Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

3. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari 
Taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish; 
tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish, ijrosini nazorat qilish; 
tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilarining belgilangan ish yuklamasini, jumladan, 
tarbiya jarayoni, tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid 
ishlarni oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash; 
tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilari faoliyatining yillik rejasini ishlab chiqilishini va 
bajarilishini nazorat qilish; 
taʼlim muassasasi oʻquvchilari hamda pedagoglari ishtirokidagi maʼnaviy-maʼrifiy 
xarakterdagi tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish; 
tarbiyachilar, oʻqituvchilar tomonidan oʻtiladigan mashgʻulotlarni tahlil qilish, metodik 
tavsiyalar berish; 
tarbiyachilarning belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslarida oʻqishlarini 
taʼminlash;
tarbiya guruhlarini va tarbiyachilarning tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish va uni 
elektron dasturga kiritish; 
yoʻnalish yuzasidan oʻziga biriktirilgan xodimlari tarkibining ish vaqtini hisobga olish 
tabelini yuritish; 
mashgʻulotlar va taʼlim faoliyati boshqa turlarining jadvalini tuzish, ishda vaqtinchalik 
boʻlmagan tarbiyachilarning ish vaqtini almashtirilishini, qoldirilgan va boshqa tarbiyachi 
oʻrniga ishlangan vaqtini qayd etish jurnalini yuritilishini taʼminlash; 
taʼlim muassasasida turli toʻgaraklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini 
taʼminlash, oʻquvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularni 
toʻgaraklarga jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish; 
milliy anʼanalar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosi 
asosida oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish; 
oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yozgi taʼtil davrida ularning 
kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish; 
taʼlim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish;
sinf rahbarlarining sinfdan va taʼlim muassasasidan tashqari tarbiyaviy faoliyatiga 
rahbarlik qilish, taʼlim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar holati va natijalarini monitoring qilish, 
ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan hamkorlik qilish; 
oʻquvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligini nazorat 
qilish; 
oʻquv yili davomida har juma kuni tashkil yetiladigan “Sinf soati” darslarining 
oʻtkazilishi samaradorligini monitoring qilish; 



oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari 
boʻyicha huquq-tartibot, fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar 
bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; 
ichki ishlar profilaktik hisobiga, taʼlim muassasasi ichki roʻyxatiga olingan oʻquvchilar 
hisobi va hisobotini yuritish, ular bilan profilaktik tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash; 
taʼlim muassasasida “xavf guruhi”ga kiruvchi (notinch, nosogʻlom, toʻliq boʻlmagan 
oila) oʻquvchilarning umumiy roʻyxatini shakllantirish, ular bilan individual yondashuv asosida 
alohida tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish; 
sportchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, ijodiy 
kechalar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qilish; 
pedagog xodimlar uchun oʻquv-yili davomida har oyning uchinchi jumasida maʼnaviy-
maʼrifiy harakterdagi tadbirlarni tashkil etish; 
voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishining, ular oʻrtasida jinoyatchilik 
va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Oʻquvchi”, “Davomat”, “Tigʻ” kabi 
profilaktik reydlarda ishtirok etish; 
sinf rahbarlari, taʼlim muassasasi psixologlari ish faoliyatini muvofiqlashtirish; 
tarbiyaviy ishlar yuzasidan sinf rahbarlarining hisobotlarini eshitish, pedagogik 
kengashlarda umumiy hisobot berish; 
oʻquvchilar oʻrtasida Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat 
ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish; 
oʻquvchilar bilan ishlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash 
muhitini yaratish, boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq meʼyorlarini tarbiya jarayoniga 
tatbiq etish, oʻquvchilarda mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish; 
“Oila — mahalla — taʼlim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatini keng 
tatbiq etish, reja asosida kengash majlislarini tashkil etish; 
oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga belgilangan taʼlim muassasasi formasida 
kelishlarini nazorat qilish; 
oʻquvchilarning turli diniy oqimlar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish, targʻibot 
ishlarini tashkil etish; 
oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasi boʻyicha ota-onalar majlislari, davra suhbatlari, 
muloqotlar uyushtirish; 
darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi ogʻir oʻquvchilarning ota-
onalari, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish, natijalarini reja asosida 
direktor huzuridagi yigʻilishlarda muhokama etib borish; 
qobiliyatli va isteʼdodli oʻquvchilarni ragʻbatlantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini 
rivojlantirishga koʻmaklashish ishlarini tashkil etish; 
sinf rahbarlari bilan birgalikda oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlagan holda sinfdan 
va taʼlim muassasasidan tashqari, ekskursiya, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-ommaviy tadbirlarni 
tashkil etishga, sayohatlar uyushtirishga bevosita rahbarlik qilish; 
“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi 
toʻgʻrisidagi nizom”, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi oʻqituvchi va oʻquvchilarining ichki 
tartib va odob-axloq qoidalari”, “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun 
zamonaviy yagona taʼlim muassasasi formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 
mazmun-mohiyatini va talablarini taʼlim muassasasining har bir xodimi, oʻquvchilari, ularning 
ota-onalari eʼtiboriga yetkazish, ular tomonidan rioya yetilishini nazorat qilish; 



taʼlim muassasasining oʻquv va boshqa xonalarini oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy 
tarbiyasiga oid masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi koʻrgazmali targʻibot va tashviqot 
vositalari bilan jihozlashni tashkil qilish; 
pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etish, yuqori malakali 
tarbiyachilarning ilgʻor pedagogik tajribasini oʻrganish, umumlashtirish va ularni 
ommalashtirish; 
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini 
hurmat qilish; 
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun 
hujjatlari talablariga rioya qilish; 
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat 
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya 
qilish; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 3,57 Mb.
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish