iqtisodiy javobgarlik, huquqbuzarlik holati bo’yicha kelib chiqilgan huquqiy
javobgarliqdan farqli ravishda, zarar yetkazish holati bo’yicha yuzaga keladi.
Ekologik huquqbuzarlik
O’zbekistonda o’rnatilgan ekologik huquqiy tartibga tajovuz
qiluvchi hamda tabiiy muhitga zarar etkazuvchi yoki shunday zarar yetkazishshshg real xavfini
yaratuvchi, aybli, g’ayriqonuniy qilmish (harakat yoki harakatsizlik) dir. Uning tarkibiga
huquqbuzarikning sub’yekt(lar)i, sub’yektiv tomoni, ob’yekti, ob’yektiv tomoni, oqibatlari
hamda qonun buzilishi bilan yuz bergan natija o’rtasidagi sababiy aloqadorlik kiradi.
Ekologik jinoyat
O’zbekistonda o’rnatilgan ekologik huquqiy tartibga, jamiyatning
ekologik xavfsizligiga tajovuz qiluvchi hamda atrof tabiiy muhitga va inson salomatligiga zarar
etkazuvchi aybli ijtimoiy xavfli qilmishdir. “Ekologik jinoyat” tushunchasining mazmunini
tashkil etuvchi asosiy jihatlar ekologik huquqiy tartib hamda atrof tabiiy muhit va inson
salomatligiga hamda uni genofondiga etkaziladigan ekologik zarardir.
Ekologik huquqiy tartib —
tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlarning ekologik
talablarini amalga oshirish bo’yicha ekologik huquq-buzarliklar tizimi, Boshqacha aytganda, bu
ekologik huquqiy normalar amal qilishining natijasidir.
Ekologik huquqiy tartibning tarkibiy qismini
ekologik xavfsizlik
tashkil etadi. Ekologik
xavfsizlik insonning hayoti uchun muhim bo’lgan ekologik manfaatlari, avvalo, uning toza,
sog’lom yashashi uchun qulay atrof tabiiy muhitta ega bo’lish huquqidan kelib chiquvchi
ximoyalanganlik holatidir.

Download 2,9 Mb.
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekologik javobgarlik tabiiy muhitga zarar yetkazishning oldini olish va zarar

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish