O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov




Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/58
Sana30.11.2023
Hajmi325,56 Kb.
#108426
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Bog'liq
PSIXOLOGIYA

harakatlar deyiladi. 
Odamlar tevarak atrofdagi narsalar va hodisalarni bilib oladilar 
hamda o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlarini va ular mansub bo‘lgan ja-
miyat ehtiyojlarini qondirish jarayonida uni qayta o‘zgartirishga qara-
tilgan faoliyatda ularga nisbatan his-tuyg‘uni boshdan kechiradilar. 
Iroda har doim boshqa psixik jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir. 
Iroda kishining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishda qiyin-
chiliklarni yengib o‘tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvorini ongli ra-
vishda tashkil qilishi va o‘zini o‘zi boshqarishidir. Iroda shaxs 
faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil etishning u 
tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir. 
75


Iroda tabiat qonunlarini egallab olgan va shu tariqa uni o‘z 
ehtiyojlariga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lgan kishining 
mehnat faoliyatida paydo bo‘ladi. 
Iroda o‘zaro bog‘liq ikkita vazifaning bajarilishini ta’minlaydi: 
1) undovchi; 2) tormozlash. Irodaning undovchi vazifasi kishining 
faolligi bilan ta’minlanadi. Tormozlash vazifasi faollikning yoqimsiz 
ko‘rinishlarini jilovlashda namoyon bo‘ladi. 
Kishining harakatga undovchi mayllari ma’lum bir yo‘lga so-
lingan tizimni – oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan 
yashirinish ehtiyojidan tortib to ma’naviy, estetik va intellektual his-
tuyg‘ularni boshidan kechirish bilan bog‘liq yuksak niyatlarga borib 
taqaladigan motivlar iyerarxiyasini tashkil etadi. Irodaning undovchi 
va tormoz qiluvchi funksiyalari yaxlit holdagina shaxsning maqsadga 
erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta’minlaydi. 
Odamlar o‘zlarining qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimga 
yuklashga moyil bo‘lishiga qarab, sezilarli ravishda farqlanadilar. 
Kishining o‘z faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlarga 
va sharoitlarga qayd qilib qo‘yishi yoki, aksincha, ularning shaxsiy 
kuch-g‘ayratlariga va qobiliyatlariga moyilligini belgilaydigan sifatlar 
nazoratni lokallashtirish deyiladi (psixologik adabiyotda «nazorat 
lokusi» degan atama qo‘llaniladi, lotinchada lokus – o‘rnashgan joy va 
fransuzchada conlrole – tekshirish deyiladi). 
O‘z xulq-atvori va o‘z ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, 
holatlar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga moyil bo‘ladigan 
odamlar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallash-
tirilishi to‘g‘risida fikr yuritiladi. 
Agar individ o‘z qilmishlari uchun javobgarlikni zimmasiga olsa 
va uning sabablarini o‘z qobiliyati, xarakteri va shu kabilar oqibati 
deb bilsa, unda nazoratning ichki (internal) lokallashuvi ustun deb 
hisoblash uchun asos bor. 
Kishining tavakkalchilik sharoitidagi xatti-harakati irodaga xos 
xarakterli ko‘rinishlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Tavakkalchi-
lik subyektga noma’lum va muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mum-
kin bo‘ladigan noqulay oqibatlar (jazolash, og‘riq ta’sirini o‘tkazish, 
jarohat, obro‘ni yo‘qotish va shu kabi) haqidagi taxminlar mavjudligi 
sharoitidagi faoliyatdir. 
76


Tavakkalchilikning birinchi sababi va tegishli ravishda birinchi 
turi yutuqqa umid bog‘lashdir. Bu o‘rinda muvaffaqiyat motivatsiyasi 
muvaffaqiyatsizlikdan qutulib qolish motivatsiyasidan kuchliroqdir. 
Irodaning asosini, xuddi subyektning umumiy faolligi kabi, uning 
xatti-harakatlarining ko‘p tarmoqli va xilma-xil motivlashtirilishiga 
sabab bo‘luvchi ehtiyojlari tashkil etadi. 
Psixologiyada motivlashtirish deganda, psixologik hodisalarning 
o‘zaro mustahkam bog‘langan, lekin bir-biriga to‘liq mos kelmaydi-
gan, nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi: 
birinchidan, individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq 
faoliyatga undovchi sifatidagi namoyon bo‘luvchi motiv tariqasidagi 
motivlashtirishdir. Bu holda motivlashtirish faollik holati umuman 
nima uchun paydo bo‘lishini, subyektning faoliyat ko‘rsatishiga qan-
day ehtiyojlar undayotganini izohlab beradi; 
ikkinchidan, motivlashtirish faollik nimaga qaratilganligini, ni-
ma uchun boshqa xulq-atvor emas, balki aynan uning tanlanganligini 
izohlab beradi. Bu yerda motivlar xulq-atvor yo‘nalishini tanlashni 
belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo‘nali-
shini tashkil etadi; 
uchinchidan, motivlashtirish kishi axloqi va faoliyatini boshqa-
radigan vosita hisoblanadi. Bu vositalarga emotsiyalar, istaklar, 
qiziqishlar va boshqalar kiradi. 
Shunday qilib, ehtiyojlar ba’zi harakatlarning bajarilishini belgi-
laydigan va boshqalariga xalaqit beradigan har xil motiv (sabab)larga 
aylanadi. Irodaviy harakatlarning sabablari hamisha ozmi-ko‘pmi 
darajada anglanilgan xususiyatga ega bo‘ladi. U yoki bu ehtiyojning 
qanchalik anglanilganligiga bog‘liq holda intilish va istakni ham farq 
qilsa bo‘ladi. 
Intilish hali tarmoqlanmagan, yetarli darajada anglanilmagan 
ehtiyojdan iborat faoliyat motividir. 
Istak faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning yetarli darajada tu-
shunib yetilganligi bilan tavsiflanadi. Bunda faqat ehtiyoj obyekti 
emas, balki uni qondirishning mumkin bo‘lgan yo‘llari ham 
tushuniladi. 
Kishida turli ehtiyojlar ahamiyatining o‘zgarishi munosabati bilan 
bir qator hollarda motivlar kurashi paydo bo‘ladi: bir istak boshqa 
istakka qarama-qarshi qo‘yiladi, u bilan to‘qnashtiriladi. Muhokama 
77


yoki motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi, ya’ni muayyan 
maqsad va unga erishish usuli tanlanadi. 
Irodaviy xatti-harakatning so‘nggi jihati ijrodir. Unda qaror 
harakatga aylanadi. Ijrodagi irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda 
kishi irodasi namoyon bo‘ladi. 
Irodaviy hodisaning eng muhim bo‘g‘inlari – qaror qabul qilish va 
uni ijro etish ko‘pincha alohida emotsional holatning, irodaviy zo‘r 
berish sifatida tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga sabab bo‘la-
di. Irodaviy zo‘r berish emotsional hayajon shakli bo‘lib, kishining 
harakatiga qo‘shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi, gohida yo‘q 
bo‘luvchi yoki yetarli bo‘lmaydigan ichki resurslarning (xotira, 
tafakkur, xayol va boshqalarni) safarbar etuvchi va ancha zo‘rayish 
holati kabi boshdan kechiriladigan sabablardir. 
Irodaviy zo‘r berish natijasida ayrim motivlarning harakatini 
to‘xtatib qo‘yib, boshqalarining harakatini haddan ziyod kuchaytirish 
mumkin. 
Tashqi to‘siqni yengib o‘tish lozim bo‘lgan ichki qiyinchilik, ichki 
qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo‘lsa, u irodaviy zo‘r berishni 
talab qiladi. 
Shuni xulosa qilamizki, iroda shaxs faolligining alohida shakli, 
uning xulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo‘yilgan maqsad 
bilan belgilanadigan alohida turidir. 
Irodaviy hodisada (irodaviy harakatda) uni motivlashtirishning 
barcha uchta tomoni – faollik manbai, uning yo‘nalganligi va o‘zini 
o‘zi boshqarish vositalari aks etadi.

Download 325,56 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov

Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish