|
Kutubxonachining lavozim majburiyatlari Pdf ko'rish
|
bet | 293/322 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #239820 |
Bog'liq lavozim yoʻriqnomalari9. Kutubxonachining lavozim majburiyatlari
Taʼlim muassasasida oʻquvchi va oʻqituvchilarning taʼlim tili, sinflar va oʻquv fanlari
kesimida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish;
darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning inventarizatsiyasini oʻtkazish va ular
asosida yetishmayotgan darsliklar roʻyxatini shakllantirish;
yangi oʻquv yiliga “Transport va logistika” davlat unitar korxonasining hududiy
filiallari tomonidan olib kelinadigan har bir darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni oʻrnatilgan
tartibda qabul qilish, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qabul qilish boʻyicha taʼlim
muassasasida tashkil etiladigan komissiyada ishtirok etish, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini
darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari
asosida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida ishtirok etish;
xatlov natijasi asosida taʼlim muassasasida yaroqsiz holga kelgan darsliklar va oʻquv-
metodik majmualarni utilizatsiya qilish boʻyicha rejasini tayyorlash, kutubxona mudiriga taqdim
etish;
5 ta tashabbus doirasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida
kitobxonlikni kuchaytirish yoʻnalishida tegishli masʼullar bilan hamkorlik qilish;
faoliyat yoʻnalishiga oid turli anjuman, konferensiyalar, oʻquvlar, koʻrik-tanlovlar,
avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yigʻilishlarda ishtirok etish;
oʻquvchilar, oʻqituvchilar, muassasaning boshqa xodimlarini kutubxonaga aʼzo qilish
va kitobxonlarga berilgan hujjatlar ustidan nazoratni taʼminlash;
kutubxonada va saqlash xonalarida xavfsizlik texnikasi, sanitariya, yongʻinga qarshi
xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini kuzatib borish va kutubxona jamgʻarmasi saqlanishi
ustidan nazoratni amalga oshirish;
taʼlim muassasasi kutubxonalari uchun kutubxona–bibliografik klassifikatsiyasiga
muvofiq hujjatlarning sistemali-alifboli joylashtirilishini taʼminlash;
umumtaʼlim taʼlim muassasalarini badiiy adabiyotlar, darsliklar va oʻquv-metodik
majmualar bilan taʼminlash borasida ilgʻor tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish hamda amaliyotga
tatbiq etish;
darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni taʼlim muassasasining kutubxona
jamgʻarmasiga qabul qilish va hisobdan chiqarish kitoblarini toʻgʻri yuritilishini taʼminlash;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya
qilish;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
|
| |