230
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham
ega bo‘lishi mumkin.
Ekologik
ekspertiza
buyurtmachisining
majburiyatlari.
Ekologik
ekspertiza
buyurtmachisi:
- ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonun hujjatlari talablariga muvofiq taqdim
etishi;
- davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda haq to‘lashi;
- davlat ekologik ekspertizasi xulosasida ko‘rsatilgan talablarni bajarishi shart.
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ekologik ekspertizani moliyalash.
Davlat ekologik ekspertizasini
va ekologik auditni
moliyalash buyurtmachining mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
amalga oshiriladi. Jamoat ekologik ekspertizasini moliyalash nodavlat notijorat tashkilotlarining
yoki fuqarolarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi ob’ektlari
. Davlat ekologik ekspertizasi ob’ektlari
quyidagilardan iborat:
- davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini,
iqtisodiy va
ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
- barcha turdagi qurilishlar uchun er uchastkalarini ajratish materiallari;
- loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
- tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq, xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga
soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari;
- texnika, texnologiya,
materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga
doir hujjatlar;
- atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab
turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar;
- keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va
ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish
materiallari;
- shaharsozlik
hujjatlarining barcha turlari;
- maxsus huquqiy rejimli ob’ektlar.
Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi.
Davlat ekologik
ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
- davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o‘tkazadi;
- davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit bo‘yicha
normativ-texnik va yo‘riqnoma uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
- davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishga ekspertlar va mutaxassislarni jalb etadi;
- davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan ob’ektlarga nisbatan
moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish (tugatish) to‘g‘risidagi
taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi;
- davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining ijro etilishi
ustidan nazoratni amalga
oshiradi;
- ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari yuzasidan boshqa davlatlarning tabiatni
muhofaza qilish tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda qo‘yiladigan talablar.
Davlat ekologik
ekspertizasini o‘tkazishda:
- taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga
muvofiqligi tekshiriladi;
231
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning
ekologik va ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi
tahlil
qilinadi;
- biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini
baholashning asosliligi tekshiriladi;
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga
oshirish oqibatlarining ekologik xavfliligi darajasini baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi;
- ekologik xavfsizlik talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarning etarliligi va
asosliligi aniqlanadi;
- ekologik normativlar loyihalarining asosliligi tekshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini ijro etishning majburiyligi.
Davlat ekologik
ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini moliyalash va ro‘yobga
chiqarishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Davlat ekologik
ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmay turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari
tomonidan moliyalanishi, shuningdek ularning ro‘yobga chiqarilishi taqiqlanadi.
Davlat ekologik ekspertizasining davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga
chiqarish mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lgan
taqdirda, buyurtmachi xulosadagi
mavjud takliflarga muvofiq loyiha maromiga etkazilishini ta’minlashi hamda materiallarni davlat
ekologik ekspertizasi uchun qayta taqdim etishi yoxud rejalashtirilayotgan yoki amalga
oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatdan voz kechishi shart.
Jamoat ekologik ekspertizasi.
Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo
etiladigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning
tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasini
amalga oshirishga
to‘sqinlik qilish taqiqlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi
o‘tkazilishidan qati nazar amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi
tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Ekologik audit.
Ekologik audit — ekologik auditorlar (firmalar) tomonidan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlarni mustaqil ekologik
ekspertiza qilishdir. Ekologik audit xo‘jalik va boshqa xil faoliyat ob’ekti mulkdorining qaroriga
binoan o‘tkaziladi.