UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MUASSASALARI (AYRIM FANLAR CHUQUR




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MUASSASALARI (AYRIM FANLAR CHUQUR 
OʻRGANILADIGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MUASSASALAR) XODIMLARINING 
LAVOZIM MAJBURIYATLARI
1. Direktorning lavozim majburiyatlari 
Umumiy orta taʼlim muassasasining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Pedagogik 
kengashga raislik qilish, muassasaning tashkiliy-huquqiy, oʻquv-tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy 
hamda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining tashkil etilishini taʼminlash;
Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsad
va vazifalari, oʻquv-tarbiya jarayonini va taʼlim sifatini yaxshilashning asosiy yoʻnalishlarini 
belgilash; 
maktabning yillik ish rejasini tasdiqlash hamda oʻqituvchilar tomonidan oʻquv rejasining 
bajarilishini nazorat qilish; 
dars jadvali, shtatlar jadvali va tarifikatsiya roʻyxatlari, mehnat taʼtili jadvalini tasdiqlash; 
oʻquv jarayoniga innovatsion va zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etishga sharoit 
yaratish, zamonaviy taʼlim usullari va resurslarini qoʻllash orqali oʻquvchilarning bilim 
samaradorligini oshirishga koʻmaklashish; 
maktab faoliyatining moliyaviy-xoʻjalik masalalarini hal qilish, byudjet va byudjetdan 
tashqari mablagʻlarning shakllanishi, undan samarali foydalanishini amalga oshirish, maktabni 
rivojlantirish uchun byudjetdan tashqari qoʻshimcha mablagʻ topish va moddiy resurslar bilan 
taʼminlash choralarini koʻrish, maktabning investitsion jozibadorligini taʼminlash, shuningdek, 
taʼlimiy maqsadlarga erishish uchun moliyaviy, moddiy resurslarning samarali taqsimotini va 
xodimlarning safarbarligini taʼminlash hamda qabul qilingan qarorlarning oqibatlari, moliyaviy-
xoʻjalik natijalariga shaxsan javob berish; 
korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xoʻjalik shartnomalari tuzishda maktab nomidan 
faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish; 
turli yoʻnalishlardagi davlat va nodavlat jamgʻarmalar bilan oʻzaro hamkorlikda ish 
yuritish, Kuzatuv va pedagogik kengash hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda 
maktabni rivojlantirish boʻyicha strategik rejalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, 
maktabning yuksak vazifa va maqsadlarini shakllantirish ishlarini tashkil etish; 
yillik moliyaviy rejalarni, koʻrsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va 
muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi 
boshlangʻich narxni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taʼlim muassasasi kuzatuv kengashiga 
taqdimnoma kiritish; 
muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, 
budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish boʻyicha koʻrilgan 
chora-tadbirlar toʻgʻrisida taʼlim muassasasi kuzatuv kengashiga vaqti-vaqti bilan hisobotlar 
berish; 
strategik reja asosida manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda maktabni rivojlantirish 
boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish, strategik rivojlanish, harakatlar rejasi ijrosini 
taʼminlash, maktab faoliyati samaradorligini oshirish tizimini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish; 
oʻquv jihozlari, qurilmalari va boshqa taʼlim vositalarining saqlanishini taʼminlash, 
maktabning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish, mol-mulkdan samarali 
foydalanish va ularning saqlanishiga javobgar boʻlish; 
muassasani yangi oʻquv yili, kuz-qish mavsumiga tayyor boʻlishini taʼminlash, 
obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muassasani qabul qilish 
dalolatnomalarini imzolash; 


24 
muassasani davlat akkreditatsiyasi va attestatsiyasidan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, 
ichki baholashni tashkil etish va uni belgilangan tartibda oʻtkazish, tashqi baholashdan oʻtkazish 
uchun akkreditatsiya komissiyalariga kerakli shart-sharoitlarni yaratish, tegishli maʼlumotlar 
bilan taʼminlash; 
muassasani malakali kadrlar bilan taʼminlash, pedagog xodimlarga boʻlgan ehtiyojni 
aniqlash, uni qoplash choralarini koʻrish, oʻquvchilar orasidan iqtidorlilarni tanlab pedagogik 
yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash va 
ijrosini taʼminlash, tegishli malaka va kompetensiyalarga ega xodimlarni tanlash va ishga qabul 
qilish, ular oʻrtasida vazifalarni oqilona va adolatli taqsimlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, 
pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish hamda ijro, mehnat va ishlab chiqarish 
intizomiga rioya qilinishini taʼminlash, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-
sharoitlar yaratish; 
navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish muddati tugashidan olti oy oldin pedagog 
kadrlarni attestatsiyadan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish; 
pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirishi hamda attestatsiyadan 
oʻtishi uchun hujjat topshirishini hamda attestatsiyadan oʻtkazish uchun hujjat topshirishini 
nazorat qilishi; 
oʻqituvchilar malakasini oshirish ishlarida ijobiy, konstruktiv va ragʻbatlantiruvchi muhit 
yaratish, ularning tashabbuskorligi va faolligini oshirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish 
jadvali va maktab ehtiyojlariga mos ravishda oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanish dasturini ishlab 
chiqish hamda malaka oshirishga jalb qilish ishlarini tashkillashtirish, pedagog xodimlarni 
ragʻbatlantirish uchun davlat taʼlim standartlari talablarining bajarilishini xolis baholashni tashkil 
qilish; 
muassasada bilimni baholashning yangi tartibi joriy qilingan taqdirda oʻqituvchilar 
tomonidan oʻquvchilar bilimini bob boʻyicha summativ baholash va chorak boʻyicha summativ 
baholash jarayonlarini adolatli va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash; 
maktabning 9- va 11-sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari 
darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yakuniy 
davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida 
shahodatnoma berilishini taʼminlash; 
maktabning 11-sinf bitiruvchilariga nizom talablariga muvofiq oltin va kumush medallar 
berilishini taʼminlash; 
maktab bitiruvchilarini oliy hamda boshlangʻich professional taʼlim muassasalariga 
oʻqishga kirish hamda ishga joylashtirish koʻrsatkichlarini yaxshilash choralarini koʻrish; 
jamoada sogʻlom maʼnaviy-ruhiy, xavfsiz va ragʻbatlantiruvchi muhitni yaratish, maktab 
qoshidagi Maxsus komissiya faoliyatida obyektivlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash uchun 
sharoit yaratish; 
oʻquvchilarning bilimlari sifatini davlat taʼlim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy 
ishlar samaradorligini taʼminlash va nazorat qilish, oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishini 
yaxshilash va ularga sifatli taʼlim berish maqsadida maktabni uzluksiz rivojlantirish choralarini 
koʻrish; 
oʻquvchilarni maktabga qabul qilish va sinfdan-sinfga oʻtkazish va bir maktabdan 
boshqasiga oʻtkazish ishlarini tashkil qilish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishini yaxshilashga va har 
birining imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, shuningdek, oʻquvchilar 
ehtiyojiga asosan sifatli taʼlim xizmatlarini koʻrsatish choralarini koʻrish; 
ota-onalarga va fuqarolarga reglament talablariga muvofiq davlat xizmatlarini (dublikat 
shahodatnoma berish, 1-sinfga onlayn qabul, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish) 
koʻrsatilishni taʼminlash; 


25 
oʻquvchilarni darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalari bilan taʼminlash ishlarini tashkil 
etishini nazorat qilish; 
ota-onalar, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlarni 
takomillashtirish boʻyicha hamkorlikni tashkil qilish; 
bolalikni himoya qilish boʻyicha, voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlari xavfsizligini 
muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini taʼminlash; 
kam taʼminlangan oilalarning 1-11-sinf farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilish ishlarini, 
ularni qishki kiyim-kechak majmuasi va darsliklar bilan bepul taʼminlashni tashkil etish; 
internat turidagi umumtaʼlim muassasalarida yotoqxonaga muhtoj oʻquvchilar uchun 
kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratish; 
oʻquvchilarni milliy anʼanalar, urf-odatlar boʻyicha tarbiyalashga, ularda milliy
va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarni 
shakllantirish, vataniga va xalqiga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash; 
maktab xodimlari orasidagi eng faollarini ragʻbatlantirish, lavozim vazifalarini 
bajarmaganligi uchun ularga nisbatan oʻz vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qoʻllash; 
oʻquvchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va bolalar uchun qoʻyilgan sanitariya-
gigiyena talablariga rioya qilish. 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomaga muvofiq, qonunchilikda 
nazarda tutilgan oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan sifatli ish yuritish tizimini 
shakllantirish; 
maktabning mulkiy manfaatlarini sudda, hakamlik sudida, davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarida himoya qilish; 
barcha direktorlar bir yilda ikki marotaba shaxsiy rivojlanish rejasi ijrosi boʻyicha 
Direktorlar Kengashiga hisobot berish; 
barcha direktorlar maktab dasturining ijrosi yuzasidan har uch yilda bir marotaba 
Direktorlar Kengashiga hisobot berish; 
maktab faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, 
murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish; 
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini 
hurmat qilish; 
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun 
hujjatlari talablariga rioya qilish; 
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat 
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya 
qilish, shuningdek muassasa xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
maktab boshqaruv muhitini shakllantirishda xalqaro tadqiqot mezonlarini inobatga olish; 
maktab xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun tanlab olingan hollarda xalqaro talablar 
asosida tadqiqotlarni oʻtkazishni taʼminlash. 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 


26 

Download 3,57 Mb.
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MUASSASALARI (AYRIM FANLAR CHUQUR

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish