42
majmualar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida tegishli hujjatlarni
rasmiylashtirish
jarayonida ishtirok etish;
xatlov natijasi asosida taʼlim muassasasida yaroqsiz holga kelgan darsliklar va oʻquv-
metodik majmualarni utilizatsiya qilish boʻyicha rejasini tayyorlash, kutubxona mudiriga taqdim
etish;
5 ta tashabbus doirasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida
kitobxonlikni kuchaytirish yoʻnalishida tegishli masʼullar bilan hamkorlik qilish;
faoliyat yoʻnalishiga oid turli anjuman, konferensiyalar, oʻquvlar, koʻrik-tanlovlar, avgust
kengashlari, ilmiy-amaliy yigʻilishlarda ishtirok etish;
oʻquvchilar, oʻqituvchilar, muassasaning boshqa xodimlarini kutubxonaga aʼzo qilish
va kitobxonlarga berilgan hujjatlar ustidan nazoratni taʼminlash;
kutubxonada va saqlash xonalarida
xavfsizlik texnikasi, sanitariya, yongʻinga qarshi
xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini kuzatib borish va kutubxona jamgʻarmasi
saqlanishi
ustidan nazoratni amalga oshirish;
maktab kutubxonalari uchun kutubxona–bibliografik klassifikatsiyasiga muvofiq
hujjatlarning sistemali-alifboli joylashtirilishini taʼminlash;
umumtaʼlim maktablarini badiiy adabiyotlar, darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan
taʼminlash borasida ilgʻor tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish
hamda amaliyotga tatbiq etish;
darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni taʼlim muassasasining kutubxona jamgʻarmasiga
qabul qilish va hisobdan chiqarish kitoblarini toʻgʻri yuritilishini taʼminlash;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
taʼlim muassasasi ustavi,
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi,
mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya
qilish;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel,
xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.