d) oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni maktabdan va




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

d) oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni maktabdan va 
sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yoʻnalishida: 
5 ta muhim tashabbus doirasida taʼlim muassasasida fan, sport, badiiy-estetik, sanʼat, 
texnik, ekologik, sayyohlik, oʻlkashunoslik va boshqa yoʻnalishlarda toʻgaraklar, klublar 
faoliyatini tashkil etish, oʻquvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlaridan kelib chiqqan 
holda ularni toʻgaraklarga jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish; 
qobiliyatli va isteʼdodli oʻquvchilarni ragʻbatlantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini 
rivojlantirishga koʻmaklashish ishlarini tashkil etish
oʻquvchilarning yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, kuzgi, 
qishki va bahorgi taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazishi uchun sinf rahbarlari va ota-onalar 
hamkorligida sharoit yaratishni muvofiqlashtirish; 
sinf rahbarlari bilan birgalikda oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlagan holda sinfdan va 
maktabdan tashqari, ekskursiya, maʼnaviy-maʼrifiy, ommaviy- madaniy tadbirlarni tashkil 
etishga, sayohatlar uyushtirishga bevosita rahbarlik qilish. 
e) pedagogik jamoa bilan birgalikda: 
“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi 
toʻgʻrisidagi nizom”, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi oʻqituvchi va oʻquvchilarining ichki 
tartib va odob-axloq qoidalari”, “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun 
zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning mazmun-
mohiyatini va talablarini taʼlim muassasasining har bir xodimi, oʻquvchilari, ularning ota-onalari 
eʼtiboriga yetkazish, ular tomonidan rioya etilishini nazorat qilish;
zarur hollarda mobil telefonlardan foydalanish, ichki tartib va odob-axloq qoidalariga 
taʼlim muassasada rioya etilish holati boʻyicha masalalarni pedagogik kengash, direktor 
huzuridagi va ota-onalar yigʻilishlari muhokamasiga kiritish. 
Direktor oʻrinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga 
oshirishi mumkin. 


32 
5. Direktor oʻrinbosari quyidagilarni bilishi lozim: 
amaldagi umumiy oʻrta taʼlim sohasini va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-
huquqiy hujjatlarni; 
jamoani boshqarishning samarali usullarini, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini; 
bolalarni vatanparvarlik ruhida maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash usullarini; 
voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi 
kurashish boʻyicha huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni; 
davlat taʼlim standartlari talablari va uning mazmunini
xodimlarni maʼnaviy-moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlarini; 
pedagogika fani va amaliyoti, boshqaruv psixologiyasining jahon va mamlakat 
miqyosidagi erishilgan yutuqlarini; 
taʼlim muassasasi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olish, taʼlim muassasasi 
faoliyatidagi muammolarni aniqlash, ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishni; 
taʼlim muassasasining tarbiyaviy tadbirlar dasturlari va tarbiyaviy ishlar rejalarini ishlab 
chiqishni; 
taʼlim muassasasi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilish, oʻquv 
jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni; 
pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, pedagogik jamoada qulay psixologik muhit 
yaratishni. 
6. Direktor oʻrinbosari zimmasiga mazkur yoʻriqnoma va boshqa qonun hujjatlarida 
nazarda tutilmagan vazifalarni yuklash, ularni faoliyatiga oid boʻlmagan yigʻilishlarga va boshqa 
tadbirlarga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi. 
7. Oʻquvchilarning taʼlim muassasasidan tashqarida, darsdan keyingi paytdagi xatti-
harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning ota-onalari javobgar 
hisoblanadi.
Bunday holatlarda direktor oʻrinbosariga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



d) oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni maktabdan va

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish