|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 64/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaBayramona uy
Maqsad: qurilish materiallaridan uy qurish. Bolalarda bir butunni ko`rish, qismlarni farqlash qobiliyatini rivojlantirish (kub, silindr, piramida, konus)
Kerakli Jihoz va materiallar: qurilish to`plami , lego, rasmlar. Faoliyatning borishi:
Mavzuga doir rasmlarni ko`zdan kechirish.
Bolalar bilan birgalikda bayramona uyni qurishni rejalashtirish.
Bolalar tomonidan uyni qurish.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga uyni bezash uchun shakli va uslubiga ko`ra tayyor materiallarni taklif qilishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:
Umumiy natijalarga va boshqa bolalarning natijalariga quvonish .
Ziyraklikni, fantaziyani rivojlantirish.
Syujetli-rolli o`yinlar va Drammalashtirish
«Qor qiz» ertagining drammalashtirilgan o`yini.
Maqsad: o`rtoqlariga «Qor qiz» ertagini mustaqil qayta hikoya qiladi, drammalashtirishda ishtirok etadi. Ertak qahramonlarining hissiyotlarini tushunadi va so`zlaydi. Nutq rivojlanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: «Qor qiz» ertagining kitobi,ertak qahramonlarining kiyimlari, ertakka doiratributlar.
Faoliyatning borishi:
«Qor qiz» ertagining kitobini ko`zdan kechirish.
Bolalar tomonidan ertak qahramonlarini taqsimlash.
Bolalar tomonidan ertak epizodlarini tanlash.
Ertakni sahnalashtirish.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga ertakka musiqiy jo`rlikni taklif etishi yoki «Qor qiz» badiiy filmidan lavhalarni ko`rishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:
Tengdoshlar bilan muloqot qilish, o`z hatti harakatlarini boshqa bolalarning harakatlari bilan muvofiqlashtirish.
Badiiy adabiyotga bo`lgan qiziqishni tarbiyalash, ertak qahramonlarini, ularning harakatlari baholay bilish ko`nikmasini shakllantirish.
Nutq va til markazi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|