• Fridrix fon Xayek.
  • -jadval «Prinsipal» bilan «agent»ning o`zaro munosabatlari




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/101
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #255953
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   101
    Bog'liq
    institutsional iqtisodiyot 1 1 1

    7.1 -jadval
    «Prinsipal» bilan «agent»ning o`zaro munosabatlari
    «Prinsipal»
    «Agen

    Nazorat qilish
    Nazorat qilmaslik
    Vijdonan ishlash
    1; 1 [St
    2
    ]
    1; 2 [St
    1
    , P]
    Ishdan bo`yin tovlash
    0; -1
    2; -2
    Ushbu o`yinda «prinsipal» va «agent» strategiyasining mos kelmasligi
    muammosi yaqqol ko`rinib turibdi. Bunda Nesh bo`yicha muvozanat mavjud
    emas: «prinsipal» va «agent» o`rtasidagi o`zaro munosabatlarda optimal natijaga
    erishish tashkilotning o`sishi jarayonida yuzaga keladigan tahdid ostida bo`ladi.


    93
    Hech qanday o`ylangan markaz (ya’ni «prinsipal») hamma vaqt
    barcha hodisalardan xabardor bo`lib turishga ... va ushbu axborotni
    manfaatdor tomonlarning hukmiga tezkor havola etishga qodir emas.
    Fridrix fon Xayek.
    Lekin, nazorat xarajatlarining ortishi «agentlar» sonining o`sishiga to`g`ri
    proporsional emas. Bu yerda «prinsipal» va «agent» o`rtasida axborot
    asimmetriyasining paydo bo`lishi omilini hisobga olish lozim. Uchinchi o`yinchi –
    «tabiat» bilan o`yinni tahlil qilgan holda, biz ikkita asosiy o`yinchi o`rtasidagi
    axborot asimmetriyasidan fikrni boshqa tomonga burdik. Tashkilot
    ichida
    axborot
    asimmetriyasining paydo bo`lishi sabablarini aniqlash uchun, institutsional tizim
    sifatida buyruqbozlik tizimini tadqiq qilgan Fridrix fon Xayekning isbotlarini
    eslaymiz.
    Xayek nazarida, bitimning barcha ishtirokchilarini teng va to`liq hajmdagi
    axborot bilan ta’minlovchi mexanizm bo`lib mutlaqo raqobatchi bozorlardagi
    narxning shakllanishi hisoblanadi. Firma doirasida hech qanaqa raqobatli narx
    shakllanishi to`g`risida gap bo`lishi mumkin emas, «agent»ning o`z mehnatining
    yakuniy mahsuli qiymatidan muntazam ravishda bosh tortishi ana shundan dalolat
    berib turibdi. Chunki faqat ish haqi mehnatning yakuniy mahsuliga teng bo`lgan
    taqdirdagina mehnat bozorida muvozanatga erishish mumkin va narx to`liq
    axborotni o`zida mujassamlantiradi.
    Demak, tashkilotning o`sishiga qarab aylanadigan axborotning
    murakkablashuvi va ixtisoslashuvi yuz beradi, lekin ular samaradorlik bo`yicha
    narx-navo mexanizmi bilan taqqoslanadigan axborot aylanishi tizimining barpo
    etilishi bilan kuzatilmaydi. Tashkilot ichida qaror qabul qilish jarayoni ularning har
    birida sifat jihatdan yangi axborot paydo bo`ladigan ko`plab bosqichlarni o`z
    ichiga oladi. Buning ustiga, ushbu sifat jihatdan yangi axborotga faqat uni olish va
    unga ishlov berishda bevosita ishtirok etuvchi tashkilot a’zolari ega bo`ladi.
    Ajoyib axborotga ega bo`lgan tashkilot ishtirokchilari - «agentlar» uni
    tarqatishdan va uni buzilmagan tarzda «prinsipal»ga uzatilishidan manfaatdor
    emaslar. Haqiqatdan ham axborot asimmetriyasi «agentlar»ning opportunistik
    xatti-harakatlari uchun zamin yaratadi – ularning o`z foydaliligini
    ko`paytirishga
    urinishlari, ular tomonidan yollash to`g`risidagi shartnoma tuzilishida qabul
    qilingan majburiyatlarga qaramasdan, foydalilikning qandaydir
    qat’iy belgilangan
    darajasi bilan qondiriladi. «Tabiiy» ko`zda tutilmagan holatlar sodir bo`lgan
    taqdirda, yollash to`g`risidagi shartnoma yordamida belgilangan mukofot
    kafolatini olib, «agent»ning o`zi unga «prinsipal» bilan nayrang qilish yordamida
    faoliyat natijasini o`z foydasiga qayta taqsimlash imkonini beruvchi «sun’iy»
    kutilmagan holatlarni tashkil etishga urinadi. Sotsializm davrida sodir etilgan
    «agentlar»ning o`z faoliyati natijalarini o`zlashtirishda ishtirok etishga
    opportunistik urinishi kabi iqtisodiy jinoyatlarning aksariyatini aynan shu nuqtai
    nazardan talqin etish lozim.


    94

    Download 0,7 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   101




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval «Prinsipal» bilan «agent»ning o`zaro munosabatlari

    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish