-bob. Direktor oʻrinbosarining huquq va majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

3-bob. Direktor oʻrinbosarining huquq va majburiyatlari 
8. Direktor oʻrinbosari faoliyatiga doir vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga 
ega: 
taʼlim muassasasidagi tarbiya jarayonini tashkil etish va nazorat qilish; 
sinf rahbarlari bilan oʻquvchilar jamoalarini oʻrganish, sinf rahbarlarining tarbiyaviy ishlari 
sifat-samaradorligi va mazmunini, bolalar ijodiy birlashmalari (toʻgarak, klub, seksiya) 
faoliyatini nazorat qilish; 
sinf rahbarlari, pedagoglar, ota-onalar, mahalla, ijodiy tashkilotlar bilan ishlash mazmuni, 
shakl va usullarini tanlash, uni taʼlim muassasasi anʼanalariga muvofiq ravishda amalga oshirish; 
darslarda, darsdan va maktabdan tashqari tadbirlarda, sinf rahbarlari tomonidan taklif 
etilgan tadbirlarda ishtirok etish;
har bir pedagog xodimning maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya yoʻnalishidagi ishlari, oʻquvchilarni 
maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etishdagi natijalari asosida moddiy va maʼnaviy 
ragʻbatlantirish boʻyicha taklif kiritish
oʻquvchilar taʼlim-tarbiyasi boʻyicha ota-onalarni taʼlim muassasasiga taklif etish, zarur 
hollarda tegishli idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oilalarga tashrif buyurish
mahalliy hokimlik qoshidagi Bolalar masalalari boʻyicha idoralararo milliy komissiyasi 
ishida, tashkilot va idoralardagi taʼlim muassasasi oʻquvchilarining taʼlim-tarbiyasiga oid 


33 
kengashlarda, voyaga yetmaganlar taʼlim-tarbiyasiga oid yigʻilishlarda, tarbiya muammolariga 
bagʻishlangan nazariy-amaliy, metodik ishlarda qatnashish
boshqa 
taʼlim-tarbiya 
muassasalarining 
ilgʻor 
ish 
tajribalarini 
oʻrganish
va amaliyotga tatbiq etish; 
pedagogik va metodik kengash yoki sinf rahbarlari uslubiy birlashmasi kengashlariga 
masalalar kiritish, muhokama qilish
taʼlim-tarbiya ishlarida yuqori koʻrsatgichlarga erishgan sinf rahbarlarini ragʻbatlantirish 
va taqdirlash boʻyicha rahbariyatga taklif kiritish; 
voyaga yetmaganlarni taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qoʻshayotgan ota-onalarni, mahalla 
faollarini, mehnat faxriylarini ragʻbatlantirish va taqdirlash uchun taklif kiritish. 
Direktor oʻrinbosari oʻz vazifalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 
9. Direktor oʻrinbosarining majburiyatlari quyidagilardan iborat: 
taʼlim muassasasida tarbiyaviy ishlarni shakllantirish va tizimli tashkil etish; 
sinf rahbarlari tomonidan oʻquvchilar davomati yuritilishini nazorat qilish, tegishli 
tashkilotlarning vakillari bilan birgalikda dars mashgʻulotlariga surunkali va muntazam 
qatnashmaydigan oʻquvchilarning oilaviy ahvolini, darsga kelmaslik sabablarini oʻrganish, ularni 
darsga toʻliq jalb etish choralarini koʻrish, zarur hollarda ularga nisbatan taʼsirchan choralar 
belgilash boʻyicha tegishli tashkilotlarga rahbariyat nomidan yozma murojaat kiritish;
taʼlim muassasalariga biriktirilgan inspektor-psixologlar oʻquvchilarning xatti-harakati, 
odob-axloqi va davomatida yuzaga keladigan muammolarda belgilangan tartibda chora-tadbir 
ishlarini amalga oshirish; 
“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi 
toʻgʻrisidagi nizom”, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasa oʻqituvchi va oʻquvchilarining ichki tartib 
va odob-axloq qoidalari”, “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun 
zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” talablariga pedagog 
xodimlar, oʻquvchilar, ularning ota-onalari (taʼlim muassasasiga tashrif buyurgan fuqarolar) 
tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, nizom talablarining buzilish holatlari kuzatilganda, 
ularga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrish boʻyicha taklif kiritish; 
amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq farzand tarbiyasida ota-ona masʼuliyati, 
majburiyati va javobgarligi toʻgʻrisida ota-onalar oʻrtasida targʻibot tushuntirish ishlarini tashkil 
etish; 
barcha umumtaʼlim fanlari oʻqitilishida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirilishini nazorat 
qilish, pedagoglarga uslubiy yordam koʻrsatish; 
oʻzining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini muntazam ravishda oshirib borish. 
Direktor oʻrinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi 
mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Direktor oʻrinbosarining huquq va majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish