Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

9. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari 
tarbiyachisining lavozim majburiyatlari 
Biriktirilgan guruh boʻyicha oʻquvchilarda inson kapitalini rivojlantirish, fuqarolik 
pozitsiyasi, oʻzi va atrofdagilarga hamda jamiyatga ijobiy munosabat shakllantirish, mavjud 
qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, maʼnaviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga 
hurmat ruhida tarbiyalash; 
oʻquvchilarda ijtimoiy faollik, bilishga intilish va oʻzini namoyon qilish motivlarining, 
oʻzini-oʻzi tarbiyalash va shaxsiy sifatlarning rivojlanishiga koʻmaklashish; 
oʻquvchilarning individual xususiyatlari va qiziqishlarini, oilaviy sharoitlarini muntazam 
oʻrganib borish hamda ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish borasida pedagoglar
va ota-onalar bilan hamkorlik qilish; 
muassasa direktori tomonidan tasdiqlangan kun tartibi asosida oʻquvchilar bilan ish olib 
borish (ovqatlanish, darslarga tayyorgarlik, yotoqxonada tartib-intizom qoidalariga rioya qilish
va hokazolarni nazorat qilish); 


40 
oʻquvchilarning yashash sharoitlarini yaxshilash, bilim olish samaradorligini oshirish 
uchun maktab-internati maʼmuriyati va fan oʻqituvchilariga takliflar kiritish; 
maktab-internatining tibbiyot xodimi bilan birgalikda oʻquvchilarning salomatligi bilan 
yaqindan tanishish, ularning maktab-internatda yashash sharoitlarini yaxshilash yuzasidan 
takliflar tayyorlash; 
oʻquvchilarning ota-onalari bilan aloqalar oʻrnatish va farzandining taʼlim-tarbiyasini 
yana-da yaxshilash yuzasidan fikrlar almashish, taklif va tavsiyalar berish
oʻquvchilar davomatini taʼminlash choralarini koʻrish; 
oʻquvchilarning ovqatlanishini tashkil etishda koʻmaklashish; 
oʻquvchilar bilan yoʻl harakati va texnika xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiyena 
talablari, ijtimoiy hayot uchun maqbul boʻlmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanish boʻyicha 
suhbatlar oʻtkazib, tushuntirish ishlarini olib borish; 
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini 
hurmat qilish; 
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun 
hujjatlari talablariga rioya qilish
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat 
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya 
qilish; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 3,57 Mb.
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish