Bosh hisobchining lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

15. Bosh hisobchining lavozim majburiyatlari 
Muassasada buxgalteriya hisobini Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi 
toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksiga, Oʻzbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida 2018-yil 17-martda 2169-2 — son bilan roʻyxatga olingan 
“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”ga va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik 
vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish; 
mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining toʻgʻri sarflanishi, mansab maoshlarining toʻgʻri 
belgilanishi, shtat, moliya va kassa intizomiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash; 
pul mablagʻlari, tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy fondlarni inventarizatsiya qilish,
hisob-kitoblar va toʻlov majburiyatlarini bajarishda belgilangan qoidalarga rioya etish; 
belgilangan muddatlarda debitorlik qarzni undirib olinishi va kreditorlik qarzning 
qaytarilishi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarning koʻrish, toʻlov intizomiga muntazam rioya 
etish; 
buxgalteriya hujjatlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda amalga 
oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish; 
byudjet mablagʻlarini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablagʻlarni xarajatlar 
smetasida koʻzda tutilgan muayyan maqsadlarga toʻgʻri sarflanishi, shuningdek, pul mablagʻlari 
va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish; 
tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarini belgilangan 
tartibda hamda oʻz vaqtida hisoblab chiqish; 
smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib 
boriladigan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish; 
pul mablagʻlari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni
va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini oʻz vaqtida
va toʻgʻri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish; 
moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning 
butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini oʻtkazish; 
moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish
va ulardan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qilish; 


21 
moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish; 
tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-
kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish boʻlimlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim 
shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan boʻlsa); 
asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish 
joylarida butligini muntazam nazorat qilish; 
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova
hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini taʼminlash (agar rejalashtirish boʻlimlari yoki ushbu 
vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan boʻlsa); 
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini 
hurmat qilish; 
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun 
hujjatlari talablariga rioya qilish; 
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat 
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya 
qilish; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 3,57 Mb.
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bosh hisobchining lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish