8. Kutubxona mudirining lavozim majburiyatlari
Taʼlim muassasalarida taʼlim tili, sinflar va oʻquv fanlari kesimida darsliklar va oʻquv-
metodik majmualarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganib, ularga buyurtma berilishini tashkil etish;
kutubxonada darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning inventarizatsiyasini oʻtkazadi
va ular asosida yetishmayotgan darsliklar boʻyicha taʼlim muassasasi direktor orqali tuman
(shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga takliflar kiritish;
14
yangi oʻquv yiliga “Transport va logistika” davlat unitar korxonasining hududiy
filiallari tomonidan olib kelinadigan har bir darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni oʻrnatilgan
tartibda qabul qilish, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qabul qilish boʻyicha taʼlim
muassasasida tashkil etiladigan komissiyada ishtirok etish, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini
darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari
asosida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
xatlov natijasida taʼlim muassasasida yaroqsiz holga kelgan darsliklar va oʻquv-metodik
majmualarni utilizatsiya qilish boʻyicha rejasini tayyorlash, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlatish
hamda umumlashtirish uchun tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga taqdim
etish;
tasdiqlangan reja asosida utilizatsiya qilinadigan darsliklar va oʻquv-metodik
majmualarni “Transport va logistika” davlat unitar korxonasining hududiy filialiga topshirish;
“Kitobxonlar bayrami” tadbiri doirasida (“Adabiyot kunlari”, “Kitobim oftobim, “Kitob
taqdimoti” nomli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, “Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi” va “Yilning eng
yaxshi kitobxon taʼlim muassasasi” tanlovi, “Taʼlim muassasasi – kutubxona – oila — jamoat
tashkilotlari” xayriya tadbiri va ota-onalar oʻrtasida “Bir farzandga-uch kitob” aksiyasi, “Men
sevgan adabiy qahramon”, “Yil hikoyasi”, “Yosh kitobxonlar”, “Yilning eng isteʼdodli yosh
shoiri”) tanlovlarining taʼlim muassasasi bosqichini tashkil etish;
5 ta tashabbus doirasida oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni kuchaytirish yoʻnalishida
tegishli masʼullar bilan hamkorlik qilish;
faoliyat yoʻnalishiga oid turli anjuman, konferensiyalar, oʻquvlar, koʻrik-tanlovlar,
avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yigʻilishlarda ishtirok etish;
oʻquvchilar, oʻqituvchilar va tashkilotning boshqa xodimlarini kutubxonaga aʼzo qiladi
va kitobxonlarga berilgan kitoblar ustidan nazoratni taʼminlash;
kutubxonada va saqlash xonalarida xavfsizlik texnikasi, sanitariya, yongʻinga qarshi
xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini kuzatib boradi va barcha turdagi kutubxona
jamgʻarmasida saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
taʼlim muassasasi kutubxonalari uchun kutubxona–bibliografik klassifikatsiyasiga
muvofiq hujjatlarning sistemali — alifboli joylashtirilishini taʼminlash;
kutubxona jamgʻarmasini tokchali va harfli ajratkichlar, tokchali va stendli
koʻrgazmalar yordamida rasmiylashtirish;
kutubxonaning
kitob
va
boshqa
jamgʻarmalariga
kitobxonlarning
(foydalanuvchilarning) aybi bilan va kitoblar kamomadi, ularni yoʻqotish yoki buzish bilan
bogʻliq yetkazilgan zararni oʻrnatilgan tartibda undirib olish choralarini koʻrish;
umumtaʼlim taʼlim muassasalarini badiiy adabiyotlar, darsliklar va oʻquv-metodik
majmualar bilan taʼminlash borasida ilgʻor tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish hamda amaliyotga
tatbiq etish;
darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni umumiy oʻrta taʼlim muassasasining
kutubxona jamgʻarmasiga qabul qilish va hisobdan chiqarish, kitoblarining sifatli va toʻgʻri
yuritilishini amalga oshirish;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya
qilish;
15
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
|