• Ekologik javobgarlik tushunchasi
  • O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet185/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    Ekologik tizim tushunchasi
    Ijtimoiy munosabatlarni ekologik huquqiy tartibga solishning xususiyatlari har biriga
    ayrim umumiy belgilar xos bo’lgan maxsus ekologik tizimlarning mavjudligi bilan bog’liq.
    Ekosistemaning tarkibiy qismlarini
    tabiiy ravishda kelib chiqqan obektlar
    tashkil etadi
    38
    .
    Har qanday ekosistemaga
    yopiqlik,
    ya’ni mustaqil, o’zga ta’sir yordamisiz amal qilish xos
    (masalan, yaylovlarda, bahor va yozda o’tlar o’z-o’zidan o’sib chiqadi, haydaladigan yerlarni esa
    inson aralashuvi, ya’ni ekish, yer haydash, parvarishlash, begona o’tlarga qarshi kurash
    bo’lmasa, begona o’t bosib ketadi).
    Barcha ekosistemalar bir-biri bilan bog’liq.
    Ushbu o’zaro aloqadorlikni unutish salbiy
    oqibatlarga olib keladi. Masalan, begona o’tlarga qarshi kimyoviy vositalar bilan kurash —
    tuprokdagi va boshqa faunaning halokatiga, o’rmondagi daraxtlarni kesib tashlash — daryo va
    ko’llar sathining kamayishiga olib keladi.
    Xar bir ekosistema
    biomahsuldorligi bilan ajralib turadi:
    tuproq — mahsuldorligi bilan;
    fauna — mavjudotlarning ko’payishi bilan; daraxtlar — mevalari, urug’lari bilan va h.k.
    Ekologiyaga oid qonunlar tabiiy muxit, ya’ni ekosistemalarning o’zaro bog’liq tizimi
    ekanligini va shu bois yaxlit va muayyan tartibga solingan bo’lishi kerakligini inobatga olishi
    zarur. Hozircha bunga erishilgani yo’q va ekologik huquq normalari ko’plab huquq manbalarida,
    jumladan qonunchilikning boshqa tarmoqlariga kiradigan manbalarda joylashgan.
    Shunday qilib,
    tabiiy ob’yekt —
    atrof tabiiy muxitning amaldagi qonunlar bilan muhofaza
    etiladigan, tabiiy kelib chiqish alomatlariga ega bo’lgan, ekologik, iqgisodiy, madaniy va
    sog’lomlashtirish funksiyalarini bajarishga hamda insonni o’rab turgan muhitning sifatini
    ta’minlashga qodir bo’lgan tarkibiy qismi.
    Ekologik javobgarlik tushunchasi
    Ekologiya sohasidagi javobgarlik davlat, jamiyat va insonning jamiyat oldidagi, hozir
    yashayotgan va kelgusi avlod oldidagi, muayyan inson va tabiatdan foydalanuvchi shaxs
    oldidagi javobgarligidir. Ekologik huquqiy javobgarlik esa — umumhuquqiy javobgarlikning
    turlaridan biri. U sodir etilgan ekologik huquqbuzar lik uchun huquqning bo’zilgan normasida
    belgilangan sanksyaga muvofiq noxush oqibatlarga duchor bo’lish majburiyatini bildiradi.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish