10
jihatdan koʻnika olmaslik hollari yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga
oshirish;
oʻquvchilar rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli koʻrinishdagi
psixologik yordam (psixokorreksiya, reabilitatsiya va konsultatsiya) berish boʻyicha tadbirlarni
amalga oshiradi, oʻquvchilar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar), pedagogik jamoaga
aniq muammolarni hal qilishda yordamlashish;
turli yoʻnalish va maqsadlarda psixologik diagnostika oʻtkazish, ruhiy, jismoniy va
aqliy
qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar oʻtkazish, test
natijalarini tahlil qilish va baholash;
bola ruhiyatidagi salbiy oʻzgarishlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan
tadbirlarni amalga oshirish, bu borada tegishli davlat idoralari bilan hamkorlik ishlarini olib
borish;
turli yosh davrlarida oʻquvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik
jihatdan
kuzatib borish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy
taraqqiyotida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarning oldini olishga
qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
oʻquvchilar shaxsining individual yosh xususiyatlari, jinsini hisobga olib taʼlim
faoliyatining rivojlantiruvchi va tuzatuvchi dasturlarini rejalashtirish va ishlab chiqishda ishtirok
etish, ularda hayotiy va kasbga yoʻnalish olishning turli vaziyatlariga
moslashuvchanlikka
tayyorgarlikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga muhtoj boʻlgan oʻquvchilarni toʻliq qamrab
olinishi boʻyicha ish olib borish hamda interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazish va shu asosda kasb-
hunarga boʻlgan qiziqishini aniqlash va ularning maʼlumotlar bazasi yaratish;
emotsional-hissiy zoʻriqishlar, xavotirlik darajasi yuqori va oʻziga ishonchi past boʻlgan
bolalar uchun korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlar tashkil etish, oʻquvchilarni kasbga
yoʻnaltirish maqsadida seminar-treninglar hamda soha mutaxassislari bilan davra suhbatlarini
tashkil etish, shuningdek, kasbiy moyilligi boʻyicha professional taʼlim olishi mumkin boʻlgan
oʻquvchilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish;
taʼlim muassasasi bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻgʻri yoʻnaltirish
yuzasidan oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi
hamda korrektsion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga muhtoj boʻlgan oʻquvchilarni, ota-onalar va
pedagoglar toʻliq qamrab olingani va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida deviant xulq atvor
koʻrinishlarining (zoʻravonlik, oʻz joniga qasd qilish, erta tugʻruq) oldini olish;
iqtidorli oʻquvchilarni psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash,
ularning rivojlanishi
va izlanishlariga koʻmaklashish;
oʻquvchilarning rivojlanishidagi (aqliy, jismoniy, hissiy), turli koʻrinishdagi ijtimoiy
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va ularni psixologik-pedagogik jihatdan tuzatishni
amalga oshirish;
pedagogik jamoalarda sogʻlom psixologik muhitni yaratish va qoʻllab-quvvatlash,
jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti
harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish boʻyicha ishlarni olib
borish;
oʻquvchilarning
individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini
oʻrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun amaliy yordam koʻrsatish;
axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internet jahon axborot tarmogʻining salbiy taʼsiri,
yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini
olishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;
11
pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini
oshirishga koʻmaklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali
hamkorligini ishlarini olib borish;
oʻqituvchilar jamoasi va ota-onalarga oʻquvchilarning
shaxs va ijtimoiy jihatdan
rivojlanishi muammolari boʻyicha yoʻnalish berish maqsadida oʻrganish natijalariga koʻra
psixologik-pedagogik xulosa tayyorlash;
taʼlim muassasasi xodimlarini oʻquvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar (ularning
oʻrnini bosuvchi shaxslar) ijtimoiy-psixologik xabardorlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan
psixologiyani amalda qoʻllash, muassasaning rivojlanishi masalalarida maslahatlar berish;
oʻz kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borish va boshqa koʻrinishdagi
metodik ishlarda qatnashish;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtish;
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya
qilish;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.