-ma’ruza  SHAXSNING EMOTSIONAL-IRODAVIY JARAYONLARI




Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/58
Sana30.11.2023
Hajmi325,56 Kb.
#108426
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
PSIXOLOGIYA

5-ma’ruza 
SHAXSNING EMOTSIONAL-IRODAVIY JARAYONLARI 
1. «Shaxsning hissiy holati» tushunchasi. 
2. «Iroda» tushunchasi va uning jarayonlari. 
3. Shaxsning irodaviy fazilatlari va ularning shakllanishi.
1. «Shaxsning hissiy holati» tushunchasi 
Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insondagi 
keng emotsional sohasining rang-barangligi, ko‘p qirraligi haqida 
emotsional ton (yunoncha tonos – zo‘riqish, urg‘u berish ma’nosini 
bildiradi), emotsiyalar (lotincha emovere – qo‘zg‘atish, hayajonlanish 
demakdir), affektlar (lotincha affectus – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros 
ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha stress – zo‘riqish deganidir) va 
kayfiyat kabi tushunchalar orqali muayyan tasavvur berish imkoniya-
tiga ega.
Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida 
faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga, hayotdagi u yoki 
bu narsalarga, qanday bo‘lmasin, munosabat bildiradi, unda bularga 
nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg‘u paydo bo‘ladi. 
His-tuyg‘ular kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga
nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga 
nisbatan o‘ziga turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. 
«Hissiyot» tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik 
manbalarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan, hissiyot o‘rnida 
sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, 
maqsadlar, talablar kabi tushunchalardan foydalaniladi. Ilmiy nuqtai 
nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda, «hissiyot», odatda, tirik 
mavjudotlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va 
unga monelik qiluvchi obyektlarga nisbatan uning (odamning) 
munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari 
(ayniqsa, chet mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni 
aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson 
ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda ko‘p 
66


uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-
tuyg‘ularning ichki kechinmalarda ifodalanishidan iborat psixik ja-
rayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga 
muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi, 
lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, yig‘i, g‘amginlik, 
ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir.
Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqi-
bat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga 
kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanadi. Ushbu emosional kechinmalar 
o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, yo‘nal-
ganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni 
emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar 
edi. Shu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi 
ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy aha-
miyat kasb etadi. 
His-tuyg‘ularning kechishi subyekt alohida his etayotgan psixik 
holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va 
tushunish, biron-bir narsa to‘g‘risida bilib olish idrok etilayotgan, 
tushunib olinayotgan, ma’lum yoki noma’lum narsalarga nisbatan 
shaxsiy munosabat bilan birgalikda ro‘y beradi. Ana shu hollarning 
barchasida his-tuyg‘ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining 
alohida emotsional holati haqida gapiriladi. Shu bilan birga, his-
tuyg‘ularning kechishi o‘z rivojlanishiga ega bo‘lgan joriy va o‘zgarib 
turadigan psixik jarayondir. 
His-tuyg‘uni boshdan kechirishning turli shakllari – emotsiya, 
affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress holati) ehtiros va nihoyat, 
tor ma’nodagi his-tuyg‘ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi. 
Bilishning jonli manbai bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi murakkab va ko‘p 
qirrali munosabatlarning ifodasi hisoblanadi. 
Kishi uchun subyektiv hisoblangan his-tuyg‘ular uning ehtiyojlari 
qondirilish jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida na-
moyon bo‘ladi.
His-tuyg‘ular voqelikni aks ettirishning o‘ziga xos shakllaridan 
biridir. Agar bilish jarayonlarida narsalar va voqelikdagi hodisalar aks 
etsa, his-tuyg‘ularda esa subyektning o‘ziga xos ehtiyojlari bilan 
qo‘shilib, o‘zi bilib olayotgan va o‘zgartirayotgan narsalarga va 
voqelikka nisbatan uning munosabati aks etadi. 
67


Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki rivojlangan jonli mavjudot-
larga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatdir. Hayvonlardagi emotsiyalar 
o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi 
sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining 
mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin 
tafovutlanadi.
Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi va muvaqqat xususiyatga 
ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish joizki, 
hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat subyekti 
sanalmish hazrati insongagina xos, xolos. Chunki empatik (hamdard-
lik) his-tuyg‘ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga 
kafolat negizidir.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil 
shakldagi o‘ziga xos kechinmalarni: emotsiyalarni, affektlar (emotsio-
nal buhronlar)ni, kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish (stress holat-
lari)ni va his-tuyg‘ularni hosil qiladi. 

Download 325,56 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-ma’ruza  SHAXSNING EMOTSIONAL-IRODAVIY JARAYONLARI

Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish