-bob.Boʻlim faoliyatini tashkil etish




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

5-bob.Boʻlim faoliyatini tashkil etish 
13. Boʻlimga hududiy boshqarma boshligʻining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi 
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod 
etiladigan boshliq rahbarlik qiladi. 
Boʻlim boshligʻi boʻlmagan davrda uning vakolatlari hududiy boshqarma boshligʻi buyrugʻi 
bilan tayinlangan masʼul shaxsga yuklatiladi. 
14. Boʻlim boshligʻi idoraviy mansub taʼlim muassasalarining nizomini oʻrnatilgan tartibda 
tasdiqlaydi. 
15. Boʻlimning shtat jadvali oʻrnatilgan tartibda boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. 
16. Boʻlimning tarkibiy boʻlinmalari hududiy boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari bilan 
hamkorlik qiladi, jumladan: 
hududiy boshqarma rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi; 


maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat 
natijalari toʻgʻrisida hududiy boshqarmaga axborot taqdim etadi; 
ularning faoliyatini oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va 
qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi; 
oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda hududiy 
boshqarmaga taqdim etadi; 
maktabgacha va maktab taʼlimi muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni hududiy 
boshqarmaga taqdim etadi; 
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari 
toʻgʻrisida axborot beradi; 
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar 
beradi. 
17. Shtat jadvaliga muvofiq belgilangan xodimlar idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz 
faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib: 
topshiriqlarni idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat 
qiladi; 
idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmaning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha 
soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi; 
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan 
chora-tadbirlarni ishlab chiqadi; 
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot 
va axborot materiallari, statistik va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi; 
idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni 
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi; 
idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi, yuqori turuvchi idoralar 
vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni boʻlim boshligʻiga kiritadi. 
18.Boʻlim oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda oʻz vakolati doirasida boshqa 
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda jamoat 
tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. 
19. Boʻlim tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ”yoʻl xaritalari“ni 
ishlab chiqishda va analga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar 
bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish