• 2-bob. Direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari.
  •  Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet304/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

     
    4. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur yoʻriqnoma umumiy oʻrta taʼlim muassasasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar 
    boʻyicha direktor oʻrinbosarining (keyingi oʻrinlarda direktor oʻrinbosari deb yuritiladi) asosiy 
    vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini samarali tashkil etish 
    tartibini belgilaydi. 
    2. Direktor oʻrinbosari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 
    qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlariga, 
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
    farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 
    buyruqlariga hamda mazkur yoʻriqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq 
    amalga oshiradi. 
    2-bob. Direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari. 
    3. Quyidagilar direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: 
    taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish; 
    tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish, ijrosini nazorat qilish; 
    taʼlim muassasasi oʻquvchilari hamda pedagoglari ishtirokidagi maʼnaviy-maʼrifiy 
    yoʻnalishidagi tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish; 
    taʼlim muassasasida turli toʻgaraklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini 
    taʼminlash; 
    milliy anʼana va qadriyatlar, xalqimizning boy maʼnaviy merosi asosida oʻquvchilarni 
    vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish; 
    oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yozgi taʼtil davrida ularning 
    kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish; 
    taʼlim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish; 


    30 
    sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, 
    taʼlim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar holati va natijalarini monitoring qilish, ota-onalar va 
    ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb yuritiladi) bilan hamkorlik 
    qilish; 
    oʻquvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligini nazorat 
    qilish; 
    oʻquv yili davomida har juma kuni tashkil etiladigan “Sinf soati”ning oʻtkazilish 
    samaradorligini monitoring qilish; 
    oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari boʻyicha 
    huquq-tartibot, 
    fuqarolarning 
    oʻzini 
    oʻzi 
    boshqarish 
    organlari
    va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; 
    ichki ishlar profilaktik hisobiga, maktab ichki roʻyxatiga olingan oʻquvchilar hisobi va 
    hisobotini yuritish, ular bilan profilaktik tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash; 
    taʼlim muassasasida “xavf guruhi”ga kiruvchi (notinch, nosogʻlom, toʻliq boʻlmagan oila) 
    oʻquvchilarning umumiy roʻyxatini shakllantirish, maktab inspektor-psixologlari bilan birgalikda 
    individual yondashuv asosida alohida tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish; 
    sanʼatkorlar, sportchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan 
    uchrashuvlar, ijodiy kechalar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qilish; 
    pedagog xodimlar uchun oʻquv yili davomida har oyning uchinchi jumasida maʼnaviy-
    maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish;
    vatanparvarlik, insoniylik, millatlararo doʻstlik va totuvlik tamoyillariga asoslangan 
    oʻquvchilar jamoasining shakllanishiga tegishli sharoitlarni yaratish; 
    oʻz malakasini oshirib borish, yoʻnalishi boʻyicha tuman, mintaqa va respublika 
    miqyosidagi turli seminarlarda ishtirok etish; 
    voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishining, ular oʻrtasida jinoyatchilik va 
    huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Oʻquvchi”, “Davomat”, “Tigʻ” kabi profilaktik 
    reydlarda ishtirok etish; 
    sinf rahbarlari va maktab psixologlari faoliyatini muvofiqlashtirish; 
    4-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari faoliyatini 
    yoʻlga qoʻyish, tarkibi 14 kishidan iborat 4-7-sinflarda har bir sinfdan 1 nafardan sinf “Kamalak” 
    sardori”, 8-11-sinflarda 1 nafardan sinf “Yoshlar ittifoqi” sardori” tanlagan holda, “Maktab 
    sardorlari kengashi” saylovini tashkil etish; 
    oʻquv yili davomida sardorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash; 
    tarbiyaviy ishlar yuzasidan sinf rahbarlarining hisobotlarini eshitish, pedagogik 
    kengashlarda umumiy hisobot berish.
    Direktor oʻrinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin. 
    4. Direktor oʻrinbosari oʻziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi 
    funksiyalarni amalga oshiradi: 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish