• Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida hal etish
  • q ; «Jami asosiy vositalar» «Nomoddiy aktivlar» I




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/101
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #255953
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101
    Bog'liq
    institutsional iqtisodiyot 1 1 1

    11
    q ;
    «Jami asosiy vositalar»
    «Nomoddiy aktivlar»
    I
    12
    q ;
    «Jami asosiy vositalar»
    «Jami aylanma aktivlar»
    I
    13
    q ;
    «Jami joriy operatsiya majburiyatlari»
    «Naqd pullar» Q «Oson sotiladigan
    qimmatli qog`ozlar» Q «Debitorlar hisobvaraqlari»
    I
    14
    q .
    «Jami joriy operatsiya majburiyatlari»
    Aktivlarning o`ziga xoslik darajasi aktivning quyidagi moddalarini
    taqqoslash yordamida baholanadi «Binolar, inshootlar va jihozlar» (joylashish
    o`rni bo`yicha o`ziga xoslik va texnologik o`ziga xoslik) va «Nomoddiy aktivlar»
    (tovar belgilari). Aktivlarning o`ziga xosligi darajasi haqida likvidlilik
    koeffitsiyentlarini noan’anaviy talqin etishni taklif qilgan holda tasavvurga ega
    bo`lish mumkin – likvidlilikning joriy (I
    13
    ) va «tez» (I
    14
    ) koeffitsiyentlari
    qanchalik yuqori bo`lsa, firmaning aktivlari shunchalik kam o`ziga xoslik
    darajasiga ega.
    Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi
    asosida hal etish
    Tashkilotni amaliy tahlil qilishga kelishuvlar nazariyasi ham o`z ulushini
    qo`shadi. Uning yordamida tashkilot ichidagi nizolar tabiatini, optimal shartnoma
    nazariyasi va transaksiya xarajatlari nazariyasining tarafdorlari taklif etganidek,
    «prinsipal» va «agent» manfaatlarining qarama-qarshi qo`yilishiga yo`yish
    mumkin emas. Kelishuvlar nazariyasi tashkilot tuzilmasining
    murakkabligi
    dan
    kelib chiqadi – u turli xildagi kelishuvlar unsurlarini o`z ichiga oladi. Odatda, har
    qanday tashkilotning faoliyat ko`rsatishi kamida quyidagi kelishuvlar imperativiga
    javob berishi lozim: bozor, industrial, an’anaviy, fuqarolik, ijodiy faoliyat va
    ijtimoiy fikr. Har qanday tashkilot, hatto foyda ko`rmay ishlayotgan korxona ham,
    o`zining daromadlarini xarajatlarga muvofiqlashtirishi va o`zining moliyaviy
    majburiyatlarini bajarishi zarur (bozor kelishuvining unsurlari). Har qanday


