44
mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tarqatma va koʻrgazma materiallarni ishlab
chiqish;
oʻquvchilarning davomat va oʻzlashtirish hisobini olib borish, ularning maktab ustavi
talablariga rioya qilishlarini taʼminlash;
pedagogik kengash, oʻquv-seminar, ochiq darslarda ishtirok etish;
ota-onalar bilan farzandlarini tarbiyalash va oʻqitish masalalari boʻyicha individual
uchrashuvlar hamda suhbatlar oʻtkazish;
kasbiy mahoratini oshirib borish, oʻz faoliyatiga oid ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya
qilish;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.