Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

3. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning
ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozim majburiyatlari 
Oʻquvchilarning davlat taʼlim standartlari talablaridan oshadigan chuqur taʼlim 
tayyorgarligini taʼminlash; 
oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish; 
har bir oʻquvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik 
faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish; 
ixtisoslashtirilgan sinflarda pedagog xodimlar tomonidan oʻtkazilayotgan darslar, turli 
tadbirlarda ishtirok etish, tahlil qilish va tahlil natijalarini pedagoglarga oʻz vaqtida yetkazish
va metodik yordam koʻrsatish;
har chorak yakuniga koʻra ixtisoslashtirilgan sinflarda ixtisoslik fanlaridan oʻquvchilar 
bilimini nazorat qilish maqsadida monitoring tadbirlari oʻtkazish va tahlil natijalarini ishlab 
chiqarish va pedagogik kengash muhokamasiga kiritish; 
oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, oʻquvchilar bilimida aniqlangan boʻshliqlarni 
toʻldirish maqsadida qoʻshimcha mashgʻulotlar tashkil etilishini taʼminlash; 
vazirlik tomonidan belgilangan kvota asosida barcha xohlovchilarning tanlovda ishtirokini 
taʼminlash maqsadida OAVlariga eʼlon berish; 
maktabning 4-sinf ota-onalarini xabardor qilish; 
ota-onalardan tushgan arizalarni roʻyxatga olish va imtihon kunlari haqida ota-onalarni 
ogohlantirish; 
vazirlik tomonidan tasdiqlangan tanlov saralash-testlariga belgilangan muddatda 
oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlagan xolda ishtirokini taʼminlash; 
oʻtkazilgan saralash-testlari natijalarini ota-onalarga yetkazish; 
saralash test natijalariga koʻra yuqori ball toʻplagan oʻquvchilardan kvota asosida 
ixtisoslashgan sinflar tashkillashtirish va buyruq rasmiylashtirilishini taʼminlash; 
ixtisoslashgan sinflarni birinchi va oliy toifali oʻqituvchilar bilan taʼminlanishiga 
koʻmaklashish va bu oʻqituvchilarning oʻz vaqtida malaka oshirishlarini nazorat qilish; 
oʻquv yili yakunida boʻshab qolgan oʻrinlarni toʻldirish maqsadida, oshkoralik 
prinsiplariga amal qilgan holda saralash-testlari oʻtkazilishini oʻquvchilar va ularning ota-
onalariga maʼlum qilish, ariza bergan oʻquvchilar roʻyxatini shakllantirish; 


29 
ixtisoslashgan sinflardagi boʻsh oʻrinlar uchun oʻtkaziladigan saralash-testlariga material 
tayyorlash, maxfiyligini taʼminlash, shaffoflik, haqqoniylik va oshkoralik prinsiplariga 
asoslangan holda saralash-testlarini oʻtkazish va natijalarini tahlil qilish; 
ixtisoslashgan sinflarda dars olib borayotgan oʻqituvchilar tomonidan sinf jurnalining 
(elektron jurnal joriy etilgan muassasalarda elektron jurnalning) muntazam yuritilib borilishini 
nazorat qilish; 
ixtisoslashgan sinflar boʻyicha bayonnomalar daftarlarini yuritish; 
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini 
hurmat qilish; 
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun 
hujjatlari talablariga rioya qilish; 
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat 
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya 
qilish; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 3,57 Mb.
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish