• Kurs ishining vazifasi
  • Kurs ishining ob’yekti
  • I BOB SIRTLAR KESISHISH CHIZIG’INI YASASHNING UMUMIY ALGORITMI VA SIRTLARNING O’ZARO KESISHISH CHIZIG’INI YASASH
  • O‘zbekiston respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi




    Download 499.46 Kb.
    bet2/13
    Sana21.04.2023
    Hajmi499.46 Kb.
    #53071
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Adilova Sayyora
    Йиллик иш режа намуна, 8 MARUZA, 1 маъруза бакалавр халқ табобати мажмуа , online-test, Elektrolitik diss, Eruvchanlik,dioganal, ycUaDA2OZWoeqoLRBn65727YpdqyWt07VxYQ6WEP, 111, O`zbekistonning eng yangi tarixi fanidan test savollari, 6 sinf yakuniy 30talik, 3-dars-Диодлар, diyor dis, Mumtоz adabiyotga kirish kursining maqsad va vazifalari, Ashurov tezis, O’rnatilgan tizimlarning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish fan
    Kurs ishining maqsadi: Mazkur kurs ishi orqali o’quvchilarga yig’ish chizmalarini o’qishda oid metodik ko’rsatmalar o’rgatishda bugungi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali ularda mazkur mavzu haqida bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish, hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olish malakalirini shakllantirishdan iboratdir.
    Kurs ishining vazifasi:

    • Yig’ish chizmalari haqida umumiy ma’lumot va tushunchalar berish;

    • Sirtlarning yoyilmalarini bajarish usullari

    Kurs ishining amaliyotdagi ahamiyati: Yig’ish chizmalarini amaliy mashg’ulotlarda bajarish o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlanishida katta va alohida ahamiyatga ega. Shu sababli ushbu kurs ishidan mavzuni kengroq o’rganmoqchi bo’lgan maktab o’quvchilari va talabalar hamda o’qituvchilar o’z pedagogik faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
    Kurs ishining ob’yekti: O’rta umumiy ta’limda chizmachilik fanini o’qitish jarayoni.
    Kurs ishining predmeti: Mavzuni o’rganishning shakl sirtlarning yoyilmalarini bajarish usullarni urganish.
    Kurs ishining hajmi: 29 bet bo’lib, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adbiyotlar ro’yxatidan iborat.

    I BOB SIRTLAR KESISHISH CHIZIG’INI YASASHNING UMUMIY ALGORITMI VA SIRTLARNING O’ZARO KESISHISH CHIZIG’INI YASASH


    Insoniyat o’zining amaliy faoliyatida konus, silindr, shar, ko’pyoqliklar yoki boshqa ko’rinishdagi sirtlar va ularning o’zaro kesishishidan turli xil ko’rinishdagi arkalar, gumbazlar va muhandislik inshootlari qurilishida foydalanib kelgan.


    Kesishuvchi sirtlar asosida o’zaro kesishgan trubalar, keng oraliqli binolarning ustunsiz tomlari, neft va gaz saqlanadigan sisternalar, rezervuarlar, meditsina asboblari, mashinasozlik detallari, qurilish inshootlari elementlari va hokazolar tayyorlanadi. Shu bois muhandislardan sirtlarning o’zaro kesishish chiziqlarini aniq yasash va ularni sirt yoyilmasida aniq tasvirlay bilish bilimi talab qilinadi. Shu maqsadda ushbu bobda turlicha shakldagi sirtlarning o’zaro kesishish chiziqlarini yasash usullari bayon qilinadi1.
    Ta’rif. Ikki sirtning kesishish chizig’i deb, ular uchun umumiy bo’lgan nuqtalarning geometrik o’rniga aytiladi.
    Kesishuvchi sirtlarning hosil bo’lishiga qarab ularning kesishish chizig’i quyidagi ko’rinishlarda uchraydi:

    • Kesishuvchi sirtlar egri chiziqli yoki to’g’ri chiziqli sirtlar bo’lsa, ularning kesishish chizig’i umumiy holda fazoviy egri chiziq bo’ladi.

    • Kesishuvchi sirtlarning biri egri chiziqli ikkinchisi ko’pyoklik sirt bo’lsa, u holda ularning kesishish chizig’i tekis egri chiziqlar bo’ladi.

    • Kesishuvchi sirtlarning ikkalasi ham ko’pyoqlik sirt bo’lsa, ularning kesishish chizig’i fazoviy yoki tekis siniq chiziq bo’ladi.

    Kesishuvchi sirtlar analitik usulda o’z tenglamalari bilan berilsa, ularni birga yechib, kesishish chiziqlarining tenglamasi hosil qilinadi.
    Kesishish chizig’ining tartibi umumiy holda kesishuvchi sirtlarning tartibiga qarab belgilanadi. Agar sirtlardan biri m tartibli, ikkinchisi n tartibli bo’lsa, ularning kesishish chizig’ining tartibi m×n ga teng bo’ladi, ya‘ni
    1m∩2n= a m.n.
    Kesishuvchi sirtlarning ikkalasi ham 2-tartibli bo’lsa, ular 4-tartibli egri chiziq bo’yicha kesishadi, ya‘ni 1²∩2²=a4.
    Kesishuvchi sirtlardan biri 2-tartibli va ikkinchisi ko’pyoqli sirt bo’lsa, ular
    2-tartibli egri chiziqlar bo’yicha kesishadilar, ya‘ni 1²∩2q.s=ka². Bunda, k 2tartibli egri chiziqlar soni. Buni ko’pyoqli sirtning yoqlari soni orqali aniqlanadi.

    Download 499.46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 499.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi

    Download 499.46 Kb.