Xayol tafakkur bilan mustahkam bog‘langandir.
Xayol ham ta-
fakkur singari kelajakni oldindan ko‘rish imkoniyatini beradi. Ta-
fakkur singari xayol shaxslarning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlar-
ni qondirishning real jarayonida oldin ehtiyojlarni qondirishning
soxta, xayoliy jarayoni sodir bo‘ladi, ya’ni bu ehtiyojlarning
qondirilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish
mumkin.
Xayol o‘zining faolligi bilan tavsiflanadi. Shuning bilan birga,
xayol apparati faqat atrofdagi olamni o‘zgartirishga qaratilgan shaxs
ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanishi mumkin va foydalani-
ladi. Ayrim hollarda xayol faoliyatning o‘rnida, uning sun’iy
aralash-
masi sifatida amal qilishi mumkin. Mana shu hollarda odam o‘ziga hal
qilib bo‘lmaydigandek ko‘rinadigan masalalardan, turmushning og‘ir
sharoitlaridan, o‘z xatolarining ta’qibidan va shu kabilardan yashiri-
nish uchun real tasavvurlardan uzoq bo‘lgan fantastik olamga
vaqtincha kirib ketadi.
Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amalga
oshmaydigan va ko‘pincha amalga oshirib bo‘lmaydigan ish-harakat
dasturlarini belgilaydi. Xayolning bunday shakli
passiv xayol deyiladi.
Kishi passiv xayolni oldindan o‘ylab yuzaga keltirishi mumkin:
jo‘rttaga yuzaga keltirilgan, iroda bilan bog‘liq bo‘lmagan,
lekin
hayotda gavdalantirishga qaratilgan xayolning mana shunday obrazlari
shirin xayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli
narsalar haqida shirin xayol surish hamma odamlarga xos. Mana
shunday shirin xayollarda fantaziya mahsulotlari bilan ehtiyojlar
o‘rtasidagi aloqa oson namoyon bo‘ladi.
Ammo insonning xayoliy jarayonlarida shirin xayol kechirish
hollari ko‘proq bo‘lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi
nuqson hisoblanadi. Agar kishi passiv bo‘lsa, u kelajakda yaxshi hayot
uchun kurashmasa,
uning hozirgi hayoti esa qiyin, ko‘ngilsiz bo‘lsa,
bunday holda u ko‘pincha o‘zining ehtiyojlari to‘liq qondiriladigan,
istagan narsasini qo‘lga kirita oladigan, hozirgi paytda umid qila
olmaydigan biron mansabni egallaydigan soxta hayotni xayol qiladi.
Agar passiv xayolni oldindan o‘ylab va o‘ylamasdan qilingan
turlarga bo‘lish mumkin bo‘lsa,
faol xayolni ijodiy va qayta tiklovchi
xayol turlariga bo‘lish mumkin. O‘z asosida tasviriga muvofiq kela-
64
digan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol
qayta tiklovchi xayol deb
ataladi.
Ijodiy xayol, qayta tiklovchi xayoldan farq qilgan holda, original
va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obraz-
larning yaratilishini taqozo qiladi. Mehnatda paydo bo‘lgan ijodiy
xayol ehtiyojlarini qondirish yo‘lini izlashda yaqqol tasavvurlar bilan
faol va maqsadga muvofiq ish tutadigan texnik, badiiy va istalgan
boshqa ijodiyotning ajralmas jihati bo‘lib qoladi.
Xayol katta miya yarim sharlari po‘stlog‘ining funksiyasi hi-
soblanadi. Shuning bilan birga, xayol tuzilishining murakkabligi va
uning hissiyotlar bilan bog‘liqligi xayolning fiziologik mexanizmlari
faqat miya po‘stlog‘i bilan emas, balki miyaning chuqurroq qismlari
bilan bog‘liq deb taxmin qilishga asos beradi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ijodiy faoliyatga hamma vaqt
fantaziya qo‘shilgan bo‘ladi. Biroq har doim ham odamning amaliy
harakatlarida xayol jarayonlari darhol amalga oshavermaydi. Ko‘-
pincha xayol jarayonlari darhol amalga oshirishni istaydigan timsollar
shakliga, ya’ni alohida ichki faoliyat shakliga kirib oladi. Odam
kelgusida xohlaydigan ana shunday timsollar
orzu deb ataladi.
Orzu,
shuning bilan birga, batamom tugallanishi biror sababga
ko‘ra kechiktirilgan faoliyatga undovchi sabab yoki motiv sifatida
namoyon bo‘ladi. Mana shuning uchun ham inson qo‘li bilan qilingan
har qanday narsa o‘zining tarixiy mohiyati jihatidan moddiylashtiril-
gan, amalga oshirilgan inson orzusidir. Odamning amaliy ishlab chi-
qarish faoliyatida fantaziyaning ahamiyati katta, lekin hamma vaqt
ham sezilarli bo‘lavermaydi.
Fantaziya eng ko‘p qo‘llaniladigan soha bo‘lmish san’at va ada-
biyotning ijodiy faoliyatida zaruriy element bo‘lib xizmat qiladi.
Rassom yoki yozuvchining ijodiy faoliyatida
qatnashadigan xayolning
muhim xususiyati uning emotsionalligidir.
65