31
oʻquvchilar bilan ishlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini
yaratish, boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq meʼyorlarini tarbiya jarayoniga tatbiq etish,
oʻquvchilarda mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish;
tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻquvchilarning gʻayriijtimoiy xatti-
harakatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni
tizimli ravishda tashkil etish,
tadbirlarga “xavf guruhi”ga kiruvchi oʻquvchilarni muntazam ravishda jalb etish.
b) ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik yoʻnalishida:
“Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligidagi Jamoat kengashi faoliyatini keng
tatbiq etish, reja asosida kengash
majlislarini tashkil etish;
oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlarini nazorat
qilish;
oʻquvchilarning turli diniy oqimlar taʼsiriga tushib
qolishining oldini olish, targʻibot
ishlarini tashkil etish;
oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasi boʻyicha
ota-onalar majlislari, davra suhbatlari,
muloqotlar
uyushtirish;
darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi ogʻir oʻquvchilarning ota-onalari
hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish,
natijalarini reja asosida
direktor huzuridagi yigʻilishlarda muhokama etib borish.