• Yordamchi uchburchaklar usuli
  • Yoyilmaydigan sirtlarning taqribiy yoyilmalarini yasash




    Download 499.46 Kb.
    bet9/13
    Sana21.04.2023
    Hajmi499.46 Kb.
    #53071
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Adilova Sayyora
    Йиллик иш режа намуна, 8 MARUZA, 1 маъруза бакалавр халқ табобати мажмуа , online-test, Elektrolitik diss, Eruvchanlik,dioganal, ycUaDA2OZWoeqoLRBn65727YpdqyWt07VxYQ6WEP, 111, O`zbekistonning eng yangi tarixi fanidan test savollari, 6 sinf yakuniy 30talik, 3-dars-Диодлар, diyor dis, Mumtоz adabiyotga kirish kursining maqsad va vazifalari, Ashurov tezis, O’rnatilgan tizimlarning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish fan

    2.3. Yoyilmaydigan sirtlarning taqribiy yoyilmalarini yasash.


    Muhandislik amaliyotida ko‘pgina hollarda yoyilmaydigan sirtlar yoki ularning bo‘laklaridan ba’zi konstruksiyalarni yasashga to‘g‘ri keladi. Ammo ularning faqat taqribiy yoyilmalarini yasash mumkin. Taqribiy yoyilmalarni yasashning umumiy usuli shundan iboratki, berilgan sirt yoyiladigan sirtlardan biriga (ko’pyoqliklar, silindrik yoki konussimon) approksimasiya qilinadi11.


    Sirtlarning yoyilmalarini taqribiy yasashning uch usuli:

    • Yordamchi uchburchaklar usuli.

    • Yordamchi silindrik sirtlar usuli.

    • Yordamchi konus sirtlar usuli mavjud.

    Yordamchi uchburchaklar usuli. Bu usulning mohiyati qo‘yidagidan iborat. Dastlab yoyilmaydigan sirt uchburchaklarga bo‘lib chiqiladi, yaoni berilgan sirt ko’pyoqliklar sirtga approksimasiya qilinadi. Keyin ko’pyoqliklar sirtning yoyilmasi yasaladi. Buning uchun uchburchak tomonlarining haqiqiy uzunliklari proyeksiyalarda yasaladi. Har bir uchbuchakning yoyilmadagi vaziyati uchala tomonining haqiqiy uzunliklari bo‘yicha yasaladi.
    Amalda og‘ma konus sirtlarning yoyilmalari umuman taqribiy usulda yasaladi. 13.9,a-rasmda Monj chizmasida og‘ma konus tasvirlangan. Uning yoyilmasini yasash uchun berilgan konus sirti A1B, B12, B2C,... uchburchaklarga ajratiladi. Bu uchburchaklarning bittadan tomonlari konusning uchidan o‘tadigan qilib olinadi. Uchburchaklar tomonlarining haqiqiy uzunliklari yasaladi. Ulardan biri B2 ning haqiqiy uzunligi aylantirish usulida yasalgan. Yoyilmani hosil qiluvchi uchburchaklarni ularning uchala tomonlarining haqiqiy uzunliklari bo‘yicha yasash qiyin emas. Bunda yoyilmadagi uchburchaklar tomonlarining o‘zaro joylashuv tartibi proyeksiyadagi joylashuv tartibi bilan bir xil bo‘lishi kerak. 13.9,b-rasmda og‘ma konus yon sirti yoyilmasining yarmi ko‘rsatilgan. 13.10,a-rasmda tasvirlangan sirt silindrik trubadan to‘rtburchakli trubaga o‘tish elementi bo‘lib, u ikkita I ko‘rinishdagi, ikkita II ko‘rinishdagi tekis uchburchaklardan hamda to‘rtta III ko‘rinishdagi elliptik konus sirtlardan tashkil topgan. Bunday sirtning yoyilmasini yasash uchun dastlab konus sirtlarni piramida sirtlariga approksimasiya qilamiz (rasmda faqat bitta konus sirtining piramidaga approksimasiya qilinishi ko‘rsatilgan). Buning uchun konusning asosida bir necha A, B, C, D, E nuqtalarni belgilab olib, ularni konusning uchi bilan tutashtiramiz. Hosil bo‘lgan uchburchaklar tomonlarining haqiqiy uzunliklarini yasaymiz. 13.10,a-rasmda SE tomonning haqiqiy uzunligini yasash ko‘rsatilgan. Bu sirt yoyilmasini yasash uchun tomonlarning haqiqiy uzunliklari bo‘yicha uchburchaklar yasaymiz 12.
    Berilgan sirtning S2EA1 choragining yoyilmasini yasash 13.10,b-rasmda ko‘rsatilgan. Qolgan choraklarining yoyilmasi ham yuqorida bayon qilinganidek yasaladi.

    Download 499.46 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 499.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yoyilmaydigan sirtlarning taqribiy yoyilmalarini yasash

    Download 499.46 Kb.