larga nisbatan munosabatlarni va odamlarning o‘ziga
nisbatan muno-
sabatni o‘zida ifodalaydi.
Yuridik psixologiya fani turli guruhlar, jamoalar, har xil uyushgan
va uyushmagan kishilarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishishi
natijasida ular ongida vujudga keladigan ruhiy hodisalarni o‘rganadi.
Shuningdek, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari va uning
qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.
Ma’ruzaning maqsadi huquqni muhofaza
qilish organlarining xo-
dimlariga o‘zlarining faoliyatida uchraydigan muloqot turlari bilan ta-
nishtirish, aholi bilan bo‘ladigan muloqotda ularning talab va istaklari-
ni hisobga olgan holda muloqotga kirishish yo‘llarini o‘rgatishdan
iborat. Vazifasi esa muloqotning turlariga tavsif berish va mohiyatini
ochib berishdan iboratdir.
Ushbu ma’ruzadan ko‘zlangan maqsad, huquqni muhofaza qilish
organlari faoliyatidagi kasbiy muloqot va ijtimoiy idrokning alohida
tarkibiy qismlari bilan yaqindan tanishib chiqish hisoblanadi.
Bundan
tashqari, muloqotning qonuniyatlari, mexanizmlari, turlarini o‘rganish
va psixologik jihatdan tahlil qilishdan iboratdir.
Muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa bo‘lib, uning o‘z o‘rni va aha-
miyati mavjud. Muloqot odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat eh-
tiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p
qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rta-
sida axborot ayriboshlanishini o‘z ichiga oladi. Shaxslar munosobat-
ga kirishar ekan, eng muhim vositalardan biri bo‘lgan tilga murojaat
qiladilar. Muloqotning ikkinchi jihati munosobatga kirishuvchilarning
o‘zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas,