O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov




Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/58
Sana30.11.2023
Hajmi325,56 Kb.
#108426
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58
Bog'liq
PSIXOLOGIYA

Ixtiyorsiz xotira. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda 
katta o‘rin egallashini har kim o‘z shaxsiy tajribasidan biladi. 
Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri maxsus mnemik 
maqsadsiz, aqliy, asabiy, irodaviy zo‘r berishsiz hayotiy ahamiyatga 
ega bo‘lgan keng ko‘lamdagi ma’lumot, xabar, axborot, taassurotlar-
ning ko‘pchilik qismini aks ettirishidir. Shunga qaramasdan, inson 
faoliyatining turli jabhalarida o‘z xotirasini boshqarish zarurati 
tug‘ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitda, holatlarda, 
vaziyatlarda, favqulodda kerakli narsalarni ixtiyoriy ravishda esda 
saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning 
mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz.
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotida ikkita 
ketma-ket bosqichni tashkil etadi. 
Qisqa muddatli xotira materialni ko‘p martalab takrorlash va 
qayta esga tushirishlar orqali uzoq vaqt esda olib qolinishi bilan 
ajaralib turadigan uzoq muddatli xotiradan farqli o‘laroq, bir marta-
57


gina, juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish va shu zahotiyoq qaytadan 
xotirlashdan so‘ng juda ham qisqa vaqt mobaynida esda qolishi bilan 
belgilanadi. 
Qisqa muddatli esda olib qolish sharoitlarida hal etilishi uchun 
avtomatlashtirilgan harakat usullari qo‘llaniladigan vazifalargina 
mahsuldor bo‘lishi aniqlandi. Materialni o‘zlashtirishning kengaytiril-
gan usullarini qo‘llashni taqozo etadigan vazifalar qisqa muddat 
mobaynida taqdim qilingan sharoitda esda olib qolishning samarador-
ligini pasaytirib yuboradi. Shunga asoslanib, qisqa muddatli esda olib 
qolishni ma’lum vaqt oralig‘ida kishining material bilan ishlash 
faoliyatida faqat avtomatlashtirilgan usullarni qo‘llab ishlash imkonini 
beruvchi esda olib qolish deb ta’riflash mumkin. 

Download 325,56 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov

Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish