2-bob. Bo
ʼ
limning tizimi
8. Boʻlim tizimiga boʻlimning apparati, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab va
maktabdan tashqari taʼlim muassasalari kiradi.
3-bob. Bo
ʼ
limning vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka va hududiy boshqarmaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar samarali
bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari,
faoliyatini tashkil etish sohasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan
oʻzaro hamkorlik qilish;
tasarrufidagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, davlat umumiy oʻrta va
maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan kadrlar
bilan taʼminlanishini muvofiqlashtirish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari oʻquv-
metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari boʻyicha nodavlat taʼlim muassasalari bilan
oʻzaro hamkorlik qilish;
nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishlarida tegishliligi boʻyicha
davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash;
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun
shart-sharoitlar yaratish;
bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida
tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat, milliy oʻzlikni
anglash gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, "ommaviy madaniyat" koʻrinishidagi yot gʻoyalarga
qarshi immunitetni mustahkamlash choralarini koʻrish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi oʻyin
va oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash;
3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni
taʼminlash;
davlat xususiy-sheriklik asosidagi taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish yuzasidan
tadbirkorlik subyektlarini jalb etish boʻyicha ishlarni tashkil etadi. pedagoglarni kasbiy faoliyatiga
bogʻliq boʻlmagan turli xil ishlarga jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;
9-sinf bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish, ularning umumiy
oʻrta taʼlim muassasalari l0-sinfida yoki oʻzlari tanlagan akademik litsey yoki kasb-hunar
maktablarida oʻqishlarini davom ettirishlarini taʼminlash;
maktab taʼlimi tizimida kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik xizmat koʻrsatish,
ilgʻor tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yoʻnaltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy
etish;
oʻquvchi-yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va
intellektual rivojlanishini taʼminlash;
oʻquvchilarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, turli xil zoʻravonlik koʻrinishlarining oldini olish,
suitsid holatlarga moyilligi boʻlgan oʻquvchilarni barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy psixologik
yordam koʻrsatish;
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlim uchun shart-sharoitlar yaratish,
taʼlim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash;
inklyuziv taʼlimning metodik taʼminotini (dasturlar, rahbar, pedagog va mutaxassislarga
metodik tavsiyalar va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etish hamda takomillashtirib borish
boʻyicha takliflar berish;
inklyuziv sharoitlarda taʼlim oluvchilarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash ishlarini
tashkil qilish;
inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumtaʼlim muassasalari, ularda taʼlim olayotgan
oʻquvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yaratish va uni doimiy yangilab borish;
inklyuziv taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻquv-seminarlarni tashkil etish;
tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim
tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni,
ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish;
markazlashtirilgan
moliya-
buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha va umumtaʼlim taʼlim
tashkilotlarining xarajatlar smetalari, shtatlar jadvallari va tarifikatsiya roʻyxatlarini oʻz vaqtida
shakllantirilishini, tasdiqlanishini hamda zarur hollarda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
kiritilishini taʼminlash;
markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumtaʼlim va
maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar toʻlash,
shuningdek, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa talabnomalarni oʻz vaqtida taqdim etish va
toʻlash.
10. Boʻlim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
boʻlim va uning xodimlari faoliyatini tashkil etadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari
faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, taʼlim-tarbiya jarayoniga
muvofiqlashtiradi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari nodavlat
taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar bilan oʻzaro hamkorlik
qiladi;
nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik va yakka
tartibdagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashni amalga oshiradi hamda maktabgacha taʼlim
tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari taʼlim berishning muqobil
shakllarini rivojlantiradi;
tuman (shahar) darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari,
maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari xarajatlarining buxgalteriya hisobi va hisoboti
yuritilishini tashkil etadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarda sogʻlom ovqatlanishni tashkil etadi hamda
oziq-ovqat zaxirasi boʻyicha talablarni shakllantiradi, ovqatlantirish meʼyorlari asosida
ovqatlantirishni tashkil etishni monitoring qiladi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari moddiy-
texnik taʼminlashni tashkil etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
boʻlim vakolatiga tegishli boʻlgan operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish
xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar boʻyicha buyruq qabul qiladi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari ish
amaliyotiga davlat taʼlim standartlari, ilmiy yutuqlar va ilgʻor pedagogik tajribalarning tatbiq
etilishiga sharoit yaratadi;
taʼtil davrlarida bolalarni mazmunli dam olishlarini tashkil etadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini
darsliklar, oʻquv dasturlari va oʻquv rejalari, oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar va oʻquv uskunalari,
taʼlimning texnik vositalari, qoʻllanma-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash ishlarini amalga
oshiradi;
maktab va pedagogika kollejlari bitiruvchilarini kollejlar va texnikumlar, oliy oʻquv
yurtlariga oʻqishga kirishi, 9-sinf bitiruvchilarining istaklariga koʻra umumiy oʻrta taʼlim
muassasalari 10-sinfida yoki akademik litseylar, kasb-hunar maktablarida taʼlim olishini davom
ettirishi boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktabga qamrov koʻrsatkichlarining loyiha boʻyicha
quvvati bilan toʻldirilganlik koeffitsienti oʻrtasidagi farqni kamaytirish choralarini koʻradi;
umumiy oʻrta taʼlim hajmida, tibbiy koʻrsatmalar asosida bolalarning uyda yakka tartibda
taʼlim-tarbiya olishiga sharoit yaratib beradi;
taʼlim muassasalarining ota-onalar, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, jamoat
tashkilotlari, jamgʻarmalar bilan ijodiy faol, davlat mustaqilligi gʻoyalariga sadoqatli va jamiyat
taraqqiyotiga aniq hissa qoʻshishga layoqatli shaxsni kamol toptirish boʻyicha oʻzaro yaqin
hamkorligini tashkil etilishini taʼminlaydi;
bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlash masalalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
taʼlim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi va ulardan samarali
foydalanishni hamda pedagog xodimlarni shu sohadagi malakasini oshirilishini taʼminlaydi;
oʻquvchilar bilan maktabdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish choralarini
koʻrish;
oʻquvchilarning davomatini toʻliq taʼminlash yuzasidan aniq choralar koʻrish va nazorat
qilish, bu borada taʼlim muassasalarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ota-onalarning oʻzaro
hamkorlikdagi ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari, malakali
mutaxassislar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qiladi;
pedagog xodimlarni mehnatdagi yuqori koʻrsatkichlari, oʻquvchi yoshlarni oʻqitish va
tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun davlat va tarmoq mukofotlariga belgilangan tartibda tavsiya
etadi;
Respublika va mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim
tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari bino va inshootlarining mavjud
holati toʻgʻrisidagi bazani shakllantirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy
taʼmirlanishi boʻyicha har yili Manzilli dasturlarni shakllantirish uchun tegishli takliflarni hududiy
boshqarmaga taqdim etadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari mavjud
qozonlar boʻyicha bazani shakllantirish, koʻmir va koʻmir briketlaridan samarali foydalanishni
hisobga olib talabnomalar tayyorlash, shuningdek mavjud bazadan kelib chiqib, jihozlash va toʻldirib
jihozlash manzilli roʻyxatlari boʻyicha takliflar beradi, manzilli roʻyxatlarni oʻrganadi va
shakllantiradi, ularning monitoringini yuritadi va hududiy boshqarmaga taqdim etadi;
talab boʻyicha investitsiya va boshqa dasturlarga kiritish uchun maktabgacha taʼlim
tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari obyektlari boʻyicha maʼlumotlarni
hududiy boshqarmaga taqdim etadi;
byudjet tashkilotlarining sanitariya normalari va qoidalariga mosligini maqsadida tizimli
ravishda ularni doimiy oʻrganish, kuz-qish mavsumida bino va inshootlaridan toʻgʻri foydalanish
uchun kerakli shart-sharoitlarni taʼminlash choralarini koʻradi;
boʻlimning va markazlashgan buxgalteriya tomonidan xizmat koʻrsatiladigan taʼlim
muassasalarining shtat jadvallarini va xarajatlar smetalarini budjetdan ajratiladigan mablagʻlar
doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiradi va tasdiqlaydi;
har bir muassasaning pul mablagʻlari, hisob-kitob va moddiy qimmatliklar, shuningdek,
boshqa aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini oʻtkazadi, inventarizatsiya natijalari toʻgʻri
rasmiylashtirilishi hamda ularning buxgalteriya hisobida aks ettirilishini taʼminlaydi;
buxgalteriya hujjatlari, hisob registrlari, xarajatlar smetasi va ularning ilovalari, shuningdek,
budjet tashkilotlari moliyaviy faoliyatiga oid boshqa hujjatlar hisobini har bir muassasa kesimida
alohida yuritilishi va saqlanishini taʼminlaydi;
boʻlim apparati va markazlashgan mablagʻlari xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga
oshirish, boʻlimning moddiy boyliklari, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va boʻlim faoliyatiga
doir boshqa xizmatlar boʻyicha amaldagi qonunchilik talablariga asosan hisob-kitoblarni amalga
oshiradi;
markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumtaʼlim
tashkilotlarining sinf komplektlarini amaldagi qonunchilikda belgilangan meʼyorlar asosida
oʻquvchilar bilan toʻldirilishini taʼminlaydi;
markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumtaʼlim va
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xarajatlar smetalari, shtatlar jadvallari va tarifikatsiya
roʻyxatlarini oʻz vaqtida shakllantirilishini, tasdiqlanishini hamda zarur hollarda ularga oʻzgartirish
va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlaydi;
markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumtaʼlim va
maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar toʻlanishini,
shuningdek, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa talabnomalarni oʻz vaqtida taqdim etilishini va
toʻlanishini taʼminlaydi;
boʻlim tasarrufidagi tashkilot va muassasalarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini
rivojlantirish ishlariga umumiy rahbarlik qiladi,
muassasalardan maʼlumotlarni yigʻib
umumlashtiradi va hududiy boshqarmaga taqdim etadi;
buxgalteriya hisobi va hisobotini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda
yuritish, shuningdek hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda tashkil etadi;
tizimda odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash; korrupsiyaga qarshi kurash,
aniqlangan qonun buzilishi holatlarini, ularni sodir etishga imkon yaratuvchi sabablar va shart
sharoitlarni bartaraf etish, oldini olish choralarini koʻradi.
Boʻlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
|