Psixologning lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

8. Psixologning lavozim majburiyatlari 
Oʻquvchilarni muassasalarda tarbiyalash va oʻqitish jarayonida ruhiy, jismoniy (somatik) 
va ijtimoiy farovonligini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish; 
“Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiyaga muvofiq shaxs huquqlarini himoya qilishga, 
taʼlim muassasasi ijtimoiy sohasini uygʻunlashtirishga koʻmaklashish va ijtimoiy jihatdan 
koʻnika olmaslik hollari yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish; 
oʻquvchilar rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli koʻrinishdagi 
psixologik yordam (psixokorreksiya, reabilitatsiya va konsultatsiya) berish boʻyicha tadbirlarni 
amalga oshiradi, oʻquvchilar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar), pedagogik jamoaga 
aniq muammolarni hal qilishda yordamlashish; 
turli yoʻnalish va maqsadlarda psixologik diagnostika oʻtkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy 
qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar oʻtkazish, test natijalarini 
tahlil qilish va baholash; 
bola ruhiyatidagi salbiy oʻzgarishlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan 
tadbirlarni amalga oshirish, bu borada tegishli davlat idoralari bilan hamkorlik ishlarini olib 
borish; 
turli yosh davrlarida oʻquvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik 
jihatdan kuzatib borish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy 
taraqqiyotida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarning oldini olishga 
qaratilgan tadbirlarni tashkil etish
oʻquvchilar shaxsining individual yosh xususiyatlari, jinsini hisobga olib taʼlim 
faoliyatining rivojlantiruvchi va tuzatuvchi dasturlarini rejalashtirish va ishlab chiqishda ishtirok 
etish, ularda hayotiy va kasbga yoʻnalish olishning turli vaziyatlariga moslashuvchanlikka 
tayyorgarlikni rivojlantirishga koʻmaklashish; 
korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga muhtoj boʻlgan oʻquvchilarni toʻliq qamrab 
olinishi boʻyicha ish olib borish hamda 7-sinfdan interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazish va shu 
asosda kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini aniqlash va ularning maʼlumotlar bazasi yaratish; 
emotsional-hissiy zoʻriqishlar, xavotirlik darajasi yuqori va oʻziga ishonchi past boʻlgan 
bolalar uchun korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlar tashkil etish, oʻquvchilarni kasbga 
yoʻnaltirish maqsadida seminar-treninglar hamda soha mutaxassislari bilan davra suhbatlarini 
tashkil etish, shuningdek, kasbiy moyilligi boʻyicha professional taʼlim olishi mumkin boʻlgan 
oʻquvchilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish; 
maktab bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻgʻri yoʻnaltirish yuzasidan 
oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi hamda 
korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga muhtoj boʻlgan oʻquvchilarni, ota-onalar va 
pedagoglar toʻliq qamrab olingani va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida deviant xulq atvor 
koʻrinishlarining (zoʻravonlik, oʻz joniga qasd qilish, erta tugʻruq) oldini olish;
iqtidorli oʻquvchilarni psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning rivojlanishi
va izlanishlariga koʻmaklashish; 
oʻquvchilarning rivojlanishidagi (aqliy, jismoniy, hissiy), turli koʻrinishdagi ijtimoiy 
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va ularni psixologik-pedagogik jihatdan tuzatishni 
amalga oshirish; 


39 
pedagogik jamoalarda sogʻlom psixologik muhitni yaratish va qoʻllab-quvvatlash, jamoa 
aʼzolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti harakatlarni 
korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish boʻyicha ishlarni olib borish; 
oʻquvchilarning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʻrganish, 
qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun amaliy yordam koʻrsatish; 
axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internet jahon axborot tarmogʻining salbiy taʼsiri, 
yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini 
olishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish; 
pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini 
oshirishga koʻmaklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali 
hamkorligini ishlarini olib borish; 
oʻqituvchilar jamoasi va ota-onalarga oʻquvchilarning shaxs va ijtimoiy jihatdan 
rivojlanishi muammolari boʻyicha yoʻnalish berish maqsadida oʻrganish natijalariga koʻra
psixologik-pedagogik xulosa tayyorlash; 
taʼlim muassasasi xodimlarini oʻquvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar (ularning oʻrnini 
bosuvchi shaxslar) ijtimoiy-psixologik xabardorlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan 
psixologiyani amalda qoʻllash, muassasaning rivojlanishi masalalarida maslahatlar berish; 
oʻz kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borish va boshqa koʻrinishdagi metodik 
ishlarda qatnashish; 
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini 
hurmat qilish; 
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun 
hujjatlari talablariga rioya qilish; 
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya — gigiyena, ichki mehnat 
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya 
qilish; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish