|
- yillik ish reja va ijrosi yuzasidan hujjatlar toʻplami Pdf ko'rish
|
bet | 309/322 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #239820 |
Bog'liq lavozim yoʻriqnomalari- yillik ish reja va ijrosi yuzasidan hujjatlar toʻplami
(yuqori tashkilotlar rejasi, 5 ta
muhim tashabbuslar va taʼlim muassasasi umumiy rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan
/tasdiqlangan/ ish rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar);
- voyaga
yetmaganlar
oʻrtasida
nazoratsizlik
va
huquqbuzarliklarning
profilaktikasiga doir hujjatlar toʻplami
(Bolalar masalalari boʻyicha idoralararo milliy
komissiyasi bilan ishlash hujjatlari, ichki ishlarning profilaktik hisobida turuvchi oʻquvchilar
yigʻma jildlari, odam savdosiga, giyohvandlikka, diniy ekstremizm va aqidaparastlikka, OITSga
qarshi kurash, yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligi yoʻnalishiga oid yuqori tashkilotlar rejasiga
muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ taʼlim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi
tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar);
- “Oila – mahalla — taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatiga doir
hujjatlar toʻplami
(yuqori tashkilotlarning /shu jumladan xotin-qizlar bilan ishlash boshlangʻich
tashkiloti/ hamkorlik rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ taʼlim muassasasining
tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilish yuzasidan tegishli hujjatlar);
- oʻquvchilar davomati va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga doir hujjatlar
toʻplami
(direktor oʻrinbosari tomonidan umumlashtirilgan va tuman /shahar/ Maktabgacha va
maktab taʼlimi tuman boʻlimiga taqdim etilgan davomat boʻyicha maʼlumotlar, muntazam va
surunkali dars qoldiruvchi oʻquvchilar va noqobil oila farzandlari bilan olib boriladigan tadbirlar
rejasi, undagi tadbirlarning ijrosi yuzasidan hamda oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish, toʻgaraklar faoliyati va taʼtil kunlariga doir hujjatlar).
16. Direktor oʻrinbosari faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv yili choraklari va yakuni
boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi hamda taʼlim muassasasi direktoriga topshiradi.
|
| |