TUMAN (SHAHAR) MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI BOʻLIMI
TOʻGʻRISIDA NAMUNAVIY
NIZOM
l-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (bundan buyon
matnda boʻlim deb yuritiladi)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va
majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Boʻlim fuqarolarning taʼlimga doir konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishini
taʼminlovchi maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim sohasida davlat siyosatini tegishli
tuman (shahar)da amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat boshqaruvi organi
hisoblanadi.
3. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi), tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi taʼlimi vazirligi, viloyat maktabgacha va maktab
taʼlimi boshqarmasi, Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bosh boshqarmasi (bundan
buyon matnda hududiy boshqarma deb yuritiladi)ga boʻysunadi va hisobot beradi.
4. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlik va hududiy boshqarmaning Hayʼat qarorlari
va buyruqlarga, tegishli mahalliy hokimliklarning qarorlariga, boshqa normativ huquqiy hujjatlari,
shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Boʻlim oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi
organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari,
jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Boʻlim yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va
oʻz nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot
va moliya vazirligi Gʻaznachiligining hududiy boʻlinmalarida shaxsiy gʻazna hisob varagʻiga, bank
hisob raqamiga ega boʻladi.
7. Boʻlimning yuridik manzili (pochta manzili):