|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 66/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaFaoliyatning borishi:
Qishga oid rasmlarni ko`zdan kechirish.
Bolalar tomonidan rasmning mazmuni, syujetini aniqlash;
Bolalarning ishlari.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga tabiat burchagini o`z chizgan rasmlari bilan bezatib qo`yishni taklif qilishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: o`ziga bo`lgan ishonchni, tashabbuskorlikni , bolalarning ijodiy fikrlarini qo`llab quvvatlash.
San`at markazi
«Biz qishda sayrda» loy ishi
Maqsad: loy bilan ishlashning turli usullarini egallaydi, inson shakli va harakatlarini, ularning harakterli belgilarini, nisbatini yanada aniq ifodalaydi.
Kerakli Jihoz va materiallar: plastilin, salfetka, steklar, taxtachalar, «Qishki maydoncha»
Faoliyatning borishi:
Bolalar o`yinchoq qo`g`irchoqchalar qatnashuvchi o`yin syujetlarini o`ylab topadilar, plastilinning tegishli rangini tanlaydilar.
Bolalarning produktiv faoliyati
Bolalar «Qishki maydoncha»ga figuralarni o`rnatadilar.
Qo`shimcha qism: tarbiyachimaydonchada ko`shimcha o`rindiq, arg`imchoqlarni o`rnatishni taklif qiladi.
E`tiborga molik jihati: ijodiy qobiliyatni, barmoqlarning mayda
motorikasini rivojlantirish.
Nutq va til markazi
«Qish haqidagi rasmni jamla» (pazllar) didaktik o`yini.
Maqsad: fikrni ifodalash uchun eng aniq so`zni tanlay olish ko`nikmasi shakllanadi. Bolalarning qish, qish belgilari haqidagi bilimlari boyitiladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qishga oid rasmlar- pazllar.
Faoliyatning borishi:
Qish haqidagi she`rni yodga tushirish va aytib berish.
Pazl - rasmlarni ko`zdan kechirish va taqsimlash.
Bolalar tomonidan pazldan rasm hosil qilish;
Qanday rasm hosil bo`lganligi haqida rasm asosida qisqa hikoya.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|