5-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqaruv idoralari direktor oʻrinbosari yordamidan
faqat ushbu yoʻriqnomada belgilangan vazifalar doirasida taʼlim muassasasi direktori bilan
kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
18. Mazkur yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
35
5. Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari
Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarining lavozim majburiyatlari
Harbiy ish asoslarini oʻzlashtirish toʻgaragi faoliyatini harbiy-amaliy sport turlariga uzviy
bogʻlagan holda yuritish;
ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga hamda maktab ichki roʻyxatiga olingan
oʻquvchilarni darsdan keyingi fan toʻgaraklari hamda mashgʻulotlariga jalb qilish choralarini
koʻrish;
oʻz kasbiy tayyorgarligini muntazam oshirib borish, pedagogik va uslubiy koʻnikmalarini
takomillashtirish;
ChQBT fani oʻquv xonasiga rahbarlik qilish, shuningdek, qurol saqlash va otish tiri
xonalarini nazorat qilish;
taʼlim muassasasi ixtiyoriga berilgan oʻquv qurol-aslahalari hisobini belgilangan tartibda
yuritish, ularning mavjudligi va texnik holatini doimiy ravishda shaxsan tekshirib borish, zarur
hollarda taʼmirlanishi va hisobdan chiqarilishini tashkil etish, fan oʻquv-moddiy bazasining soz
holda saqlanishini taʼminlash;
harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishidagi darsdan tashqari toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga
qoʻyish;
oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini taʼlim muassasasi
pedagoglar jamoasi bilan hamkorlikda amalga oshirish;
“14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil
etish va oʻtkazish;
jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi bilan hamkorlikda taʼlim muassasasi miqyosida harbiy-
sport musobaqalarini muntazam ravishda tashkil etish hamda oʻtkazish;
taʼlim muassasasi oʻquvchilarini harbiy-sport musobaqalari va fuqaro muhofazasi boʻyicha
tuman (shahar) miqyosida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishlarini tashkil etish;
oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yozgi taʼtil davrida ularning
“Yosh qutqaruvchi”, “Yosh chegarachilar”, “Yosh oʻt oʻchiruvchi”, “Yosh gvardiyachi” hamda
“Yashil chiroq” va bundan tashqari barcha harbiy-sport musobaqalari bilan bogʻliq ishlarni
amalga oshirish;
ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning sifatini oshirish maqsadida
taʼlim muassasasiga biriktirilgan harbiy qism va muassasalar bilan hamkorlik qilish, oliy harbiy
taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagini bildirgan oʻquvchilarni tanlash va tayyorlash
ishlarida mudofaa ishlari boʻlimiga yaqindan yordam berish;
taʼlim muassasasining bitiruvchi sinf va kurslarida tahsil olayotgan oʻquvchi oʻgʻil
bolalarni mudofaa ishlari boʻlimlarida tashkil etiladigan chaqiruv uchastkalarida qayd etilishi
tadbirlarini amalga oshirish;
kundalik ish faoliyatini dars jadvali, darsdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan asosiy
tadbirlarni taʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejasi asosida
oʻtkazish;
taʼlim muassasasidagi “Vatan tayanchi” otryadi faoliyatini tashkil etish hamda ushbu
otryadga rahbarlik qilish, “Yoʻl harakati qoidalari yosh targʻibotchisi” klubi faoliyatini tashkil
etish va boshqarish;
oʻquv yili yakunida yillik oʻquv dasturi ijrosi yuzasidan taʼlim muassasasi kuzatuv
kengashiga hisobot berish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
|