O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma




Download 0,53 Mb.
bet1/17
Sana16.03.2017
Hajmi0,53 Mb.
#185
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
35-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb ataladi) markaziy apparatida, uning hududiy va tarkibiy tuzilmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi o‘rinlarda murojaat deb ataladi)ni ko‘rib chiqilishini tartibga soladi.

2. Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega.

Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.

3. Ushbu Yo‘riqnomaning amal qilishi:

ko‘rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xo‘jalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;

vazirlikning, shuningdek uning hududiy va tarkibiy tuzilmalari bilan o‘zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Harbiy xizmatchilarning xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, shuningdek Qurolli Kuchlarning Ichki xizmat va Intizom Nizomlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.

4. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

ariza - huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

taklif - davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;

shikoyat - buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;

anonim murojaat - jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaat;

murojaatning dublikati - aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati nusxasi;

takroriy murojaat - avvalgi murojaatlar bo‘yicha qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilingan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytda ko‘rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bo‘lsa, avvalgi murojaat o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan murojaat;

elektron murojaat - elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklidagi murojaat.

5. Vazirlik tizimida og‘zaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlar ko‘rib chiqiladi.

Vazirlikning “ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlar og‘zaki murojaat sifatida mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda qayd etiladi, ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqiladi.

Vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali yoki elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali (Hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi Nizom talablari hisobga olingan holda ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

6. Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo‘lishi mumkin.

Jismoniy va yuridik shaxslar yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib murojaat etish huquqiga ega.

Murojaatlar turi va shaklidan qat’iy nazar, bir xil ahamiyatga ega.

7. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.

8. Jismoniy shaxsning murojaatida, uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

YUridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

YOzma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.

Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida bo‘lishi lozim. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

9. Murojaatlarni berish muddatlari, qoidaga ko‘ra, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar vazirlikning murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta’minlash zaruratiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra, tegishli davlat organlariga murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.

Bo‘ysunuv tartibida yuqori organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.

Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati vazirlik tomonidan tiklanadi.

10. Vazirlik tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.

11. Vazirlik tizimida ushbu Yo‘riqnoma talablariga muvofiq murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimi joriy etilishi mumkin.


Download 0,53 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma

Download 0,53 Mb.