XI. Jismoniy shaxs va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hisobotlar
122. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hisobotlarda quyidagi ma’lumotlar aniq yoritilishi lozim:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni rejalashtirish va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar;
8-ilovaga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan og‘zaki, yozma va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha o‘tgan yillar bilan taqqoslama tahlillar;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi ahvolini tekshirish, ish holatini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish bo‘yicha komissiya faoliyati;
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi” Qonuni ijrosini vazirlik markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalarida reja asosida o‘tkazilgan maqsadli o‘rganishlar va ular jarayonida murojaatlarni o‘z vaqtida, qonunchilik talablariga muvofiq ravishda ko‘rib chiqish ahvoli, mavjud xato, kamchilik va qonunbuzilish holatlarining aniqlanganligi, doimiy uchraydigan xatolar va ularni bartaraf etilishi yuzasidan ko‘rilgan choralar, ko‘rsatilgan uslubiy va amaliy yordam;
jismoniy va yuridik shaxslarning har bir murojaatiga jiddiy yondoshib, ular tomonidan ko‘proq qaysi masalalardagi muammo va kamchiliklar ko‘tarilayotgani va qaysi mavzudagi murojaatlarning soni ortayotganligiga e’tiborni qaratib, mavjud muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha taklif va chora tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga joriy etish;
vazirlik markaziy apparati boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlari, hududiy hamda tarkibiy tuzilmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijro intizomi yuzasidan nazorat ishlarini kuchaytirish, mas’uliyatsizlikka va yuzakichilikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan keskin choralar ko‘rilganligi;
vazirlik (hududiy va tarkibiy tuzilmalar)ning Hay’at va kengaytirilgan, umumiy va tezkor yig‘ilishlarida fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ishlarning ahvolini muntazam muhokama etib borish;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish ahvoli, shuningdek sayyor qabullarning tashkillashtirilganligi;
murojaatlar bo‘yicha hududiy va tarkibiy tuzilmalarda faoliyat yuritadigan doimiy harakatdagi komissiyalar faoliyati, komissiyaning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishdagi ta’siri;
murojaatlarni ko‘rib chiqish, jismoniy shaxs va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishda vazirlik, shuningdek hududiy va tarkibiy tuzilmalar rahbariyatining shaxsan qatnashuvlari;
jismoniy shaxs va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish va xatlar bilan ishlash chog‘ida aniqlangan va umumlashtirilgan ijobiy ish usullarining targ‘ib qilinishi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy va tarkibiy tuzilmalardan taqdim etilgan hisobot va ma’lumotlar, undagi ma’lumotlarni to‘g‘riligi, aniqligi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar;
takroriy murojaatlarning ko‘payishi sabablarini chuqur o‘rganib chiqish aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda belgilangan muddatlarning asossiz buzilishlariga chek qo‘yish bo‘yicha takliflar;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar.
Yo‘riqnomaga 1-ilova
|