    90
    tashkilotni boshqarishda mehnatni ilmiy tashkil qilish va, o`z navbatida, industrial
    kelishuv unsurlaridan foydalaniladi. Tashkilot ichida o`zining alohida madaniyati,
    eskilik to`plamining shakllanishi uning faoliyatida an’anaviy kelishuvlar
    unsurlarining paydo bo`lganligidan dalolat beradi. Tashkilotda «agentlar»
    birlashgan manfaatlari - kasaba uyushmasi vakilining ishtiroki, shuningdek
    tashkilot
    ichki
    hayotining mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlariga bo`ysunishi
    fuqarolik kelishuvi impertivini o`zida aks ettiradi. Tashkilotning ishbilarmonlik
    doiralaridagi obro`si yoki iste’molchilar o`rtasida uning tovar belgisining
    mashhurligi bizni ijtimoiy fikr imperativiga amal qilishga undaydi. Va nihoyat,
    keng ma’nodagi innovatsiyalarga intilish (yangi tovar yoki xizmatlar ishlab
    chiqarishdan tortib to tashkiliy tuzilmani optimallashtirishgacha) tashkilotning
    faoliyat ko`rsatishida ijodiy faoliyat imperativini aks ettiradi. Shunday qilib,
    tashkilot asosida turli imperativlar o`rtasidagi
    nizolar
    yotadi.
    Kelishuvlar nazariyasining ustunligi nafaqat tashkilot faoliyat ko`rsatishi
    jarayonida yuzaga keladigan nizolarni ozmi yoki ko`pmi muntazam yoritishdan
    iborat, balki u murosaning turli ko`rinishlarini tahlil qilish asosida nizolarni hal
    etish variantlarini ham taklif etadi. Masalan, korxona rahbari, ishlab chiqarish
    jarayonini oqilona tashkil etish hisobidan iste’molchilarga taklif etilayotgan
    mahsulot narxini pasaytirishni ko`zlagan holda, bosh muhandis (inustrial kelishuv)
    va sotuv bo`limi (bozor kelishuvi) xizmatlarining manfaatlari o`rtasidagi nizoni hal
    etish yo`lini qidirishi lozim. «Fordizm» tamoyillaridan biri industrial va bozor
    kelishuvlari o`rtasidagi murosaning bunday ko`rinishini shunday izohlaydi: ishlab
    chiqarishni konveyerli tashkil etish asosida ishlab chiqariladigan mashinalar
    tannarxini pasaytirish, sotuvni rag`batlantirish va hatto iste’molning yangi
    standartini tashkil etish imkonini beradi: «avtomobil - dahmaza emas, balki
    harakatlanish vositasi».
    Fransuz ishlab chiqaruvchisining «Pogrebok Affinua» yangi pishloq navini
    ishlab chiqarish to`g`risidagi qarori murosaning yanada murakkab ko`rinishiga
    misol bo`ladi. Ushbu qaror an’anaviy retseptlar, zamonaviy texnologiyalardan
    foydalanish va pishloqning ushbu xili ko`p sonli sovrinlar bilan taqdirlanadigan
    nufuzli tanlovlarda ishtirok etishi asosida istemolchining nozik didli talablarini
    qondirishga urinish ta’siri ostida qabul qilingan edi. Mazkur korxona faoliyat
    ko`rsatishini belgilab beruvchi bozor, an’anaviy, inustrial kelishuvlar hamda
    ijtimoiy fikr to`g`risidagi kelishuv murosasi ko`zga tashlanib turibdi (10.2-rasm.).


    91
    Har qanday korxona uchun yuzaga keladigan muammolarni uning
    yordamida identifikatsiyalash va ularni hal etish yo`llarini izlash yo`nalishlarini
    belgilash oson bo`ladigan o`ziga xos kelishuvlar «xaritasini» tuzish mumkin.
    Kelishuvlar nazariyasi nuqtai nazaridan tashkiliy tuzilmani optimallashtirish
    tashkilot oldida turgan turli imperativlarni muvofiqlashtirishga yordam beruvchi
    murosa tamoyillarini qidirib topishdan iborat.
    Xulosa
    Faqat transaksiya xarajatlarining miqdorini baholashga nisbatan ordinalist
    yondashuv yordamida muayyan tashkilotlar tuzilmasini tahlil qilish uchun
    transaksiya xarajatlari nazariyasini qo`llash mumkin. Mazkur yondashuv turli
    shartnoma va tashkiliy shakllarda bitim tuzishda yuzaga keladigan transaksiya
    xarajatlari miqdorini ekspertiza yo`li bilan baholash yordamida taqqoslashdan
    iborat. Ekspert baholaridan tashqari, tashkilotning buxgalteriya hisoboti ham
    axborot manbai bo`lib xizmat qilishi mumkin. O`z navbatida, kelishuvlar
    nazariyasi tashkilotlarni miqdoriy jihatdan emas, balki sifat jihatdan tahlil qilishga
    o`z ulushini qo`shadi. Uning asosida tashkilot ichida yuzaga keladigan nizolar
    tabiatini izohlash va uning tuzilishini transaksiya xarajatlari mezoni bo`yicha emas,
    balki nizolarning keskinligini pasaytirish mezoni bo`yicha optimallashtirish
    mumkin.

    Download 0,7 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    q ; «Jami asosiy vositalar» «Nomoddiy aktivlar» I

    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish