–
qiziqish qonuni. Anatol Frans bilimlarni
yaxshi hazm qilish
uchun uni ishtaha bilan yutish kerak deganda, albatta, materialga jonli
qiziqish bilan munosabatda bo‘lishimiz va uni yaxshi ko‘rishimiz
kerakligini nazarda tutgan;
–
ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar
qanchalik ko‘p bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson
bo‘ladi. Masalan, ilgari o‘qigan biror kitobni qaytadan o‘qib, uni
yangidan o‘qiyotganday
his qilsangiz, demak, siz ilgarigi tajribangizni
his qilishingiz mumkin. Ya’ni, eski bilimlar ham tajribaga aylangan-
dagina, yangilariga zamin bo‘la oladi;
–
eslab qolishga tayyorgarlik qonuni. Biror materialni eslab
qolishdan avval, bo‘lg‘usi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rgan
bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Agar materialni mu-
taxassis bo‘lishim uchun juda kerak,
deb umringiz oxirigacha mu-
himligini anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi;
– assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida miloddan avval
Arastu ham yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda
shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo‘ladi. Masalan,
muayyan xona o‘sha yerda ro‘y bergan
hodisalarni ham eslatadi;
–
birin-ketinlik qonuni. Harflarni alfavit tartibida yoddan aytish
oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham ma’lu-
motlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo‘lganda, tartib
bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir;
–
kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to‘g‘risidagi
birinchi taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham
shunchalik yorqin bo‘ladi. Bundan tashqari,
siz uchun ahamiyatli va
jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga
tushiriladi;
–
tormozlanish qonuni. Har qanday muayyan ma’lumot o‘zidan
oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning o‘chib ket-
masligi uchun yangisini esda saqlashdan avval mustahkamlash cho-
ralarini ko‘rishingiz kerak
1
.