Oʻzbekiston
Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirining 2023-yil 20 - dekabrdagi
565-sonli buyrugʻiga
37-ILOVA
ALOHIDA TAʼLIM EHTIYOJLARI BOʻLGAN DAVLAT
IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI XODIMLARINING
LAVOZIM MAJBURIYATLARI
Mazkur namunaviy lavozim majburiyatlari Oʻzbekiston
Respublikasi Maktabgacha
va maktab taʼlimi vazirligi (bundan buyon matnda vazirlik deb yuritiladi) tizimidagi alohida
taʼlim ehtiyojlari boʻlgan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim
muassasalari, umumiy oʻrta taʼlim
muassasalari (ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar) xodimlarining
funksional majburiyatlarini belgilab beradi.