43
boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida ish.mehnat.uz hamda
vazirlikning ish.uzedu.uz sayti orqali eʼlon berish;
xodimlarga taʼtil berish hisobini yuritish, taʼtillar
jadvalini tuzish;
taʼlim muassasa xodimlariga pensiyalar tayinlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar
belgilash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;
xodimlarning qoʻnimsizligi sabablarini oʻrganish, uni pasaytirish boʻyicha muassasa
direktoriga takliflar kiritish;
kadrlarga oid hujjatlarni belgilangan joriy saqlash muddatlari tugagach, uni doimiy saqlash
uchun arxivga topshirish tayyorlash;
taʼlim muassasasida mehnat intizomining holati va xodimlar tomonidan ichki mehnat
tartibi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, mehnat intizomi
buzilishlarining hisobini yuritish;
taʼlim muassasalarini pedagog kadrlar bilan taʼminlash, oliy taʼlim
muassasalari
bitiruvchilarini jalb etish choralarini koʻrish yuzasidan turli tadbirlarda ish beruvchi vakili
sifatida ishtirok etish;
maktab direktorining koʻrsatmasi asosida ish faoliyati davomida erishib kelayotgan
yutuqlari uchun pedagoglar tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari va
vazirlikning tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarning hujjatlarini tayyorlash,
oʻrnatilgan tartibda tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilishini taʼminlash;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
taʼlim
muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya
qilish;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) oʻz majburiyatlarini
samarali bajarish maqsadida
boshqa boʻlinmalar (xodimlar)dan tegishli maʼlumot va axborotlarni soʻrab olish huquqiga ega.
Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor)ga ushbu lavozim majburiyatlariga daxldor
boʻlmagan boshqa vazifa va funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.