• Mantiqiy bomba
  • О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/142
    Sana06.12.2023
    Hajmi4,35 Mb.
    #112708
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   142
    Bog'liq
    kiberxavfsizlik-asoslari (1)

    «xavfsiz»
    «xavfsiz emas»
    «yuqori xavfsiz»
    79 – rasm. Dasturlash tillarining xavfsizlik darajasini sodda ko’rinishi 
    6.3. Zararkunanda dasturiy kodlar 
    Zararli dastur bu - kompyuterga, serverga, mijozga yoki kompyuter 
    tarmog’iga zarar yetkazish maqsadida ataylab yaratilgan har qanday dastur. Zararli 
    dasturiy vositalar foydalanuvchini ruxsatisiz hujumchi kabi g’arazli amallarni 
    bajarishni maqsad qilib, ular yuklanuvchi kod (.exe), aktiv kontent, skript yoki 
    boshqa ko’rinishda bo’lishi mumkin. Hujumchi zararli dasturiy vositalardan 
    foydalangan holda tizim xafsizligini obro’sizlantirishi, kompyuter amallarini buzishi, 
    maxfiy axborotni to’plashi, veb saytdagi kontentlarni modifikasiyalashi, o’chirishi 
    yoki qo’shishi, foydalanuvchi kompyuteri boshqaruvini qo’lga olishi mumkin. 
    Bundan tashqari, zararli dasturlar, hukumat tashkilotlardan va korporativ 
    tashkilotlardan katta hajmdagi maxfiy axborotni olish uchun ham foydalanilishi 
    mumkin. 
    Zararli dasturlar turlari. Zararli dasturlarning hozirda ko’plab ko’rinishlari 
    mavjud bo’lib, ular haqida 4.1.2 – bo’limda ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Quyida 
    esa ularning ayrimlari haqida batafsil ma’lumotlar keltiriladi. 
    Mantiqiy bomba 
    O’zidan ko’payish: 
    yo’q. 
    Sonini oshib borishi: 
    nol. 
    Yuqumliligi:
    mumkin. 
    Mantiqiy bomba ikki qismdan iborat zararli kod hisoblanadi: 


    210 
    1. 
    Foydali yuklama qismi bajarilish uchun harakat qism hisoblanadi. 
    Foydali yuklama qismi istalgan ko’rinishda bo’ladi, biroq, umumiy holda zarar 
    keltiruvchi ta’sirga ega bo’ladi. 
    2. 
    Trigger, mantiqiy shart bo’lib, foydali yuklama qismini bajarilishini 
    nazoratlaydi va baholaydi. Triggerning aniq sharti tasavvur bilan chegaralangan 
    bo’ladi va sana, foydalanuvchining tizimga kirishi yoki operasion tizim versiyasi 
    kabi mahalliy shartlarga asoslanadi. Shu tarzda triggerlar masofadan to’rib 
    o’rnatiluvchi ko’rinishda yoki bo’lmasa qandaydir holatni mavjud emasligiga ko’ra 
    loyihalanishi mumkin. 
    Mantiqiy bombalar mavjud kodning ichiga kiritilishi yoki bo’lmasa avtonom 
    tarzda bo’lishi mumkin. Oddiy zararlovchi (yuqumli) na’muna quyida ko’rsatilgan 
    bo’lib, trigger sifatida aniq sana ishlatilganda kompyuterni buzilishiga olib keladi: 
    legitimate code 
    if date is Friday the 13th: 
    crash_computer( ) 
    legitimate code
     
    Bunga ko’ra, agar joriy kun 13-juma kuni bo’lsa, mantiqiy shart bajiriladi va 
    kompyuterga biror zarar etkazilishi mumkin. 
    Troya oti 
    O’zidan ko’payish: 
    yo’q. 
    Sonini oshib borishi: 
    nol. 
    Yuqumliligi:
    Ha. 
    Ushbu turdagi zarar keltiruvchi dasturlar Greklar va Troyaliklar o’rtasidagi 
    urush davrida ishlatilgan nayrangga asoslangan bo’lib, axborot kommunikasiya 
    texnologiyalarida troyan oti bu - dastur bo’lib, qandaydir sodda vazifani bajarishga 
    mo’ljallangan bo’ladi. Biroq, qo’shimcha tarzda zarar keltiruvchi vazifani xufiyona 
    bajaradi. Klassik na’munasi sifatida tizimga kirishda parolni ushlab olish dasturini 
    keltirish mumkin, u «username» i «password» kabi autentifikasiya so’rovlarini qayd 
    etadi va foydalanuvchi tomonidan axborot kiritilishini kutadi. Ushbu holat yuz 
    berganda o’zining yaratuvchisi uchun parollarni ushlab oluvchi vazifasini bajaradi 


    211 
    va so’ngra esa “noto’g’ri parol” degan xabarni tizimga real kirish oldidan chiqaradi. 
    Hyech nimadan shubhalanmagan foydalanuvchi xato qilgandek bo’ladi. 

    Download 4,35 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   142




    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish