27
tegishli qonun hujjatlarida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib
qolgan dars mashgʻulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini ixchamlashtirgan holda (mavzularni
tigʻizlashtirilgan holda) keyingi dars mashgʻulotlarida oʻtilishini taʼminlash;
oʻquv yili davomida oʻquvchilarning belgilangan muddatlarda taʼtillarga chiqishini
taʼminlash;
anʼanaviy shakldagi sinf jurnallaridan foydalanilayotgan taʼlim muassasalari sinf
jurnallarining (elektron jurnal joriy etilgan taʼlim muassasalarida faqatgina sinflar boʻyicha yillik
hisobotning bosma talqini) saqlanishini taʼminlash;
oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish va uni elektron dasturga kiritish;
oʻqituvchining maʼlumoti va malaka toifasiga koʻra amaldagi qonun hujjatlariga koʻra
ularga darslarni toʻgʻri taqsimlashda,
shuningdek, xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishga
tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etish;
oʻquv mashgʻulotlar va taʼlim faoliyati boshqa turlarining jadvalini tuzish, ishda
vaqtinchalik boʻlmagan oʻqituvchilarning dars soatlari oʻz vaqtida almashtirilishini, qoldirilgan
va boshqa oʻqituvchi oʻrniga oʻtilgan darslarni qayd etish jurnalini yuritilishini taʼminlash;
oʻquvchilarni belgilangan meʼyorlar asosida bitta sinfga jamlash, yaʼni sinflar komplektini
shakllantirish;
umumiy oʻrta taʼlimning tayanch oʻquv rejasi asosida dars soatlari setkasini (sinflar soni,
sinf komplektidagi oʻquvchilar soni va tegishli mutaxassislik boʻyicha oʻqituvchilar mavjudligini
inobatga olgan holda barcha fanlar boʻyicha shakllantirilgan jami dars soatlarini) tayyorlash;
boshqa umumtaʼlim muassasalaridan kelgan va ketgan oʻquvchilarni taʼlim muassasasi
direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar roʻyxatiga (sanoqqa) kiritish yoki chiqarish;
ota-onalarga va fuqarolarga reglament talablariga muvofiq davlat xizmatlarini (dublikat
shahodatnoma berish, 1-sinfga onlayn qabul, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish)
koʻrsatilishni taʼminlash;
maktabning 9- va 11-sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari
darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan,
yakuniy
davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida
shahodatnoma berilish jarayonini muvofiqlashtirish;
maktabning oltin va kumush medallar bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyxatini
maktabning Pedagogik kengashiga taqdim etish;
muassasaning yillik ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va fanlar boʻyicha
metodbirlashma yigʻilishlarini oʻtkazilishini nazorat qilish;
oʻqituvchilar tomonidan namunaviy darslarni tashkil etilishini taʼminlash;
umumiy oʻrta taʼlim maassasa direktori vaqtincha ishda boʻlmagan hollarda pedagogik
kengashni oʻtkazish;
oʻqituvchi va xodimlarni ragʻbatlantirish, ularga oylik ustamalar belgilash va mukofotlash,
moddiy yordam berishda ishtirok etish;
psixologlar va oʻqituvchilarning maktab yoshidagi bolalarni taʼlimga jalb etish,
oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va bitiruvchilarni OTM ga tayyorlash ishlariga rahbarlik qilish;
taʼlim samaradorligi boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish boʻyicha
metodbirlashmalar
faoliyatini nazorat qilish;
pedagoglar va oʻquv-tarbiya xodimlari tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini
yuritish;
muassasada avgust kengashlarini tashkil etish, fanlar boʻyicha metodbirlashma
yigʻilishlarini oʻtkazilishini nazorat qilish;
28
pedagogik kengash, oʻquv-seminar, ochiq darslarda ishtirok etish;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
taʼlim
muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya
qilish;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari,
tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.