O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma




Download 0,53 Mb.
bet7/17
Sana16.03.2017
Hajmi0,53 Mb.
#185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
VII. Murojaatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qilish. 
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish

109. Ishlar boshqarmasi vazir yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan tarkibiy tuzilmalarga ijroga berilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi.

Ishlar boshqarmasi murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi tarkibiy tuzilmalar tomonidan buzilishi to‘g‘risida rahbariyatni darhol xabardor qiladi.

110. Ishlar boshqarmasi, hududiy va tarkibiy tuzilmalar boshliqlari murojaatlar bo‘yicha ishning holatini davriy tekshirib turishlari hamda jismoniy shaxs va yuridik shaxslarning takroriy murojaat qilishlariga sabab bo‘ladigan, ularning qonuniy huquq va manfaatlariga zid keluvchi sabablarni bartaraf qilishga oid choralar ko‘radi.

111. Zarur hollarda Ishlar boshqarmasi hududiy va tarkibiy tuzilmalardan ularda mavjud bo‘lgan murojaatlarni olib o‘rganadi hamda bir vaqtning o‘zida murojaatda keltirilgan vajlarga aniqlik kiritish maqsadida ijrochi mas’ul xodim bilan bog‘lanib undan kerakli ma’lumotlarni olishi, natijasi bo‘yicha rahbariyatga tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritishi mumkin.

112. Murojaatlar ko‘rib chiqilishi va ularning ijrosi ahvoli yuzasidan tegishli ma’lumotlar muntazam ravishda Ishlar boshqarmasi tomonidan umumlashtirilib, rahbariyat huzuridagi tezkor yig‘ilishda muhokama qilib boriladi.

113. Murojatlarni ko‘rib chiqayotgan har bir vazirlik tuzilmasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfatlari buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida arizalar shikoyatlarni belgilangan tartibda umumlashtiradi hamda tahlil etib boradi.

Bunda asosiy e’tibor takroriy va jomoaviy shikoyatlarni keltirib chiqaruvchi shuningdek, fuqarolarni yuqori idoralarga, ommaviy axborot vositalariga joylarda hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bilan murojaat qilishga majbur etuvchi sabablarni tugatilishiga qaratilishi kerak.

114. Tahlil etish, umumlashtirish natijalari asosida murojaatlar bilan ishlash, qabul qilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish borasida takliflar bo‘yicha ma’lumotnoma, sharh yoki axborot tuziladi.

115. Tahlil etish, umumlashtirish natijalari Hay’at yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijalaridan quyi tuzilmalarda huquq tartibotni saqlashni yaxshilash va huquqbuzarlikka qarshi kurashni kuchaytirish choralarini ishlab chiqishda, vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalari tezkor xizmat faoliyatini takomillashtirishda foydalaniladi.


Download 0,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma

Download 0,53 Mb.