2. Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari
Oʻquv jarayonini tashkil qilish, davlat taʼlim standartlari va talablariga muvofiq oʻquv-
tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini taʼminlash;
oʻqituvchi xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv jarayoni, oʻquv
jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida
bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;
taʼlim standartlari va talablari bajarilishini nazorat qilish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishi
va xulqining monitoringini amalga oshirish, korreksion mashgʻulotlar va fan toʻgaraklarining
ishlashini tashkil qilish;
tayanch oʻquv rejaga muvofiq dars jadvallarini sanitariya qoidalari va meʼyorlari
inobatga olgan holda tuzish;
oʻqituvchilarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etish, oʻquv-metodik va
korreksion ishlariga rahbarlik qilish, oʻqituvchilarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish,
ommalashtirish va umumlashtirishni tashkil etish;
oʻqituvchilar faoliyatining yillik rejasini ishlab chiqilishini va bajarilishini nazorat
qilish, darslar, korreksion mashgʻulotlar, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat
attestatsiyasi jadvallari va boshqa oʻquv tadbirlarini ishlab chiqish;
fan oʻqituvchilari tomonidan dars va korreksion mashgʻulotlarining tasdiqlangan jadvali
hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borilishini nazorat qilish;
fan oʻqituvchilari tomonidan taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni,
oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini dars oʻtilgan kunning oʻzida sinf
jurnallariga (elektron jurnallarga) qayd etilishini nazorat qilish;
fan oʻqituvchilari tomonidan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining reja asosida
oʻtkazilishi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirilishini nazorat qilish, zarur
hollarda, metodik tavsiyalar berish;
fan oʻqituvchilari, tarbiyachilar tomonidan oʻtiladigan darslar va korreksion
mashgʻulotni tahlil qilish, metodik tavsiyalar berish;
fan oʻqituvchilari tomonidan fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli
oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida tashkil etilgan toʻgarak mashgʻulotlarini tasdiqlangan jadval
asosida olib borilishini taʼminlash va nazorat qilish;
4
anʼanaviy malaka oshirish tizimi amal qilayotgan hududlarda fan oʻqituvchilarining
belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslarida oʻqishlarini taʼminlash (uzluksiz malaka
oshirish tizimi joriy qilingan hududlarda, shu jumladan elektron malaka oshirish tizimlari orqali,
pedagog xodimlarning malakasini oshirilishi oʻqituvchining shaxsiy masʼuliyati hisoblanadi);
tegishli qonun hujjatlarida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib
qolgan dars mashgʻulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini ixchamlashtirgan holda (mavzularni
tigʻizlashtirilgan holda) keyingi dars mashgʻulotlarida oʻtilishini taʼminlash;
anʼanaviy shakldagi sinf jurnallaridan foydalanilayotgan taʼlim muassasalari sinf
jurnallarining (elektron jurnal joriy etilgan taʼlim muassasalarida faqatgina sinflar boʻyicha yillik
hisobotning bosma talqini) saqlanishini taʼminlash;
oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish va uni elektron dasturga kiritish;
oʻqituvchining maʼlumoti va malaka toifasiga koʻra amaldagi qonun hujjatlariga koʻra
ularga darslarni toʻgʻri taqsimlashda, shuningdek, xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishga
tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etish;
oʻquv mashgʻulotlar va taʼlim faoliyati boshqa turlarining jadvalini tuzish, ishda
vaqtinchalik boʻlmagan oʻqituvchilarning dars soatlari oʻz vaqtida almashtirilishini, qoldirilgan
va boshqa oʻqituvchi oʻrniga oʻtilgan darslarni qayd etish jurnalini yuritilishini taʼminlash;
oʻquvchilarni belgilangan meʼyorlar asosida bitta sinfga jamlash, yaʼni sinflar
komplektini shakllantirish;
umumiy oʻrta taʼlimning tayanch oʻquv rejasi asosida dars soatlari setkasini (sinflar
soni, sinf komplektidagi oʻquvchilar soni va tegishli mutaxassislik boʻyicha oʻqituvchilar
mavjudligini inobatga olgan holda barcha fanlar boʻyicha shakllantirilgan jami dars soatlarini)
tayyorlash;
boshqa umumtaʼlim muassasalaridan kelgan va ketgan oʻquvchilarni taʼlim muassasasi
direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar roʻyxatiga (sanoqqa) kiritish yoki chiqarish (erp baza);
muassasaning yillik ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va fanlar boʻyicha
metodbirlashma yigʻilishlarini oʻtkazilishini nazorat qilish;
oʻqituvchilar tomonidan namunaviy darslarni tashkil etilishini taʼminlash;
umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori vaqtincha ishda boʻlmagan hollarda
pedagogik kengashni oʻtkazish;
oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish, ularga oylik ustamalar belgilash va mukofotlash,
moddiy yordam berishda ishtirok etish;
psixologlar va oʻqituvchilarning maktab yoshidagi bolalarni taʼlimga jalb etish,
oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va bitiruvchilarni OTM ga tayyorlash ishlariga rahbarlik qilish;
taʼlim samaradorligi boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish boʻyicha metodbirlashmalar
faoliyatini nazorat qilish;
yoʻnalish yuzasidan oʻziga biriktirilgan xodimlari tarkibining ish vaqtini hisobga olish
tabelini yuritish;
muassasada avgust kengash(milliy forum)larini tashkil etish,
pedagogik kengash, oʻquv-seminar, ochiq darslarda ishtirok etish;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
5
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya
qilish;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
|