41
kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” xayriya tadbiri va ota-onalar oʻrtasida “Bir farzandga-uch
kitob” aksiyasi, “Men sevgan adabiy qahramon”, “Yil hikoyasi”, “Yosh kitobxonlar”, “Yilning
eng isteʼdodli yosh shoiri”) tanlovlarining maktab bosqichini tashkil etish;
5 ta tashabbus doirasida oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni kuchaytirish yoʻnalishida
tegishli masʼullar bilan hamkorlik qilish;
faoliyat yoʻnalishiga oid turli anjuman, konferensiyalar, oʻquvlar, koʻrik-tanlovlar, avgust
kengashlari, ilmiy-amaliy yigʻilishlarda ishtirok etish;
oʻquvchilar, oʻqituvchilar va tashkilotning boshqa xodimlarini kutubxonaga aʼzo qiladi va
kitobxonlarga berilgan kitoblar ustidan nazoratni taʼminlash;
kutubxonada va saqlash xonalarida xavfsizlik texnikasi, sanitariya, yongʻinga
qarshi
xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini kuzatib boradi va barcha turdagi kutubxona
jamgʻarmasida saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
maktab kutubxonalari uchun kutubxona–bibliografik klassifikatsiyasiga muvofiq
hujjatlarning sistemali-alifboli joylashtirilishini taʼminlash;
kutubxona jamgʻarmasini tokchali
va harfli ajratkichlar, tokchali va stendli koʻrgazmalar
yordamida rasmiylashtirish;
kutubxonaning kitob va boshqa jamgʻarmalariga kitobxonlarning (foydalanuvchilarning)
aybi bilan va kitoblar kamomadi, ularni yoʻqotish yoki buzish bilan bogʻliq yetkazilgan zararni
oʻrnatilgan tartibda undirib olish choralarini koʻrish;
umumtaʼlim maktablarini badiiy adabiyotlar, darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan
taʼminlash borasida ilgʻor tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish hamda amaliyotga tatbiq etish;
darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kutubxona
jamgʻarmasiga qabul qilish va hisobdan chiqarish, kitoblarining sifatli va toʻgʻri
yuritilishini
amalga oshirish;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari,
sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya
qilish;
foydalanish uchun oʻziga
topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.