|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 45/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaE`tibor berish kerak:
Agar bola to`liq gaplardan foydalanib javob bera olmasa, yo`naltiruvchi va yordamchi savollar bilan ko`maklashish mumkin;
Ayrim yo`l belgilarini farqlashni bilish;
Kuzatuvchanlikni tarbiyalash;
Nutqni rivojlantirish.
Fan va tabiat markazi
«Shaxsiy kamalak»
Maqsad: Yorug`lik nurining suvdvn o`tish holati bilan tanishish.
Jihoz va materiallar: Suv bilan to`ldirilgan idish(vanna, tog`ora), fonar, ko`zgu, oq qog`oz.
Faoliyatning olib borilishi:
Idishga suv quyib, tubiga kuzguni qo`yamiz.
Kuzguga fonar orqali yorug`lik tushuramiz.
Aks etuvchi yorug`likni qog`oz sahifasida ushlash lozim, natijada kamalak hosil bo`ladi.
Tushuntirish: yorug`lik nuri bir necha rangdan tuziladi; yorug`lik suvdan o`tganda kamalakning ranglari hosil bo`ladi.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o`tkazilgan tajribani ota-onalariga gapirib berishni va uni uyda ko`rsatib berishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:
Hayotni fan bilan bog`lashni bilish.
Hayot xavfsizligi saboqlari.
San`at markazi
Rasm «Kelajak avtomobili»
Maqsad: mayta qo`l motorikasini, tasavvurini rivojlantirish, qo`l ostidagi vositalar yordamida rasm chizishga o`rgatish.
Jihoz va materiallar: zamonaviy mashinalar rasmlari to`plami, qog`oz., bo`yoq, guash, suv idishlari, noan`anaviy rasm chizish uchun tabiat materiallari ( paxta, quloq tozalagichlar, paxtali tamponlar)
Faoliyatning olib borilishi:
«Zamonaviy mashinalar» mavzusida rasmlarni ko`zdan kechirish.
Noan`anaviy rasm chizish texnikasi bilan tanishish.
Qo`l ostidagi vositalar yordamida mashina rasmini xomaki chizmalarini chizish.
Bolalarning ijodiy faoliyati.
Bolalar chizgan tayyor rasmlarni muhokama qilish va rag`batlantirish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|