O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma




Download 0,53 Mb.
bet4/17
Sana16.03.2017
Hajmi0,53 Mb.
#185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
IV. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining

shaxsiy qabulini tashkil qilish
70. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish vazirlik tizimida ularni qabul qilish uchun ajratilgan alohida xonalarda amalga oshiriladi. Mazkur xonalar yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq jihozlangan, ma’muriy binodan va nazorat o‘tkazish joyidan alohida (ish jarayoniga xalaqit bermaslik uchun) kutish joyi va qabul xonasidan iborat bo‘lishi lozim.

71. Og‘zaki murojaat qilgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini vazirlikning vakolati doirasidagi masalalarni hal etish huquqiga ega bo‘lgan rahbar va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilinadi.

Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha hisobga olish kartochkasi to‘ldiriladi. Hisobga olish kartochkasi og‘zaki murojaat sifatida ro‘yxatga olinadi.

72. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari davlat organiga og‘zaki murojaat etishganda ular tomonidan taqdim qilingan yozma murojaatlar hamda boshqa materiallar qabul qilinishi va ushbu Yo‘riqnomaning 71-bandiga muvofiq to‘ldirilgan hisobga olish kartochkasiga ilova qilinishi kerak.

73. Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish davlat organining vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.

74. Ishlar boshqarmasi jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, shuningdek vazirlik rahbariyati qabuliga kelgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy qabulini tashkillashtirish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.

75. Vazirlikda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsiy qabuli tegishli tartibda tasdiqlangan jadvalga asosan vazir va uning o‘rinbosarlari, tarkibiy tuzilma boshliqlari va mas’ul xodimlar tomonidan maxsus xonada amalga oshiriladi.

Vazir va uning o‘rinbosarlari qabuliga jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari belgilangan muddatlarda va asoslarda kiradilar.

Vazir qabuliga barcha shaxslar, shuningdek vazir o‘rinbosarlarining qarorlaridan norozi bo‘lgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari kiradilar.

Vazir o‘rinbosarlari qabuliga barcha shaxslar, shuningdek hududiy va tarkibiy tuzilma boshliqlari qarorlaridan norozi bo‘lib, murojaat qilgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari kiradilar.

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari vazir va uning o‘rinbosarlari qabuliga kirish uchun oldindan yozilishi kerak.

Ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazirlik rahbariyati qabuliga kirish uchun murojaat etgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari murojaatlarini belgilangan tartibda ro‘yxatga oladi va murojaatga oid (ular mavjud bo‘lsa) hujjatlarni to‘plab, tahlil qilib, rahbariyatga axborot beradi.

Vazirlik rahbariyatining qabul vaqti bo‘lmagan paytda kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari vazirlik markaziy apparati tegishli mansabdor shaxslari tomonidan murojaatda keltirilgan masalaning taalluqligiga qarab qabulni amalga oshiradilar.

76. Vazirlik rahbariyati yoki tarkibiy tuzilma xodimlari tomonidan sayyor shaxsiy qabullar tashkil etilishi mumkin.

Sayyor shaxsiy qabullar vaqtida vazirlik, hududiy va tarkibiy tuzilmalarning boshqa mas’ul xodimlari ishtirok etishi mumkin.

77. Sayyor shaxsiy qabullar vazir tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq o‘tkaziladi.

Zarur hollarda jadvalda nazarda tutilmagan sayyor shaxsiy qabullar o‘tkazilishi mumkin.

78. Sayyor shaxsiy qabullarni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to‘g‘risidagi axborot ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar e’tiboriga etkaziladi, shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Sayyor shaxsiy qabulni tashkillashtirish jarayonida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

qabulga yozilgan jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar umumlashtiriladi;

sayyor shaxsiy qabulni o‘tkazish vaqtida tegishli idora va tashkilot vakillari taklif etiladi;

sayyor shaxsiy qabullar yuzasidan bayonnoma tuziladi. Unda har bir murojaat etuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar, murojaatning mazmuni, hal etilganlik, nazoratga olinganlik holati, murojaat yuzasidan qabul qilingan qaror, ko‘rib chiqish tartibi, ko‘rib chiqilishini nazorat qiluvchi va ta’minlovchi mas’ul xodimlar ularning vazifalari va boshqa takliflar aks etishi lozim;

murojaat joyida ko‘rib chiqilib ijobiy hal etish choralari ko‘riladi;

murojaatni ko‘rib chiqish ma’lum bir muddatni talab etadigan holatlarda, murojaat alohida nazoratga olinib tegishli vazirlik va tarkibiy tuzilmaning xodimlari mas’ul etib biriktiriladi;

sayyor shaxsiy qabullar yakuni bo‘yicha to‘plangan barcha materiallar umumlashtirilib, qabuldan so‘ng 3 kun muddat ichida bir nusxasi vazirlik rahbariyati nomiga taqdim etiladi.

79. Vazir va uning o‘rinbosarlari qabulida bo‘lgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining yozma va og‘zaki murojaatlari Ishlar boshqarmasi tomonidan vazirlik rahbariyatining jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishni qayd etish kitobiga tegishli tartibda qayd etilib, ro‘yxatga olinadi va vazirlik rahbariyati rezolyusiyasi bilan tegishli tarkibiy tuzilmalarga ijro qilish uchun topshiriladi.

80. Vazirlik rahbariyati tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy qabul qilish vaqtida YUridik xizmat boshlig‘i, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i va tegishli boshqarmalar, mustaqil bo‘lim va xizmatlar boshliqlari ishtirok etishlari mumkin.

81. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishni qayd etish kitobi Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq yuritiladi va unda murojaatning tartib raqami, qabul qilingan sanasi, jismoniy shaxs va yuridik shaxs vakilining familiyasi (yuridik shaxs nomi), ismi, otasining ismi, turar joyi haqidagi, shuningdek murojaatning qisqacha mazmuni, qabul qilgan mas’ul xodim va uning lavozimi, vazirlik rahbariyati rezolyusiyasi, ijrochi tarkibiy tuzilma, ijro muddati ko‘rsatilgan rezolyusiya (topshiriqnoma) va ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi.

82. Ishlar boshqarmasi tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jarayonida murojaatlarda ko‘tarilgan ayrim dolzarb va muhim masalalar yuzasidan mutaxassislarning ishtiroki talab qilinadigan bo‘lsa, tegishli tarkibiy tuzilmalardan mas’ul xodimlar taklif etiladi.

83. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, agar uning bir necha bor qilgan murojaati asossiz, qonunga xilof xususiyatda bo‘lsa yoki uning murojaati bo‘yicha qaror qabul qilib bo‘lingan bo‘lsa, rad etilishi mumkin.

84. Qabul qilish jadvallari va uni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek qabul qilish tartibi vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilish, shuningdek ma’muriy binoning hamma kirishi mumkin bo‘lgan joydagi stendga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga etkaziladi.

85. Qabul avvaldan belgilangan kun va soatlarda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun qulay bo‘lgan vaqtda o‘tkazilishi kerak. Har bir vazirlik tuzilmasi binosida mazkur tuzilma rahbariyati, uning yuqori rahbariyati tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali barchaga ko‘rinadigan joylarga ilib qo‘yilishi shart.

86. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish haqidagi e’londa qabul qiluvchi mansabdor shaxslarning ismi, familiyasi, qabul soati va joyi ko‘rsatilishi kerak.

Vazirlik rahbariyati haftada bir marotaba, Kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash boshqarmasi haftada ikki marotaba, Ishlar boshqarmasi har kuni (dam olish kunlaridan tashqari) jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.

87. Hududiy va tarkibiy tuzilmalar rahbariyati haftada bir marotaba, tuzilma bo‘yicha mas’ul navbatchi esa har kuni jismoniy shaxslarni
va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishlari shart.

88. Qabulxonaga hech qanday ruxsatsiz, erkin kirish ta’minlanishi zarur (qabulga kelgan jismoniy shaxs og‘zaki murojaat etayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa - o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi kerak).

89. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining istaklariga qarab qabulga ularni oldindan yozib qo‘yishni amalga oshirish mumkin.

90. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish navbat asosida o‘tkaziladi. Bu tartibga rioya qilish uchun qabulxonada ro‘yxat tuziladi. O‘zbekiston Qaxramonlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda mahalliy kengashlar deputatlari, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, nogironlar, homilador ayollar va yosh bolasi bor keluvchilar navbatsiz qabul qilinadilar.

91. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish vaqtida ularning roziligi bilan jamoatchilik asosida huquqshunos, pedagog, jurnalistlar va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashishlari mumkin. Qabulga bevosita aloqasi bo‘lmagan shaxslarning qabul o‘tkazilayotgan xonada bo‘lishi man etiladi.

92. Qabulni o‘tkazuvchi shaxs qabulga kelgan shaxs qo‘ygan masalani malakali hal etilishini ta’minlash maqsadida ularni ko‘rib chiqishga vazirlik tizimining tegishli xodimlarini jalb etish yoki ulardan kerakli maslahatlar olishi mumkin.

93. CHet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish vazirlik tizimida kamida ikki nafar xodim ishtirokida o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi.

94. Mast holatda bo‘lgan shaxslar qabulga kiritilmaydi. Unday shaxslarni qabul qilish favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgani haqida, shuningdek shoshilinch chora ko‘rishni talab etuvchi boshqa voqealar haqida ma’lumot berilgan hollardagina ruxsat etiladi.

95. Qabulga keluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan tanishish, yashash joyini aniqlash va qanday masalada murojat etayotganini bayon qilish taklifidan boshlanadi. Agar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari shu masala bilan ilgari ham murojat qilgan bo‘lsa, imkoniyat darajasida mavjud hujjatlar o‘rganib chiqiladi.

96. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish (agar uning bir necha bor qilgan murojati asossiz yoki uning murojati bo‘yicha qaror qabul qilingan bo‘lsa) rad etilishi mumkin.

97. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari murojaat etgan masala imkoniyatiga qarab qabul davomida hal etiladi.

98. Qabul o‘tkazuvchi shaxs qonunchilikka va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib, vakolati doirasida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

murojaat etuvchiga qabul qilingan qarorning bajarilishi tartibi va muddatini bildirib, iltimosni qondirish;

rad etish sabablarini va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib iltimosni qondirmaslik;

agar murojat etuvchi tomonidan og‘zaki qo‘yilgan masalalar qo‘shimcha o‘rganish yoki tekshirishni talab etsa qabul jarayonida iltimosni hal etib bo‘lmaslik sabablari, uni ko‘rib chiqish tartibi va muddatini tushuntirib, undan yozma ravishda ariza qabul qilish.

99. Agar jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari murojaat qilgan masalani hal etish favqulodda vaziyatlar vazirligi vakolatiga kirmasa, qabulni olib boruvchi unga qaysi idora, tashkilot va muassasaga murojat qilishi lozimligini tushuntiradi, bunga imkon qadar yordam beradi.



Download 0,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma

Download 0,53 Mb.