|
O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
|
bet | 11/133 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #274623 |
Bog'liq Katta guruh tematika lotinchaTil va nutq
Mavzu: “Mening oilam” ertagi surati ustida hikoya tuzish
Maqsad: Og'zaki nutq rivojlanadi, faol suhbatga kirishadi, oila a'zolari haqida gapirib bera oladi, hikoya qilib berish jarayonida o'z nutqiga e'tiborli bo'ladi.
Kerakli jihozlar: Oilaviy albom suratlar.
Faoliyatning borishi:
Mavzu bilan tanishtirish.
Rasmlarni tomosha qilish
Rasmlarga qarab qisqa hikoya tuzish
Voqyea-hodisani tahlil qilish
Fikrlarini jamlash
Mustaqil hikoya tuzish va do'sti bilan o'rtoqlashish
Qo'shimcha: “Oila” o'yini, oila haqida maqollarni yod oldirish
Alohida e'tibor qaratiladi:Mustaqil hikoya tuzish malakasini shakllanganligi, rasmdagi barcha elementlarni e'tibordan chetga qolddirmaganligi
Kurish-yasash va matematika markazi
Mavzu: Kuchukcha uchun uycha yasaymiz
Maksad: Bolalarda jonivorlarga bulgan mexrni oshadi, ularga uycha kurishni urganadi, qurish-yasash jamlamasining katta va kichik hajmlarini ajarata oladi, to'g'ri tartibda joylashtiradi.
Kerakli jixozlar: qurish-yasash jamlanmasi, turli konstruktorlar va namuna .
Faoliyatning borishi:
Mavzuga mos rasmni o'rganish
Uycha qurishni rejalashtirish
Kerakli jihozni tanlash
Faoliyatni boshlash
Tayyor bo'lgan ishni tahlil qilish va nomlash.
Qo'shimcha: Kuchukcha to'g'risida topishmoqlar topish. Ijodiy ish yuzasidan bolalarni rag'batlantirish
Alohida e'tibor qaratiladi: Mayda qul matorikasining rivojlanganligiga, buklash jarayonida mo'ljal olish malakasiga, matematik hisob olishiga
Syujetli-rolli o'yinlar va dramalashtirish
Mavzu: “Qizil qalpoqchani” ertagini sahnalashtirish
Maqsad: “Qizil qalpoqcha ertagi”ni biladi, ertak asosida barcha savollarga javob beradi, obrazga kira oladi, sahnada nutq madaniyatiga ega.
Kerakli jihozlar: “Qizil qalpoqcha” ertagining rasmlari, o'rmon aks etgan atributlar, bo'ri, buvisi, qizil qalpoqcha niqobi.
Faoliyatning borishi:
“Qizil qalpoqcha” ertagini eslash
Mavjud jihozlarni ko'zdan kechirish va rejalashtirish
Rollarini taqsimlash
Obrazga kirish
Ertakni sahnalashtirish
Rolni qay darajada ijro etganligini o'zaro muhokama qilish
Qo'shimcha: Ertakni kichik guruh tarbiyalanuvchilariga sahnalashtirib berishni taklif qilish
Alohida etibor qaratiladi: Inprovizasiya qilish qobiliyatiga rolga hyech qanday to'siqsiz kirishiga, nutq ravonligiga
Ilm fan va tabiat
Mavzu: “Quyonchani parvarishlash”
Maqsad: Quyonchani nima bilan oziqlantirishni biladi, oziqlantirishda ehtiyotkorlik choralari ko'radi, uychasini tartibga keltira oladi, qo'rquv hissini yengadi, quyon bilan do'stlashadi, u bilan o'zaro muloqotga kiradi.
Kerakli jihozlar: qafasda quyoncha, sabzi va o'tlar, mehnat qurollari, quyon haqida umumiy ma'lumot ko'rsatilgan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Rasmlarni kuzatish
Quyonchaning faoliyati tasvirlangan rasmlarni tahlil qilish
Quyoncha is'temol qiladigan sabzavotlarni olish
Quyonchani ovqatlantirish
Qafasni tartibga keltirish
Quyonchani erkalash
His hayajonlari bilan o'rtoqlashish
Qo'shimcha: Qush, baliq, kuchkuchani parvarishlash.
Alohida e'tibor qaratiladi: jonivorlarga qo'rquv hissidan xalos bo'lganligiga, hayot xavfsizligiga, jonivorlarning hissiyotini his qilishiga, g'arxo'rligiga
San'at markazi
Mavzu: “Mening oilam” mavzusida rasm va applikasiya
Maksad: Oilasidagi hodisalarni gapira bera oladi, oiladagi voqyea-hodisalarni tahlil qiladi, yaxshi bilan yomon, to'g'ri va noto'g'rini ajrata oladi, mehnatini qadrlaydi, “Kattaga hurmatda bo'l, kichikka izzatda” iborasiga amal qiladi.
Kerakli jixozlar: Oila surati, o'kuv qurollari.
Faoliyatning borishi:
«Mening oilam» suratini kurib chikish.
Tasviriy faoliyat turini tanlash
Kerakli jihozlar bilan qurollanish
Ijodiy ishni boshlash
Tayyor ishni do'stlari bilan tahlil qilish
Do'stining maslahati asosida qo'shimcha kiritish
«Mening oilam» suratini namoyish etish
Qo'shimcha: «Mening oilam» mavzusida ibratli hikoyalar, maqol va she'rlar.
Alohitda e'tibor qaratiladi: Oldiga aniq maqsad qo'yishiga, oilasini tasavvur qilish qobiliyatiga, olib borilgan ishdagi nafislikka
Til va nutq
Mavzu: “Bilimdon kompyuter” vazifalari orqali so'zlashish nutqini boyitish.
Maqsad: Ingliz tilini o'rganadi, nutqida ingliz tilida ayrim yangi so'zlar paydo bo'ladi, vazifani tinglash orqali bajaradi, eshitish, diqkat, xotira mustahkamlanadi, aqliy fikrlash doirasi kengayadi
Kerakli jihozlar: “Bilimdon kompyuter”i va kartochkalari.
Faoliyatning borishi:
Kopyuterdan foydalanishni o'rganish
Kerakli mavzudagi kartochkani tanlab olish
Kartochkani kompyuterga joylash
Vazifalarni bajarish
Xatolar ustida ishlash
Qo'shimcha: Foydalanilmagan kartochkalarni o'ynashni taklif etish.
Alohida e'tibor karatiladi: Fikrlash doirasining kengligiga, olgan bilimlariga, o'zlashtirishiga, xatolar ustida ishlashiga, o'z-o'zini baholashiga.
Kurish-yasash va matematika markazi
Mavzu: Onamiz uchun geometrik shakllardan munchok teramiz
Maksad: Mayda kul motorikasi rivojlanadi, detallarni bir-biriga moslaydi, ijodkorligi oshadi, tasavvuri kengayadi, qo'l mehnati bilan shug'ullana oladi, kasbga qiziqish uyg'onadi.
Kerakli jixozlar: Turli xil shakl, xajmdagi va turli xil rangdagi geometrik shakllar, namuna
Faoliyatning borishi:
Namunani o'rganish
Bajariladigan ishni rejalashtirish
Kerakli shakllarni tanlab olish
Ijodiy ish
Taxlil qilish
Kamchiliklarni to'ldirish
Tayyor ishni do'stlar e'tiboriga havola kilish
Qo'shimcha: Tarbiyachi tomonidan tayyor ish yuzasidan savollar berish (qanday shakldan foydalanilganligi, nechta shakl ishlatilganligi)
Alohida e'tibor karatiladi: Shakllarni farqlay olishi, nomini to'g'ri atashi, ijodkorligiga.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
|